2 - ma’ruza. Dasturiy ta’minot dizaynini ishlab chiqish. Testlash va




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/62
Sana19.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#264340
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
dasturiy inj

33 
2 - ma’ruza. Dasturiy ta’minot dizaynini ishlab chiqish. Testlash va 
tekshirish 
Reja: 
2.1. Dasturiy ta’minotning arxitekturaviy dizayni 
2.2. Dasturiy ta’minot dizaynini qurish va moslashtirish 
2.3. Dasturiy ta’minotni testlash 
2.4. Dasturiy ta’minot evolutsiyasi 
 
Kalit so’zlar:
arxitektura, dizayn, testlash, evolutsiya, xavfsizlik, ishinchlilik, 
barqarorlilik, servis, uml, talab, servis. 
Ushbu ma’ruzaning maqsadi dasturiy ta’minot arxitekturasi va arxitekturaviy 
dizayn tushunchalariga kirish, dasturiy ta’minot dizaynini yaratish va uni tizimga 
moslashtirish, daturiy ta’minotni testlash hamda dasturiy ta’minot evolyutsiyalarini 
ko’rib chiqishdan iborat.
 
2.1. Dasturiy ta’minotning arxitekturaviy dizayni 
5
Dasturiy ta’minotning arxitekturaviy dizayn, tizimning umumiy tuzilishi 
dizayni va uni qanday tashkillashtirish tushunchalari bilan bog’liqdir. 
Siz dasturiy ta’minot arxitekturasini ikkita ajralmas bosqichlarda 
dizaynlashtira olasiz. Bular, kichik arxitektura va katta arxitektura: 
1.
Kichik arxitekturaga shaxsiy dasturlarning arxitekturalarini o’z ichiga 
oladi.
2.
Katta 
arxitektura 
boshqa 
tizimlarni, 
dasturlarni 
va 
dasturiy 
komponentalarni qamrab oladigan murakkab korxona tizimlari 
arxitekturasini o’z ichiga oladi. 
Dasturiy ta’minot arxitekturasi tizimni ishlab chiqishda muhim o’rin tutadi, 
sababi u tizimni ishlab chiqilishiga, ishonchliligiga, keng ko’lamda qo’llanilishiga 
va qayta ishlab chiqilishiga ta’sir qiladi. Shaxsiy komponentalar funksional tizim 
talablarini bajaradi. Nofunksional talablar tizim arxitekturasidan kelib chiqadi – bu 
komponentalar tashkil qilinadigan va bir-biriga bog’lanadigan yo’ldir. Ko’plab 
tizimlarda, nofunksional talablar ham shaxsiy komponentalar tomonidan bajariladi, 
lekin bu yerda shubxasiz tizim arxitekturasi ustuvor hisoblanadi. 
Bass va boshqalar(2003) dasturiy ta’minot arxitekturasini ochiq 
loyihalashtirish va hujjjatlashtirishning uchta afzalliklarini muhokama qilishdi: 
5
“Software Engineering”, by Ian Sommerville, pages 148-150 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
34 
1.
Manfaatdor aloqalar.
Arxitektura tizimning yuqori darajadagi taqdimoti 
bo’lib, bir qator turli manfaatdor tomonlar tomonidan muhokama qilish 
uchun bir muammo markazi sifatida foydalaniladi. 
2.
Tizim tahlili. 
Tizimni ishlab chiqishning erta bosqichlarida tizim 
arxitekturasini yaratish bir qancha tahlillarni talab qiladi. Arxitekturaviy 
loyiha yechimlari tizimning ishlab chiqilish, ishonchlilik, keng ko’lamda 
qo’llanilish va qayta ishlab chiqilish talablarini qondira olishiga chuqur 
ta’sir ko’rsatadi.
3.
Keng ko’lamli qayta qo’llash.
Tizim arxitekturasi modeli tizimning qanday 
tashkil qilingani va komponentalar qanday o’zaro ta’sir qilishini ixcham, 
boshqarilga ta’rifidir. 
Dasturiy tizim arxitekturasi alohida arxitekturaviy shablonlar va stillarga 
asoslangan. Arxitekturaviy shablonlar xuddi klient-server tashkillanishi yoki 
bosqichlangan arxitektura kabi tizimni tashkillashtirish tushunchasidir. 
Arxitekturaviy shablonlar turli dasturiy tizimlarda qo’llanilgan arxitekturalar 
jamlanmasini o’z ichiga oladi. Tizim uchun arxitektura tanlashda ehtiyotkorlik bilan 
qaror qabul qilishingiz lozim.
Nofunksiyaviy talablar va dastur arxitekturasi o’rtasida yaqin bog’liqliklar 
bo’lganligi sababli, siz tanlayotgan arxitekturaviy stil va tizim, nofunksional tizim 
talablaridan kelib chiqqan holda tanlanishi lozim: 
1.
Ishlab chiqish.
Ishlab chiqish bu muhim talabi bo'lsa, arxitektura kichik 
komponentlar soni doirasida muhim operatsiyalarini mahalliylashtirishga 
mo'ljallangan bo'lishi kerak, bu komponentlar bilan hammasi bitta kompyuterda 
yozilgan, butun tarmoq bo'ylab tarqalmagan bo’lishi lozim.
2. 
Xavfsizlik.
Agar xavfsizlik muhim talab bo’lsa, arxitektura uchun qatlamli 
tuzilishi chuqur qatlamlarda himoyalangan eng muhim aktivlardan foydalanish 
kerak, bu qatlamlar uchun xavfsizlikni tekshirish yuqori darajada qo'llaniladi. 
3. 
Ichonchlilik
. Agar ishonchlilik muhim talab bo'lsa, arxitektura shunday 
mo'ljallangan bo'lishi kerakki, bunda xavfsizlik bilan bog'liq operatsiyalarning 
barchasi yoki yagona komponentada yoki kichik sonli komponentlarda joylashgan 
bo’lishi kerak. Bu xavfsizlik tekshirish xarajatlarni va muammolarini kamaytiradi 
va qobiliyatsiz taqdirda tizimini xavfsiz yopilishiga imkon beradigan tegishli 
himoya tizimlarini taqdim qiladi. 
4. 
Mavjudlik
. Agar mavjudlik muhim talab bo'lsa, arxitektura tizimi 
to'xtamasdan komponentlarini yangilash va almashtirish imkoniga ega ortiqcha 
komponentlarini o'z ichiga olgan bo'lishi kerak. 
5. 
Barqarorlik
. Agar barqarorlik muhim talab bo’lsa, tizim arxitekturasi tez-


III. NAZARIY MATERIALLAR 
35 
tez o’zgarib turishi mumkin bo’lgan nozik, o’z-o’zini tarkibidagi komponentalardan 
foydalangan 
holda 
qurilishi 
lozim. 
Ma'lumotlar 
ishlab 
chiqaruvchilar 
iste'molchilardan ajratilgan bo'lishi kerak va birgalikda ma'lumotlar tuzilmalari yo'l 
qo'ymaslik lozim. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  2 - ma’ruza. Dasturiy ta’minot dizaynini ishlab chiqish. Testlash va

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish