|
Tashkilotda axborot tizimlarining o’rni va vazifalari
|
bet | 2/3 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 35,22 Kb. | | #109440 |
Axborot tizimlari
Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko’ra farqlanadi. Quyida 1-jadvalda turli elementlardan iborat bo’lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan.
Tashkiliy murakkablik tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar (o’zaro harakatlar) miqdori bilan aniqlanadi. Elementlar o’rtasidagi chatishib, qo’shilib ketgan o’zaro aloqalar shunday tuzilganki, u birorta parametr aloqasining o’zgarishiga olib keladi.Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar miqdori bo’lmagan, yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflar aniqlaydi. Umuman olganda, tizim uni tashkil etuvchi elementlardan boshqacharoq tavsiflarga ega bo’libgina qolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi. Shuningdek elementlar ega bo’lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish xususiyatiga ega. Tizim butunligining o’ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi xususiyatlarning paydo bo’lishi ba’zan emerjentlik (inglizcha «emergent» - yuzaga keluvchi, paydo bo’luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniqsa o’zi tarkib topadigan elementlarga bo’lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o’z-o’zidan yo’q bo’ladi. Maqsadga qaratilganlik. Tizim umumiy xususiyatga ega, ya’ni u umumiy maqsadga erishishga harakat qilishga qaratilgan. Tizimning maqsadga yo’nal-tirganligini ifodalovchi barcha elementlar uchun umumiy bo’lgan o’zaro aloqalarning maqsadli qoidalari maqsadning mavjudligini belgilaydi. Tizimning tarkiblashganligi – bu tizimning alohida elementlari va ularning tashqi muhit bilan o’zaro harakati o’rtasidagi ichki aloqalarning doimiy tarkibidir. Tizim tarkibi – uning faoliyati samaradorligini ko’p jihatdan belgilovchi muhim tavsiflardan biri sanaladi. Tizimning bo’linishi – bu uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi ma’lum belgilar bo’yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib, bunda elementlar o’rtasidagi aloqalar ko’proq, kenja tizimlar o’rtasida esa kamroq bo’ladi.Tizim tushunchasi shu ma’noda nisbiyki, tizim elementining o’zi ham murakkab tizim bo’lishi mumkin. Biror belgi bo’yicha ajratilgan tizim o’ziga nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo’lishi mumkin.Tizim va tashqi muhit«Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o’rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o’z-o’zidan emas, balki boshqa ko’plab elementlar qurshovida mavjud bo’ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko’rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo’lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi muhit – bu ko’rilayotgan tizimga ta’sir ko’rsatuvchi yoki ko’rilayotgan masala sharoitida uning ta’siri ostida bo’lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog’liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog’ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqali tizimlar deb ataladi.
Matematik metod va intellektual tizimlarni qo'llab, boshqarishning optimal variantlarini olish. Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish. Eng tog’ri axborotga ega bo'lish. Axborotlarni qog’ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash Maҳsulot ishlab chiқarish sarf ҳarajatlarini kamaytirish. Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish. Axborot tizimlarida boshqaruv tuzilmasining o'rni Axborot tizimi jamiyat va har bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim:
|
| |