|
Tasdiqlayman
|
bet | 78/98 | Sana | 18.06.2021 | Hajmi | 3,89 Mb. | | #15109 |
12 – AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Quritish apparatining hisobi.
Maqsad: Quritish apparati haqida tushuncha, apparatning hisobini o’rganib chiqish.
Nazariy qism. Quritish apparatining hisobi.
Quritgichlarning nazariy hisobi. 7.1-rasmda quritish qurilmasining sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilma ventilyator, isitkich (kalorifer) va quritish kamerasidan iborat. Isitkichga kirayotgan havoning parametrlarini I0, t0, φ0, x0 bilan belgilaymiz. Isitkichda havo t1 temperaturagacha qizdiriladi, bunda uning namlik saqlashi o’zgarmaydi (x0 = x1), nisbiy namligi kamayadi (φ1), entalpiyasi ortadi (I0). Shu parametrlar bilan qizigan havo quritish kamerasiga kiradi.
7.1-rasm. Quritish qurilmasi.
Quritish kamerasida havoga qo’shimcha issiqlik berilmaydi va havo o’zidagi issiqlikni yo’qotmaydi deb qabul qilamiz. Bu protsess nazariy quritish deb ataladi. Havo orqali materialga berilgan issiqlik miqdori namlikning materialdan bug’lanishi uchun sarflanadi va hosil bo’lgan suv bug’i orqali materialdan qaytadi deb qabul qilinadi. Nazariy quritishda havoning entalpiyasi o’zgarmay qoladi (I = const).
Quritkichdan chiqayotgan havoning parametrlari t2, φ2, I2, x2, biroq I2 = I1; x2 = x1; t2 < t1; φ2 > φ1. Sxemadan ko’rinib turibdiki, nam materialning massasi G1 (kg/soat), uning namligi W1 (%), qurigan materialning massasi G2 (kg/soat) va uning namligi W2 (%).
7.2-rasmda quritish protsessi I – x diag-rammasida tasvirlangan. Isitkichdagi havoning t0 temperaturadan t1 temperaturagacha qizdirish protsessi AB chiziq bilan ifodalangan. BC chiziq esa quritish kamerasida sodir bo’ladigan protsessni ko’rsatadi. Quritish kamerasidan chiqayotgan havoning holati C nuqta bilan belgilanadi.
Diagramma yordamida (7.2-rasm) namlikni
7.2-rasm. Quritish protsessi- bug’latish uchun zarur bo’lgan havo sarfi l (kg) va issiqlik
ning I – x diagrammada ifo- sarfi q (kJ) ni aniqlash mumkin:
dalanishi.
(1)
7.3-rasm. Quritish kamerasida havoni qo’shimcha qizdirish usuli
bilan materiallarni quritish.
(2)
|
| |