Barabanli kristallizatorlar tarkibida suv yoki havoli sovitish moslamali bo’ladi. Havo yordamida sovitilgada, eritmadan havoga issiqlik berish koeffitsienti kichik bo’ladi.
Shuning uchun yirik, katta o’lchamli kristallar hosil bo’ladi. Lekin, kristallizator ish unumdorligi, suv bilan sovitish usuliga qaraganda, kamroq bo’ladi.
Brabanli kristallizator aylanuvchi, silindrik barabandan tashkil topgan. Odatda, baraban eritma harakat yo’naklishi bo’ylab, ufq chizig’iga nisbatan ma’lum qiyalik burchagida o’rnatiladi.
Eritma barabnning tepa qismiga beriladi. va hosil bo’lgan kristallar uning pastki uchidan to’kiladi. Baraban aylanishi paytida uning devorlari eritma bilan ho’llanadi va natijada suvning bug’lanish yuzasi ortadi.
Baraban qobiq ichiga joylashtirilgan bo’lib, ular orasidagi halqasimon bo’shliqqa sovuqlik, ya’ni suv yoki havo yuboriladi. Eritma va sovuqlik eltkich qarama – qarshi yo’nalishda harakatlanadi. 1 m3 eritmani sovitish uchun taxminan 5 m3 suv sarflanadi. Qurilma devorlarida kristallar cho’kib yoki yopishib qolish oldini olish maqsadida barabanning pastki qismi qizdirib turiladi. Buning uchun qobiq va baraban orasidagi bo’shliqqa zmeevik o’rnatiladi.
Mavhum qaynash qatlamli kristallizatorlar kristallash jarayonini intensiv rejimlarda o’tkazish imkoniyatini beradi.
Kristallanish jarayoni erituvchining bir qismini bug’latib yo’qotish yoki eritmani sovitish usullarida tashkil etilishi mumkin.
Mavhum qaynash qatlamida kristallash jarayonida boshqa usullarga nisbatan yaxshi granulometrik tarkibli kristallar olinadi.
|