• O`zbekiston temir yo`llari” AJ ning buxgalteriya balansi (2021-2022 yy.)
  • O`zbekiston temir yo`llari” AJ ning moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisoboti (2021-2022 yy.)
  • Xo`jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo`lmagan faoliyatidan olingan daromadlari tahlili
  • Ta`sir etuvchi birliklarni ichki va tashqi omillarga bo`lib o`rganish ularni boshqarishni to`g`ri belgilash imkonini ham beradi




    Download 23.63 Kb.
    bet1/2
    Sana17.04.2024
    Hajmi23.63 Kb.
    #199775
      1   2
    Bog'liq
    Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari (1)

    Foyda va rentabellikni oshirish imkoniyatlarini aniqlash va ular bo`yicha yakuniy analitik xulosalarni tayyorlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim masala hisoblanadi. Shu sababli ham moliyaviy natijalar va rentabellik tahlilining yakunida korxonada foydani kelgusida o`stirish yuzasidan (bo`lib o`tgan jarayonlar natijasi va boy berilgan) imkoniyatlarni kelgusida ishga solish va yuqori unum, natijaga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilashga hamda sotishga alohida ahamiyat qaratiladi.
    Foyda va rentabellik doimo qator omillar hisobiga o`zgarib boradi. Shu sababli ham, foyda va rentabellikni o`stirish imkoniyatlarini o`rganishda birinchi navbatda uning o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillarga ahamiyat qaratiladi. Ularning asosiylari qatoriga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish hajmi ta`sir birliklari kiritiladi.
    Ta`sir etuvchi birliklarni ichki va tashqi omillarga bo`lib o`rganish ularni boshqarishni to`g`ri belgilash imkonini ham beradi.
    Foyda va rentabellik o`zgarishiga ta`sir etuvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi: innovatsion aktivlarda mahsulotlarning yangi tarkibini yaratish va ularga xarajatlarni iqtisod qilishning texnologik yangiliklarini qo`llash; tadbirkorlik layoqatining ustunligi; tovarlarning bozoriyligini ta`minlashning muhim omili bo`lgan mahsulot sifatini boshqarish; yangi texnika va texnologiyalarni qo`llash orqali energiya tejamkorligi, moddiy xarajatlar yangi turlaridan foydalanish, ularning sarf me`yorlarini kamaytirish; tovar, ish va xizmatlarning raqobatdoshligini oshirish; yangi bozorlarni o`zlashtirish; mahsulotning xarajat sig`imini kamaytirish; asosiy va aylanma kapitaldan imkon qadar samarali foydalanish; boshqaruv hisobi, ichki auditga muhim ahamiyat qaratish; samarali boshqaruv tizimini yo`lga qo`yish va h.k.lar kiradi.
    Tashqi omillar qatoriga: mamlakatda pul-kredit siyosati; byudjet -soliq siyosati; boj to`lovlari va yig`imlari ta`riflari; tovar bozorlari konyunkturasi; inflyatsiya darajasi; ishlab chiqarish resurslari (yoqilg`i, elektr energiya, xomashyo va materiallar) bahosining o`zgarishi va boshqa omillar kiradi.

    O`zbekiston temir yo`llari” AJ ning buxgalteriya balansi (2021-2022 yy.)



    Ko`rsatkichlar nomi

    2021 yil

    2022 yil

    O`zgarishi (+;-)

    O`sishi, %

    Aktiv













    1. Uzoq muddatli aktivlar

    12 593 199 960

    10 219 731 945

    2 373 468 015

    123.2

    2. Joriy aktivlar

    11 683 693 105

    2 978 372 713

    8 705 320 392

    392.3

    Balans aktivi bo`yicha jami

    24 276 893 065

    13 198 104 658

    11 078 788 407

    183.9

    Passiv













    1. O`z mablag`lari manbalari

    10 124 233 076

    7 745 794 466

    2 378 438 610

    130.7

    2. Majburiyatlar

    14 152 659 989

    5 452 310 192

    8 700 349 797

    259.7

    Balans passivi bo`yicha jami

    24 276 893 065

    13 198 104 658

    11 078 788 407

    183.9

    O`zbekiston temir yo`llari” AJ ning moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisoboti (2021-2022 yy.)



