|
IV. Uzel faoliyatining boshqarilishi
| bet | 4/6 | Sana | 22.03.2021 | Hajmi | 95,5 Kb. | | #13366 |
IV. Uzel faoliyatining boshqarilishi.
-
Uzel va uning devoni faoliyatini boshqarish Uzel boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.
-
Uzel boshlig’i, Uzel boshlig’ining o’rinbosari, bosh muhandis «O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruvi raisining buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadilar va ozod etiladilar.
-
Uzel boshqaruvi bo’limlarining boshliqlari ishga «O’zbekiston temir yo’llari» AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga asosan kelishilgan xolda tayinlanadilar va ishdan ozod etiladilar.
-
Uzel boshlig’i yo’kligi vaqtida uning majburiyatlari bosh muhandis yoki boshliq o’rinbosariga Uzel boshlig’i buyrug’i bilan yuklanadi.
-
Uzelining boshlig’i:
-
tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasi asosida kadrlarni saralash va joylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
-
o’z vakolati doirasida Uzelning hamma hodimlari uchun majburiy bo’lgan ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va buyruklarni chiqaradi. 4.6.Uzel boshlig’i kuyidagilar bo’yicha shahsan javobgardir:
-
Uzelga yuklangan vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
-
mablag’larning maqsadli ishlatilishi.
4.7. Uzel rahbarlari kuyidagi xuquqlarga ega:
-
Boshqa korxonalar va tashkilotlar bilan xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarilishini nazorat qilish va konunchilikda belgilangan tartibda bekor qilish;
-
Xo’jalik shartnomalari tuzish uchun bo’linma boshliqlariga ishonchnomalar berish;
-
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisiga bo’linmalarning qayta tuzilishi, bo’linishi, ularning bekor qilinishi, birlashishi, Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning tuzilmasini takomillashtirish maqsadida texnik va iqtisodiy asoslangan takliflarni kiritish;
-
Aksiyadorlik jamiyatiga tegishli boshqarmalar va markazlar bilan muvofiklashtirilgandan so’ng, Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalar Nizomlarini tasdiqlash;
-
Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning ishlab-chiqarish va moliyaviy ko’rsatkichlarini tasdiqlash;
4.7.6. Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning tuzilmaviy strukturasini va shtat jadvalini tasdiqlash;
-
Banklarda hisob raqami va boshqa turdagi raqamlar ochish;
-
O’zining bo’linmalariga, ishchilarga oylik tulash uchun, banklarda sub.raqamini ochishga ruhsat berish;
-
SHu’ba korxonalar va xujalik jamiyatlarini (shu jumladan, kichik va o’rta biznes sub’ektlarini) tashkil etish, mulkini sotishni esa, faqatgina «O’zbekiston temir yo’llari» AJ Boshqaruvi ruxsati bilan amalga oshirish.
|
| |