Tashkent State Transport University




Download 344,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.02.2024
Hajmi344,41 Kb.
#150972
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
harakat-havfsizligi-va-xaydovchilar-mehnatini-tashkil-etishda-raqamli-texnologiyalardan-foydalanish

Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Prospects for Training International 
Specialists in the Field of Transport 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-352-357 
 
 
 
 
 
354
 
April 21-22 
https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
harakat tezligini va necha kilometr yurganini, haydovchi tomonidan bajarilgan ish 
vaqtini, dam olish va boshqa operatsiyalar uchun ketgan vaqtni yozib boradi. 
Haydovchi tomonidan tahogpafning ish jarayoniga ruhsatsiz o‟zgartirish kiritishga 
yo‟l qo‟ymaslik uchun maxsus ko‟dlar yordamida sifirlangan bo‟ladi.
Tahograf: qurilmasi ilgari analog signali , elektromexanik, mexanik yoki disk 
yozuvli turlari o'rnatilar edi. Endi analog tahograflar ishlab chiqarilmaydi va ulardan 
foydalanish bir muncha eskirgan hisoblanadi va Yevropa standartiga muvofiq ularni 
faqat raqamli ko‟rinishda yozuvchi zamonaviylariga almashtirilishi lozim deb 
topilgan. Tahograf raqamli ko'rinishda ma'lumotlarni yozib oladi va qayta ishlaydi. 
Yevropa va Rossiyada bunday qurilmalarning quyidagi turlari mavjud: 
• ATOL; Simob; EFAS V2 RUS; VDO DTCO; TCA-02NK; HATCH-TachoRUS;
KASBI.
Yevropa qonunchiligi bo‟ycha faqat maxsus sertifikatga ega bo‟lgan 
qurilmalarni o‟rnatishga ruxsat etiladi.
SKZI va AETR – bir biridan qanday farqi bor? Tahografning turi va markasiga 
qo'yiladigan talablar boshqacha. SKZI Bu avtomobilning mamlakat ichida 
harakatlanishi uchun dasturlangan . Bu qurilmadan faqat mahalliy reyslarda 
foydalanish mumkin misol uchun Toshkent-Urganch, Toshkent- Nukus yo‟nalishi 
bo‟yicha harakatlanuvchi avtobus qatnovlarida. Chet elga qatnaydigan transport 
vositalari uchun Evropa uslubidagi tahograflarni AETR bloki bilan jihozlash 
majburiydir va O‟zbekistonda ishlaydigan avtomobillar uchun kriptografik axborotni 
himoya qilish moduliga ega boshqaruv moslamalari qo'llaniladi. Qisqartmalarning 
dekodlanishi quyidagicha:
• AETR – Yevropada ishlab chiqarilgan va avtotransport ekipajlari ishi bo„yicha 
Yevropa kelishuviga muvofiq sertifikatlangan taxograflar; 
• CIPF – avtomobildan raqamli boshqaruv qurilmasiga keladigan axborotni 
kriptografik himoya qilish tizimi.
Ushbu turdagi tahograflar asosan Rossiyada qo'llaniladi, bunday taxograflar 
bilan chet elga qatnash taqiqlanadi. Haydovchining shaxsiy kartasini chiqarish 
to'g'ridan-to'g'ri mashinada qaysi boshqaruv moslamasi o'rnatilganligiga bog'liq. 
Raqamli taxografning qurilmasi va ishlash printsipi murakkab emas. Boshqaruv 
paneliga ega asosiy blok avtomobil kabinasida joylashgan bo‟ladi, haydovchi qurilma 
tugmachalarini qulay boshqarishi mumkin. Zamonaviy modellar qo'shimcha ravishda 
tizimning ishlashi haqidagi ma'lumotlarni aks ettirish uchun 
ekranlar bilan jihozlangan. Monitor va ma'lumotlarni qayd etish 
tizimi 
avtomobil 
elektr 
ta'minoti 
tarmog'iga 
ulangan. 



Download 344,41 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 344,41 Kb.
Pdf ko'rish