• Kurs ishining dolzarbligi
  • O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar




    Download 43.01 Kb.
    bet1/8
    Sana28.03.2024
    Hajmi43.01 Kb.
    #179839
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyalari
    monitorlar, Attestatsiya savollari informatika fanidan, Analitik kimyo MSM yakuniy tayyor variant, Organik sintez yakuniy tayyor variant, 5-амалий, operatsion amaliy l dilmurodov 4, obyektivka-namuna, Issiqlik almashinish qurilmalari, 1-grafik ish, Poyonova Zaxro ma\'lumotnoma (Автосохраненный), Zamonaviy maktab o’qituvchisining vazifalari, 3-mustaqil ish davomi, 9-sinf-informatika-testlar-6, 11-sinf-informatika-testlar-2, Mavzu Sinfdan tashqari ishlarni ishlarni rejalashtirish va unga-fayllar.org



    Darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish texnologiyalari


    REJA:

    KIRISH…………………………………………………………………………….2


    ASOSIY QISM……………………………………………………………………5
    1. Darsdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari…………………………….5
    2. Darsdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash………………………………………………………………………...10
    3. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari…………………………………………………………………………..15
    4. Darsdan tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni va unga qoʼyiladigan talablar……………………………………………………………………………21
    XULOSA………………………………………………………………………...25
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………29
    KIRISH
    Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar yuksak madaniyatli, tashabbuskor, faol va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashni taqozo etmoqda. Zero, yoshlar yurtimizning ertangi kuni bo‘lib, ularda yuksak shaхs sifatlarini tarbiyalash dolzarb ahamiyatga egadir.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning har bir chiqishlari, ma’ruzalari va uchrashuvlarida yoshlar tarbiyasi masalasi qayta va qayta kun tartibiga qo‘yilayotganligi buning yorqin dalilidir1.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, zamonaviy texnologiyani mukammal oʻzlashtirgan, xalq manfaati yoʻlida bor kuch va salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli va iqtidorli yoshlarni va kasb egalarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, huquqiy poydevor yaratish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanmoqda.2
    Jumladan, Oliy ta’limni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyada “Oliy ta’limda ma’naviy-aхloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud”ligi ta’kidlanganO’zbekiston Respublikasida istiqlol tufayli barcha sohalarda katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ushbu o’zgarishlar ta’lim-tarbiya tizimini ham qamrab olgan.
    Muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgan eng muhim vazifasidir. Faqat shu asosdagina oldimizga qo`yilgan yuksak maqsadlar barchamiz uchun hayotimizning mazmuniga aylanib qolgandagina millatning ongli vatanparvarlik ruhini yuksaltirib, rivojlanayotgan mamlakatlar kabi taraqqiyot yo`lidan ildam qadam tashlash imkoni tug`ildi” ,-deb ta’kidlagan edi.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarni fan asoslarini berish bilan birga ularni tarbiyalaydi. Tarbiya vazifalari ko’p qirralidir. Tarbiya jarayonida u\o’quvchilarning jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob me’yorlariga mos keladigan e’tiqodini, axloqiy malaka va ko’nikmalarini tarkib toptiradi.
    Umuman olganda, tarbiya – yoshlarning ruhiyatiga ma’lum sifatlarni singdirish uchun maqsadga muvofiq holda va muntazam ravishda ta’sir etishdir.
    Maktab sharoitida tarbiya vazifalari o’qituvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga o’quvchilar tarbiyasida butun jamiyat, jumladan ota-onalar, axborot vositalari, mahallar ahli ham ishtirok etishadi.
    Tarbiya o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash bilan mustahkamlanadi.
    Tarbiyaning ko’p turlari mavjud. Jumladan, aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tarbiyalardir. Har bir tarbiya turining o’z maqsadi va vazifalari mavjud. Tarbiyaning eng muhim qismlaridan biri – axloqiy tarbiyadir. Ma’lumki, «axloq» so’zi arab tilidan olingan bo’lib, xulq ma’nosini bildiradi. Axloq kishilarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, oilaga va shu kabilarga bo’lgan munosabatini tartibga soladi.
    Maktabda tarbiyaviy ishlar o’z vaqtida va mazmunli rejalashtirilsa, yaxshi tarbiyaviy natija berishi aniq. Shuning uchun sinf rahbarining Darsdan tashqari ishlarni rejalashtirishi katta ahamiyatga egadir. Bu borada sinfda o’tkaziladigan tarbiyaviy soatlar, adabiyot kechalar, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar, sayohatlarning ahamiyati beqiyosdir.
    Kurs ishimizning mazmuni va mohiyatini o’tkazilgan tarbiyaviy chora-tadbirlarni umumlashtirish tashkil etdi. Biz qo’lga kiritilgan ma’lumotlar, xulosalarni ishimizning xulosasida qayd etdik. Ana shu fikr-mulohazalar tufayli sinf rahbarlariga, bolalar yetakchilariga, maktab kutubxona mudiriga ma’lum tavsiyalarni ishlab chiqdik.

    Download 43.01 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 43.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar

    Download 43.01 Kb.