|
Tasviriy faoliyat metodikasi fanidan 2-kurs( Maktabgacha ta`lim) maxsus sirtqi talabalari uchun 1-mustaqil ish
|
Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 277,5 Kb. | | #241652 |
Bog'liq 1 mustaqil topshiq (4)
Tasviriy faoliyat metodikasi fanidan 2-kurs( Maktabgacha ta`lim) maxsus sirtqi talabalari uchun 1-mustaqil ish
yo`riqnomasi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxati:
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi (takomillashtirilgan varianti) T:2022.
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari” T:2018.
Maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning davlat standartlari” T- 2020.
O.A.Maxmudova.Tasviriy faoliyat metodikasi.O`quv qo`llanma.Birinchi nashr.– T.:"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2023.-380 bet.
O.A.Maxmudova, S.A.Maxmudova. Maktabgacha ta`lim tizimida plastik materiallar bilan ishlash texnologiyalari. ,,NISO POLIGRAF“. 2019yil. Toshkent.
O.A.Maxmudova. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga o`rgatish metodikasi. ,,NISO POLIGRAF 2019yil. Toshkent.
Reja:
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat metodikasining ilmiy-nazariy asoslari” mavzusi asosida 10 ta test tuzing. To`g`ri javobini qoraytirib qo`ying (жирный). 2ball
“Buyuk san’atshunos olimlarning tasviriy san’atga qo’shgan xissasi” mavzusi asosida
tasviriy san`at rivojlanishiga xissa qo’shgan rassomlar familiya ismi va ijod yillarini yo’zing. 2ball
“Mаktаbgаchа tа`lim tashkilotlаrning "Ilk qadam" o`quv dasturida tasviriy, faoliyatning o`rni ” mavzusi asosida tayyorlangan savollarga javob bering. 2ball
“Mаktаbgаchа yoshdаgi bоlаlаrni tаsviriy qоbiliyati vа ijоdkоrligini rivоjlаntirish” mavzusi asosida 6 ta so`zdan iborat krossvord tuzing. 2ball
Amaliy ish. (Predmetli rasm chizish). A4 format: 1ta uy hayvoni, 1ta o`rmon hayvoni, 1ta hashorat, 1ta odam tasviri, 1ta daraxt tasviri, 1ta bino tasvirini jami 6 ta rasmni bosqichi bilan ((1 chi namunaga qarang) asosida chizing. Chizgan rasmlar bilan birga fotosuratga tushing. 2ball
Izoh: Rejaning 1-4 qismini yoritish uchun talablar:
a) Topshiriqlar faqat vord dastirida bajariladi.
b) Calibri (Основной текст) da 12 shrift kattalikda yoziladi. Imloviy xatolar bajarilgan ishingiz ballini pasaytiradi.
v) Mavzularni yoritishda aniq ma`lumotlarga tayaning.
REJANING 5 QISMINI YORITISH UCHUN TALABLAR:
a) Rasmlarni faqat guash bo`yoqda boyaladi.
b) Rasmlar A4 format qalin qog`ozda chiziladi.
v) amaliy ishida ism familya va guruxi aniq qilib yozilishi shart.
g) Chizgan rasmlar bilan rejaning 1-4 qismini nazariy qismdan so`ng joylashtiring. (2 chi namunaga qarang)
Mustaqil ta`limni baholash mezoni maksimal ball 10.
Agar talaba mavzu yuzasidan berilgan nazariy va amaliy topshiriqlarni to`liq bajarsa 10 bal bilan baholanadi.
Agar talaba rejalar bo`yicha ma`lumotlarni yoritsa, lekin amaliy ishni bajarmasa 7bal qo`yiladi.
Agar talaba mustaqil ishni yoritishda jiddiy xatoliklarga yo`l qo`ysa 5 bal bilan baxolanadi.
Agar mustaqil ishni mavzusini umuman yoritib bermasa 0 bal qo`yiladi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo`natishingizni so`rayman.
Topshirish muddati: 19 noyabr 2023 yil соат 23.59 гача
Fan o`qituvchisi: O.A.Maxmudova
namuna 1
Namuna 2
Boshqa rasmlar chizish tavsiya etiladi.
|
| |