    Ko`rsatkichlar nomi

    2021 yil

    2022 yil

    O`zgarishi (+;-)

    O`sishi, %

    Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum

    5 180 801 340

    3 362 225 550

    1 818 575 790

    154

    Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi

    3 191 287 162

    2 474 622 038

    716 665 124

    128.9

    Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi

    1 989 514 178

    887 603 512

    1 101 910 666

    224.2

    Davr xarajatlari

    752 744 444

    568 302 199

    184 442 245

    132.3

    Boshqa operatsion xarajatlar

    178 630 359

    135 306 333

    43 324 026

    131.8

    Asosiy faoliyatning foydasi

    1 415 400 093

    454 607 646

    960 792 447

    311.6

    Moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar

    833 455 050

    159 047 300

    674 407 750

    523.8

    Moliyaviy faoliyatning daromadlari

    506 789 162

    269 112 080

    237 677 082

    188.1

    Daromad (foyda) solig`ini to`lagunga qadar foyda

    1 088 734 205

    564 672 426

    524 061 779

    192.9

    Favquloddagi foyda va zararlar

    0

    0

    0

    0

    Daromad (foyda) solig`i

    30 730 577

    16 304 363

    14 426 214

    187.5

    Foydadan boshqa soliqlar va yig`imlar

    83 965 344

    40 674 456

    43 290 888

    207.5

    Hisobot davrining sof foydasi

    974 038 284

    507 693 607

    466 344 677

    192.1

    Xo`jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo`lmagan faoliyatidan olingan daromadlari tahlili


    Xo`jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati turi keng qo`llaniladigan va ahamiyatli ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. Korxonalarga soliq solish tartiblari, ularning stavkalari, qator imtiyozlar va periferensiyalar ushbu faoliyat turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


    Amaldagi me`yoriy huquqiy hujjatlar talabiga muvofiq asosiy faoliyat turini belgilash tartiblariga quyidagicha amal qilinadi:
    - Agar asosiy faoliyat turini belgilashda olingan tushumning yoki qo`shilgan qiymat solig`i summasining salmog`iga bosh omil sifatida qaraladi. Eng yuqori tushum olib kelgan, yoki eng yuqori qo`shilgan qiymat solig`ini aniqlangan faoliyat turi deb belgilanadi.
    - Statistika organlari korxonalarning asosiy faoliyat turini belgilashda ular tomonidan topshiriladigan statistik hisobot manbalariga tayanadilar. Bunda ham asosiy faoliyat turi statistika organi tomonidan korxona ishtirokisiz, mustaqil, sotishdan olingan sof tushum hajmiga qarab belgilanadi.
    Ba`zi hollarda bir yilda bir marta, boshqalarida esa uni har chorakda belgilash talab etiladi.
    O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida asosiy va birgalikdagi faoliyat turlariga quyidagicha ta`rif beriladi:
    Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo`yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyatdir.
    Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi bo`lgan tovar (ish va xizmat) lardir.
    Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tahlilida joriy davrda mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan sof tushumning hajmi, sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larni ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, operatsion daromadlar va xarajatlarning tahlili amaldagi “Mahsulot (ish va xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida”gi nizom talablari bo`yicha amalga oshiriladi. Shu sababli yuqoridagi tarkibdan bir muncha farq qiladi.
    Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlashda asosiy va asosiy bo`lmagan faoliyat turlarini tarkiblash bir mazmunda qaralmaydi. Asosiy faoliyat sifatida mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan eng yuqori tushumga ega qator tarkiblansa, qolgan barcha sotishlar asosiy bo`lmagan faoliyat sifatida tarkiblanadi. Lekin ularning barchasi moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda asosiy faoliyat natijasi (hisobotning 100-satri) sifatida qayd etiladi.
    Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning 030-satr), davr xarajatlari (040-satr), asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (090-satr) dan iborat bo`ladi.
    Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, asosiy faoliyat korxona faoliyatining (ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, ijara va h.k.) xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyatlar, soliqqa tortish, imtiyoz va periferensiyalardan kelib chiqib belgilanishi mumkin.
    Tushumni tan olishda realizatsiya qilishning mazmunini ham aniq tushunib olish lozim.
    Realizatsiya qilish deganda — sotish, ayirboshlash, beg`araz berish maqsadida tovarlarni jo`natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatish, shuningdek, garovga qo`yilgan tovarlarga bo`lgan mulk huquqini garovga qo`yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish nazarda tutiladi. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko`rsatilganligi to`g`risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo`natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko`rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

    Download 23.63 Kb.
      1   2




    Download 23.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta`sir etuvchi birliklarni ichki va tashqi omillarga bo`lib o`rganish ularni boshqarishni to`g`ri belgilash imkonini ham beradi

    Download 23.63 Kb.