P. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari




Download 95.5 Kb.
bet2/6
Sana22.03.2021
Hajmi95.5 Kb.
#13366
1   2   3   4   5   6
P. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari.
2.1. Uzelning asosiy vazifalari kuyidagilar:

  • aholi va xo’jalik sub’ektlarini temir yo’l tashishlariga bo’lgan ehtiyojini to’la va o’z vaqtida qondirish;

  • tashuvlar mintakaviy bozori kon’yunkturasini o’rganish, ularning infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yo’l tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • temir yo’l transportining xizmat ko’rsatiladigan xudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, foydalanuvchilarga keng ko’lamda temir yo’l xizmatlarini ko’rsatish;

  • joylardagi davlat hokimiyati va boshkaruv organlari bilan birgalikda temir yo’l transporti bo’linmalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga doyr chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish;

  • xizmat ko’rsatiladigan xududdagi temir yo’l tarmoqlarining barqaror ishlashini, hamda temir yo’llarining o’tkazish qobiliyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yo’lovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda o’zaro xamkorlikni ta’minlash.

2.2. Uzel o’z zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun kuyidagi funksiyalarni bajarishni ta’minlaydi:

a) tashish jarayoni doirasida:

  • belgilangan yuk tashish rejalarini bajarishni ta’minlash;

  • belgilangan chegaralar doirasida, shu jumladan davlatlararo tutash punktlari orqali, chegaralar bojxona va xuquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda yuk va yo’lovchi poezdlarini to’siqsiz o’tishini ta’minlash;

  • Uzel tarkibiy bo’linmalardagi barcha texnik jixozlarni shay xolda tutish;

  • yuk tashish xujjatlarini to’ldirish qoidalariga amal qilish;

  • yongin xavfsizligini, yuk, pochta, bagaj tashish xamda transport vositalari xavfsizligini ta’minlash;

  • favqulodda vaziyatlarining vujudga kelish sharoitlarida tadbirlarni bajarishni tashkil etish;

  • tashish jarayonida qatnashuvchi barcha bo’linmalarning o’zaro aniq hamkorligini ta’minlash;

  • portlovchi, tez yonuvchi va zaharli moddalarni tashish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rish;

  • temir yo’l transport vositalarini falokatsiz tashish chora tadbirlarini tashkil qilish va bajarish;

davlat sirlarini va xizmatga taalluqli ma’lumotlarni tarqalishini oldini oluvchi chora tadbirlarni ko’rish.

b) iqtisod va moliya sohasida:

■ bo’linmalarni xo’jalik boshqaruvini tashkil qilish;



  • Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning barcha faoliyat turlari bo’yicha moliyalashni tashkil qilish;

  • Uzel O’zbekistan Respublikasining «Buxgalterlik hisobi haqida»gi qonuni bo’yicha, buxgalterlik xisobining milliy standartlariga muvofiq holda buxgalterlik hisobini yuritadi. Moliyaviy va statistik hisobotni amaldagi qonunchilik xujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiradi;

■ Uzel belgilangan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga, soliq va boshqa davlat idoralariga amaldagi konun xujjatlariga muvofiq ravishda o’z moliyaviy-ho’jalik faoliyatining natijalari xaqidagi zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etadi;

  • temir yo’l xizmatlari uchun barcha to’lovlarni o’z vaqtida va to’la undirish hamda ularni “O’zbekiston temir yo’llari”Aksiyadorlik jamiyatning asosiy daromad hisob raqamiga o’tkazish;

  • tashilgan yuklar uchun debitor qarzlarni va uni tugatilishini nazorat qilish va uni hisobga olish, debitor qarzlarni undirish bo’yicha xujjatlar tayyorlash va uni xo’jalik sudiga oshirish;

■ bekatlardagi yuk-tovar idorasida o’ta muxim bulgan xujjat varaqalarini saqlashni ta’minlash;

