• E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
  • Tayyorladi: xasanova o’G’iloy qabul qildi: mamatqulov murod




    Download 1.3 Mb.
    Sana13.05.2023
    Hajmi1.3 Mb.
    #59155
    Bog'liq
    AZOTLI O\'G\'ITLI ISHLAB CHIQARISH
    HofG[1], 2-maruza11, Struktura-latinnica, 65364 144, Oddiy elektr energiyani uzatish tizimining uch fazali qisqa tuta (1), 5yi0oajbocZ1XWVmVlxw2RmDCgnBb1uXscma4Xrs, Китоб 1-қисм, Документ Microsoft Word, Linux 2- amaliy ishi, Operatsion tizimlar 1 amaliy, Tarmoq xafsizligi 1-mustaqil ish, XOTIRA

    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI 731-20 GURUH TALABASI XASANOVA O’G’ILOYNING KIMYOVIY TEXNOLOGIYALARI FANIDAN SLAYD TAQDIMOTI

    TAYYORLADI: XASANOVA O’G’ILOY

    QABUL QILDI: MAMATQULOV MUROD

    MAVZU: azotli o’g’itlar ishlab chiqarish texnologiyasi

    • REJA
    • 1. AZOTLI O’GITLAR TURLARI
    • 2. AZOTLI O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
    • 3. AMMIAKLI SELITRA ISHLAB CHIQARISH QURILMASI

    Kimyo sanoatining muhim va eng asosiy vazifasi xalqning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Bu esa bevosita qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mineral o’g’itlar ishlab chiqarishdan iboratdir. Respublikamiz hududlarida joylashgan kimyoviy korxonalar qishloq xo’jaligini kerakli o’g’itlar bilan taminlaydi. Jahon bo’yicha yiliga 150 million tonna mineral o’g’itlar ishlab chiqarilmoqda Fosfor, azot va kaliy o’simlik uchun eng zarur oziq moddalardir. O’simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, tuproqda bu moddalar miqdori yildan- yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun erni o’g’itlash kerak. O’g’itlar kelib chiqishi, ishlatilishi, tarkibi, xossalari va olinish usullariga ko’ra klassifikatsiyalanadi. Kelib chiqishiga ko’ra: organik, mineral (anorganik), organo-mineral va bakterial o’g’itlarga bo’linadi.


    .


    O’gitlar kelib chiqishiga ko’ra
    MINERAL
    BAKTERIAL
    ORGANO-MINERAL
    ORGANIK

    .

    • Azotli o‘g‘itlar suvda yaxshi eriydi iular azot birikmalarining: ammiakli, ammoniyli, amidli va bu shaklning turli hosilalari (ammiak- nitratli, ammiak-amidli va x.o.) shakllari bilan farqlanadi. Bundan tashqari, yuvilmaydigan va suvda qiyin eriydigan azotli o‘g‘itlar, masalan karbamid-formaldegidli, izobutilendikarbamid, oksamid va boshqalar ham ishlatiladi Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgunga qadar faqatgina Chili selitrasi - NaNO3 qishloq xo‘jaligida o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan. Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari - fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli (NH4NO3), nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid - (NH2)2CO, kalsiy sianamid - CaCN2 va boshqalar) o‘g‘itlar hisoblanadi. Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab o‘g‘itlar, suyuq azotli o‘g‘itlar - ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlab chiqariladi va ishlatiladi.

    .

    • Ammoniyli o‘g‘itlar uchun xomashyo sifatida ammiak, nitratli o‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi behisob miqdordagi azotdan olinadi. Ammiakli selitra. Ammoniy nitrat NH4NO3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ammoniy nitrat 110OC haroratdan yuqorida parchalana boshlaydi: NH4N03 -» NH3 + HN03 - 174,4 kj
    • Bu reaksiya sekin sodir bo‘ladi. Masalan, 165°C haroratda bir sutka davomida massa jihatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan parchalanish tezligi ham ortadi. Harorat 200-270OC da parchalanish tezligi yanada ortadi: NH4N03 -» N20 + 2H20 + 36,8 kj
    • Harorat 400-500°C gacha tez ko‘tarilsa, parchalanish reaksiyasi portlash bilan sodir bo‘ladi: 2NH4N03 -> 2N2 + 4H20 + 02 + 118 kj
    • Amalda 300°C harorat portlashga sabab bo‘ladi. NH4NO3 ning mineral kislotalar va yengil oksidlanuvchi (moylovchi va boshqa organik moddalar kabi) qo‘shimchalar ishtirokida portlashi tezlashadi.


    Davlat standarti bo‘yicha donadorlangan ammiakli selitraning yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1-kategoriyali (1-nav) turlari mavjud. Qishloq xo‘jaligida va sanoatda qo‘llaniladigan ammiakli selitra tarkibida NH4NO3 ning miqdori 98% dan kam emas. B markali ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N, 1-navida esa 34,0% N bo‘ladi. Suv (namlik) esa sulfat va sulfat-fosfat qo‘shimchali ammiakli selitrada 0,2% dan ko‘p emas (B markali 1-navda esa 0,3% dan ko‘p emas). Suv tutuvchi qo‘shimcha 0,3% bo‘lsa, bu miqdor 0,6% ga yetishi mumkin. Yuqori sifat kategoriyali A va B markali ammiakli selitra tarkibidagi qo‘shimchalar miqdori: kalsiy va magniy nitrat CaO (MgO) hisobida 0,2-0,5%, fosfatlar (RAP) P2O5 hisobida 0,5-1,2%, ammoniy sulfat 0,3-0,7%, ammoniy sulfati va fosfatlari 0,4-0,6% bo‘ladi. B markali 1-navda esa qo‘shimchalar miqdori me’yorlanmaydi. Ammiakli selitra 10% li suvli eritmasining pH muhiti barcha navlarda: sulfat-fosfat qo‘shimchasi bo‘lsa 4,0 va boshqa qo‘shimchasi bo‘lsa 5,0 ga teng bo‘ladi.
    Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1-3 mm li donachalar 93% dan kam emas; B markada 1-4 mm li donachalar 95% dan kam emas (shuningdek barcha yuqori navlarda 2-3 mm li donachalar 50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 mm dan kichik donachalar 4% dan ortiq emas. Ammoniy nitrat donachalarining statik mustaxkamligi: A marka uchun 5 n, B marka uchun 7 n va 1-nav uchun 5 n bo‘ladi. Sepiluvchanligi har ikkala marka uchun ham 100% bo‘ladi. Buning uchun 5 qop ammiakli selitra 1 m balandlikdan yerga tashlanadi, teshiklari 5 mm bo‘lgan elakdan 1 minutda to‘la o‘tishi kerak. Ammiakli selitra yong‘in havfli bo‘lib, isitgichlardan holi bo‘lgan xonalarda saqlanadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda saqlanmaydi va bir joydan boshqa joyga tashilmaydi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


    Download 1.3 Mb.




    Download 1.3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorladi: xasanova o’G’iloy qabul qildi: mamatqulov murod

    Download 1.3 Mb.