Yangu mavzuni tushuntirish (15 daqiqa).
“Axborotlar olami” usuli.
Axborotli jarayonlar
Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi.
Siz shu yoshgacha hayotdan va maktabdagi fanlardan ozmi ko‘pmi axborot oldingiz, keyinchalik foydalana olish uchun ularni daftar va albomlarda matn, chizma yoki rasm ko‘rinishida ifodaladingiz. Axborotlarning ma’lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar o‘tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, birbiri bilan bog‘lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to‘ldirdi. Endi Siz bu axborotlarni qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, to‘liq yoki chala ekanligi, qaysi biri qachon va qayerda kerak bo‘lishi, qaysi axborotdan foydalanish mumkin yoki qaysi axborotdan foydalanib bo‘lmasligi haqida o‘z fikringizga egasiz.
Demak, shu kungacha axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‘lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko‘rinishga o‘tkazish, tarqatish, bo‘laklarga ajratish, soddalashtirish, bir
lashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo‘ldingiz. Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.
Axborotlar ustida kompyuter yordamida bajariladigan amallarning ba’zilari ham sizga tanish. Masalan, axborot hosil qilish (chizish yoki yozish), shakl yoki atnlarni birlashtirish, shakl yoki matnlarni bo‘laklash, rasm yoki matn ko‘rinishini o‘zgartirish, shakl yoki matnlarni nusxalash, rasm yoki хujjatni buzish, rasm yoki хujjatlarni saqlash amallaridan Paint va MS Word dasturlarida ko‘p foydalandingiz.
Odatda, biror axborot ma’lum bir maqsadda foydalanish uchun eslab qolinadi yoki saqlab qo‘yiladi. Foydalanish maqsadidan kelib chiqadigan bo‘lsak, saqlab qo‘yilishi uchun axborot bizning ba’zi talablarimizga javob berishi shart. Axborotga
qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim:
ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, «30sentyabr kuni tantana o‘tkaziladi» degan axborot 1noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi;
to‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib keladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin» degan axboroti to‘liq emas, chunki qaysi teatr, qaysi yakshanba, soat nechadaligi noma’lum;
ishonchli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi» degan axborotiga asosan nazorat ishiga tayyorlanmaslik qanday natijaga olib kelishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
Aytib o‘tilganidek, kerak bo‘lganda foydalanish uchun axborotlarni saqlab qo‘yish kerak. Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.
Axborot tashuvchi ba’zi vositalar . Axborotni qayta ishlash va uzatish.
Axborotlarni qayta ishlash bir axborot obyekti ustida zarur amallarni bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki turini ajratish mumkin:
1) mazmunini o‘zgartirish, ya’ni yangi axborot olish maqsadida axborotni qayta ishlash;
2) mazmunini o‘zgartirmagan holda axborotni uning ko‘rinishini o‘zgartirish maqsadida qayta ishlash.
Kitob o‘qiganda, televizor ko‘rganda yoki suhbatlashganda biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o‘zimizga kerakli ko‘rinishga o‘tkazish maqsadida qayta ishlaymiz.
Inson uchun axborot to‘plashda uning barcha sezgi a’zolari ishtirok etsa, uzoq masofadagi axborotlarni to‘plash uchun bu yetarli emas, buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi.
Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar to‘plash, qayta ishlash va uzatishni bajarish uchun insonning turli vositalarga bo‘lgan ehtiyoji ortib borgan va unga ko‘ra, u har xil qurilmalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.
Axborotlarni qayta ishlash vositalari – bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalardir. Ular ichida axborotni qayta ishlashning eng asosiy va samaradori kompyuterdir.
Inson ko‘chadan o‘tayotganda svetofor, harakatlanayotgan transport vositalari, yo‘l holati haqidagi axborotni olib, juda tez qayta ishlaydi va shu asosida qaror qabul qiladi. Ko‘chadagi jaray onlarni bilmasdan turib, sharoitni to‘liq tahlil eta olmaydi, demakki, to‘g‘ri qaror qabul qila olmaydi.
Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o‘rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo‘lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signal – axborotlar orqali amalga oshiriladi.
Masalan, yuqori hosil olish uchun obhavoning kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash, qachon sug‘orish zarurligini aniq bilish maqsadida dehqonlar o‘z tajribalaridan hosil bo‘lgan axborotlarga asoslanib ish yuritadilar. Shunga ko‘ra, turli texnika va usullarni qo‘llash bo‘yicha tadbirlar belgilanadi. Bundan ko‘rinadiki, dehqonlarning matbuot, radio va televideniye orqali e’lon qilinadigan
obhavo ma’lumotlariga katta e’tibor qaratishlari bejiz emas ekan.
Bu jarayondagi axborot manbayiga misol sifatida borliqni, qabul qilish vositasiga esa insonni olish mumkin. Axborot manbayi bo‘lib borliqdagi obhavo harorati bo‘lsa, aloqa vositasi sifatida badandagi sezgi retseptorlari va nerv kanallari xizmat qiladi va nihoyat, axborotni qabul qilish vositasini esa inson ongi tashkil etadi. Ma’lumki, obhavo harorati insonga uzluksiz ta’sir etib turadi. Shuningdek, inson ongiga atrofdagi buyumlarning nur yordamida ko‘z retseptor
lari va nerv kanallari orqali; atrofdagi tovushning havo yordamida quloq retseptorlari va nerv kanallari orqali ta’sirini ifodalash mumkin. Axborot manbayi sifatida faqat barabanning tovushi qaraladigan bo‘lsa, u holda quloq retseptorlari va nerv kanallari orqali inson ongiga uzlukli (ya’ni, uzilishga ega) axborot yetib keladi.
Demak, inson borliqning bir qismi bo‘lgani uchun doimo uning ta’sirini sezib turadi. Biz bu ta’sirni turli signal (tovush, yorug‘lik, elektromagnit, nerv va hokazo)lar ko‘rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlar analog axborotlar deb ataladi. Obhavo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo‘ladi.Inson analog axborotlarni qayta ishlash uchun uning biror qismini ajratib oladi va tahlil etadi. Tahlil etish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishga o‘tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo‘lgan tovushlarni, nota belgilari esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida eshitilayotgan nutq yoki musiqani qog‘ozga tushirish oson kechadi.
Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko‘rinishga o‘tka
zar ekan. Axborotlarning bu kabi uzlukli ko‘rinishi diskret axborotlar deb ataladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa).
“Amaliyot bilimlar oynasi” usuli
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarni kompyuterda amaliy mashg’ulot sifatida darslikning 15-16-betidagi 1,2-mashqlar va topshiriqlarni bajarish uchun beriladi.
Darsda kam ishtirok etgan o’quvchilarni bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida tarqatma savollar beriladi va rag’batlantiriladi.
Informatika faniga qachon asos solingan?
Axborot so’ziga ta’rif bering.
Informatika nima?
O’quvchilarni qolgan bir qismiga tarqatma sifatida “kasblar” yozilgan tarqatmalar beriladi. O’quvchilar tarqatmada berilgan kasb egalari “Kompyuter texnikasi vositalari”dan o’z sohalarida nima uchun va qanday maqsadlarda foydalanishlari haqida fikr yuritib, jabor berishlari kerak bo’ladi.
Quruvchi;
O’qutuvchi;
Shifokor;
Xaydovchi;
Oshpaz.
|