Tayanch so’zlar: modda, atom




Download 13,02 Kb.
Sana17.01.2024
Hajmi13,02 Kb.
#139261
Bog'liq
kimyo fanining rivojlanishi


Tayanch so’zlar: modda, atom, molekula, daltonidlar, bertoloidlar, materiya, proton, elektron, neytron, ion, allotropiya, valentlik, agregat holatlar, atom massa, ekvivalent, ekvivalent hajm, molyar massa, zichlik.
O’quv mashgulotining maqsadi: Talabalarga elementlarning atom massalari haqida tushuncha berish, absolyut va nisbiy atom massalarni tushintirish.
Kimyo fanining maqsad va vazifalari. Hozirgi vaqtda kimyo xalq xo„jaligida g„oyat muhim rol o„ynaydi. Tabiatdan faqat xom ashyo, ruda, toshko„mir, neft va boshqalargina olinmoqda. Tabiiy xom ashyoni kimyoviy yo„l bilan qayta ishlab xalq xo„jaligi uchun zarur mineral o„g„itlar, pestitsidlar, metallar, plastmassalar, bo„yoqlar, dorivor moddalar va boshqalar tayyorlanadi.
Kimyo fani tabiiy materiallarni tejab ishlatish, ishlab chiqarishning qo„shimcha mahsulotlari va chiqindilaridan foydalanish masalalari bilan ham shug„ullanadi. Turli moddalar hosil qilishning birmuncha yangi samarali usullarini topadi va hokazo. Bunda dastlabki ilmiy tekshirish institutlari va laboratoriyalari tashkil etildi, ular kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o„ynadi.
Ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yilliklar mobaynida sobiq ittifoqda qudratli kimyo sanoati barpo etildi. Vatanimizda topilgan fosforli va kaliyli tuz konlari asosida tog„-kimyo kombinatlari, mineral o„g„itlar, sintetik kauchuk, kalsiy karbid, plastmassalar, texnika maqsadlarida ishlatiladigan rezina buyumlar ishlab chiqariladigan korxonalar qurildi. Sun‟iy tola, bo„yoq, dorivor moddalar va kinoplyonkalarning yangi xillarini ishlab chiqarish o„zlashtirildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda kimyo sanoatining azotli o„g„itlar, kaliyli o„g„itlar, plastik massalar, xlor va uning hosilalari ishlab chiqariladigan organik sintez tarmoqlari ancha kengaydi. Kimyoviy tolalar, sintetik etil spirt, qishloq xo„jalik zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan organik preparatlar va boshqalar ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi. Buning uchun bir qancha yangi korxonalar qurildi hamda borlarining ko„pi takomillashtirildi. Radiotexnika, elektrotexnika, aviatsiya, avtomobil sanoatlarida va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan sintetik materiallaming turi hamda ularni ishlab chiqarish ko„paytirildi.
Yangi sintetik materiallar tabiiy materiallaming o„rnini bosibgina qolmay, ularni ishlatish natijasida sanoatning ko„pgina tarmoqlarida ishlab chiqarishning texnika darajasini yuksaltirish uchun keng yo„l ochiladi.
Mamlakatimiz kimyo sanoatini yuksaltirish viskoza, kapron, atsetat tolalar, shuningdek, lavsan, nitron, xlorin va boshqa sintetik tolalar ishlab chiqarishni ko„paytirishga imkoniyat yaratib berdi. Ulardan texnikaviy buyumlar va xalq iste‟mol mollari, gazlamalar, trikotaj, poyafzal tayyorlash mumkin bo„lib qoldi va hokazo.
Download 13,02 Kb.




Download 13,02 Kb.