Ekranni grafik rejimga o’tkazish




Download 3,79 Mb.
bet52/135
Sana19.03.2017
Hajmi3,79 Mb.
#409
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135
Ekranni grafik rejimga o’tkazish.
Ekranning asosiy holati matn holatidir. Ekranni grafik holatga o’tkazish uchun Graph Init Graph modulining prosedurasi ishlatiladi:

Ini tGraph (GD,GM, Path) – ekranni grafik holatga o’tkazish.GD –drayver raqami, GM- holat raqami,

Path – kerakli drayver iborat faylga kirish yo’li.Agar Path o’zgaruvchi bo’sh qatordan iborat bo’lsa (Path =˝), bu holda drayver mavjud katalogda qidiriladi.

GD va GM o’zgaruvchi ko’rsatkichlardir. InitGraph ishlatilayotganda, GD o’zgaruvchi nolga teng bo’lsa, u holda kerakli drayver va bu drayver uchun grafik holat avtomatik ravishda aniqlanadi. GRAPH moduli chiroyli bo’lishi uchun qiymati 0 ga teng bo’lgan Detect o’zgarmas kiritilgan.

Init Graph prosedurasiga Close Graph prosedurasi simmetrikdir. Bu prosedura drayverni xotiradan yuklaydi va oldingi videoholatni yaratadi..

Graph moduli 80 ta prosedura va funksiyadan iborat. Ular yordamida nuqtalarni, kesmalarni, ellipslarni, to’g’rito’rtburchaklarni, ko’pburchaklarni chizish, ularni turli ranglarga bo’yash, ekranga turli shriftdagi matnlarni chiqarish , saqlash va ekranda o’zgartirish mumkin.

PutPixel (X,Y,Color) prosedurasi Color orgali ifodalangan o’lchamlarda (X,Y) koordinatali nuqtalarni bo’yaydi.

GetPixel (X,Y) funksiyasi (X,Y) koordinatali nuqtalarni rangining asl holatini tiklaydi.

Graph modulida sodda shakllarni, kesmalarni, ellipslarni, to’g’ri to’rtburchaklarni chizish uchun bir nechta proseduralar bor..

Line (X1,Y1,X2,Y2) prosedurasi kesmani (X1,Y1) nuqtadan (X2,Y2) nuqtaga o’tkazadi.

Circle (X,Y,Radius) prosedurasi markazi (X,Y) nuqtali va Radius radiusli aylana chizadi.

Rectangle (X1,Y1,X2,Y2) prosedurasi (X1,Y1) chap burchakli va (X2,Y2) o’ng burchakli to’g’riburchakni chizadi.

SetColor (Color) prosedurasi chizishni asl rangini o’rnatadi. Agar SetColor prosedurasi boshqa rang o’rnatmagan bo’lsa, unda asl rang oq bo’ladi.

Grafik holatda rasrli va bir nechta vektorli shriftlarni ishlatish mumkin. Rasrli shrift tochkalar matrisasi orqali, vektor shiriftlar esa simvollardan iborat vektorlar qatori orqali beriladi.

Shriftlarni tanlash SetTextStyle prosedurasi orqali amakga oshiriladi.

SetTextStyle (Font, Direction, Size) – prosedurasi asl shriftni , matnni chiqarish yo’llarini va belgilar o’lchamini o’rnatadi.

Font shriftlarni aniqlaydi.

Direction – matnni chiqarishning yo’nalishi (chapdan o’nga va pastdan tepaga),

Size – shrift o’lchamini aniqlaydi.

Me’yoriy o’lcham rasrli shriftlarda Size=1 da, vektor shriftlaresa Size=4 da amalga oshiriladi.

OutTextXY (X,Y,TextString) – prosedurasi TextString qatorni (Х, Y) nuqtadan boshlab chiqariladi. Qator o’rnatilgan asl shrift, yo’nalish va belgilar o’lchami bilan chiqaruladi.

SetTextJustify (Horiz, Vert) prosedurasi matnni avtomatik ravishda tekslaydi. Bunda OutTextXY va OutText. Horiz – gorisontal, Vert – vertikal tekislashni qo’llaniladi.

Палитра – bu rang va ranglar nomeri orasidagi bog’lanish . Biz palitra bilan ishlaydigan 3 ta prosedurani ko’rib chiqamiz.

SetPalette (Col1,Col2) - prosedurasi palitra rangini Col1raqamli rangdan Col2 raqamlli ranga o’zqartirish.

SetAllPalette (Palette) – hamma palitra ranglarini bir paytda o’rnatadi.

SetRGBPalette (Col,R,G,B) –prosedurasi qizil,yashil va ko’k ranglarni Col raqamli ranglardan R,G и B raqamli ranglarga o’zgartiradi.


Download 3,79 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135




Download 3,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekranni grafik rejimga o’tkazish

Download 3,79 Mb.