  • Uzel bo’linmalari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining istiqbol ko’rsatkichlarini tuzish;

  • transport texnika vositalarini hamda imorat va inshoatlarini ta’mirlashni tashkil qilish;

  • Uzel xodimlarining ish xaqlari va mukofotlash sistemasi va turlarini aniqlash hamda bu ishlarni bo’linmalarda nazorat qilish;

  • sof tushumning 0,7% mikdorida nafaka jamg’armasiga badallar, qo’shimcha kiymatga soliq, daromadga soliqlar to’lovlaridan, hamda avtomobil yo’llar ta’miri va qurilishiga chegirmalar, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqlaridan tashqari xamma turdagi soliqlar va chegirmalar tulovlari va xisoblarini amalga oshirish;

■bekatlardan va PKO lardan TexPD va «O’ztemiryo’lhisob» markaziga tashish xujjatlari hamda undirilgan to’lovlar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida etkazish;

  • debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish bo’yicha chora tadbirlar tuzish va uni bajarish;

  • Uzel tarkibiy bo’linmalari hodimlariini mukofotlash Nizomini tasdiqlash;

  • Uzel hamda tarkibiy bo’linmalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining istiqbol rejalarini tuzish;

  • xo’jalik sudlarida va boshqa davlat organlarida Uzel va tarkibiy bo’linmalari xuquq va manfaatlarini muhofaza qilish;

  • Uzel bo’linmalari yig’ma balansini tuzish va uni kerakli davlat organlariga taqdim qilish.

v) texnik siyosat sohasida:

  • yangi texnika va texnologiyalarni, ilg’or tajribalarni joriy etish, ixtiro, rasionalizatorlik va patent-lisenziya etish faoliyatini rivojlantirish;

  • atrof muhitni zararli chiqindilardan saqlash va ekologik toza texnologiyalarni, jarayonlarni va zararli chiqindilarni kamaytiradigan transport vositalarini keng joriy etish.

g) moddiy texnika ta’minoti sohasida:

  • Uzel tarkibiy bo’linmalarining asosiy vositalarini soz xolda tutish va ularni normal xolda ishlatish uchun kerakli bo’lgan ehtiyot qismlar hamda yonilgi-energetika resurslari bilan ta’minlash;

  • falokatlar, avariyalar va boshqa nazarda tutilmagan hodisalarning oqibatlarini bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslarning barcha turlaridan zahiralar tashkil etish;

  • resurslar va energiyani tejash bo’yicha ishlarni tashkil etish;

  • favqulotda vaziyat davrida Uzelning safarbarligini ta’minlash uchun moddiy texnika resurslari zahiralarini tuzish va tayyorligini ta’minlash.

d)kadrlar, mexnat va ijtimoiy masalalar sohasida:

  • xodimlarni saralash, ularning xizmatda o’sishini , ma’suliyatini oshirishni, rag’batlantirilishi va ijtimoiy muhofazasi sharoitlarini yaratish bilan shug’ullanish;

  • Uzel ehtiyoji asosida kadrlarni kasbiy va iqtisodiy o’qishini tashkil etish;

  • o’kuv muassasalarida mutaxassislar va ommaviy kasblar bo’yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

  • samarali kadr siyosatini o’tkazishni ta’minlash;

  • poezdlar xarakati bilan bevosita bog’liq bo’lgan Uzel xodimlarining aloxida toifasi uchun dam olish vaqti va ish vaqti rejimini bajarishni ta’minlash;

  • Uzel xodimlari attestasiyasini o’tkazish, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, mehnat va texnika havfsizligini ta’minlash.

2.3.Sanab o’tilgan vazifalardan tashqari, Uzel temir yo’l transporti ob’ektlaridan foydalanish qoidalari, manevr ishlari va poezdlar xarakati havfsizligini ta’minlash talablarini o’z bo’linmalari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.


Download 95.5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 95.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



P. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari

Download 95.5 Kb.