• )-sonli bayonnoma)
  • Nazariy materiallar 4 5 6 ` Amaliy mashg’ulot materiallari Keyslar banki
  •  yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan o`quv reja va




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/62
    Sana19.06.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #264340
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    dasturiy inj

    2016 yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan o`quv reja va 
    dastur asosida tayyorlandi. 
    O`quv-uslubiy majmua Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
    Kengashining qarori bilan nashrga tavsiya qilingan 
    (2016 yil 2
    9
     
    avgust
    dagi 
    1
    (6
    61
    )-sonli bayonnoma)




    MUNDARIJA
     
     
    1 2 3 
    Ishchi dastur 
    Modulni o’qitishda 
    foydalaniladigan 
    interfaol ta’lim 
    metodlari 
    Nazariy 
    materiallar 
    4
     
    5 6

    Amaliy 
    mashg’ulot 
    materiallari 
    Keyslar banki 
    Mustaqil 
    ta’lim 
    mavzulari 
    7 8 
    Glossariy 
    Adabiyotlar ro’yxati 


     
     
    I. BO`LIM
    ISHCHI DASTUR 


    I. ISHCHI DASTUR 

    I. ISHCHI DASTUR 
     
    Kirish 
     
    Barchamizga sir emaski, xozirgi vaqtda jamiyatni axborot kommunikasiya 
    texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Umuman olganda, har bir mamlakatni 
    rivojlanishini zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini sohalarga joriy 
    qilinishi bilan baholash mumkin. Mamlakatimizda xam buning uchun bir qator ishlar 
    amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, xukumatimiz tomonidan zamonaviy 
    axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish (21.03.2012 
    yildagi PQ-1730), axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kadrlar 
    tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish (26.03.2013 yildagi PQ-1942), dasturiy 
    ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarni rag’batlantirishni yanada kuchaytirish 
    (20.09.2013 yildagi PQ-2042) bo’yicha chora-tadbirlarni keltirib o’tish mumkin. 
    Bundan tashqari, “O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va 
    Kommunikasiyalarini Rivojlantirish Vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi 
    (04.02.2015 yil PF-4702) O’zbekiston Respublikasining Prezidentining Farmonida 
    yangi tashkil etilgan vazirlikning asosiy vazifalaridan biri qilib “raqobatdosh 
    dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini 
    hamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashish va uning 
    muvofiqlashtirilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va 
    iste’molchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot 
    resurslarini joriy etish” etib belgilangan.
    Ma’lumki, xozirgi kunda dasturiy ta’minot yoki dasturiy mahsulotni yaratish 
    dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi mutaxassislar jamoasi orqali amalga oshiriladi. 
    Umuman olganda, xozirda, har bir dasturiy ta’minot yoki dasturiy mahsulotni ishlab 
    chiqishga amaliy loyiha sifatida qarash mumkin. Chunki, har bir ishlab chiqilgan 
    dasturiy ta’minot biror bir sohadagi (ijtimoiy, iqtisodiy, sanoat, xalq xo’jaligi va 
    boshqalar) ma’lum bir muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan bo’ladi.
    Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga tizimli va kompleks yondashuv dasturiy 


    I. ISHCHI DASTUR 

    injiniring (Software Engineering) tushunchasini keltirib chiqardi. Kelinglar, dasturiy 
    injiniring tushunchasini vujudga kelishi sabablariga to’xtalib o’taylik. Dasturiy 
    ta’minotni ishlab chiqish faoliyatini rivojlanishini dasturiy ta’minot bilan bog’liq 
    bo’lgan bir qator muammolarni vujudga kelishi va ularni hal qilish uchun amalga 
    oshirilgan ishlar orqali izohlash mumkin. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish 
    bo’yicha vujudga kelgan asosiy muammolar quyidagilardan iborat bo’lgan:

    dasturiy ta’minot tan-narxining juda yuqoriligi;

    talab etilayotgan dasturiy ta’minotni yaratishning murakkabligi;

    dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonlarini boshqarish va bashoratlash 
    bo’yicha zarurat paydo bo’lishi va h.k. 
    Dasturiy injiniring – bu dasturiy ta’minot ishlab chiqishni samaradorligini 
    oshirish va optimallashtirish bilan shug’ullanuvchi amaliy fan bo’lib, u dasturiy 
    ta’minotni yaratishni loyihalashtirish(tahlil qilish), ishlab chiqish, joriy qilish va 
    kuzatishni ilmiy asoslangan usullarini o’z ichida mujassamlashtirgan.
    Ushbu o’quv uslubiy majmuada dasturiy injiniring tushunchalari, dasturiy 
    ta’minot yashash sikli, dasturiy ta’minot ishlab chiqishning modellari va 
    texnologiyalari, dasturiy ta’minot arxitekturasi, dasturiy ta’minotni testlash va 
    tekshirish yo’llari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdagi extimolli holatlar va ularni 
    bartaraf etish yo’llari va usullari, dasturiy ta’minot sifati, dasturiy ta’minotni ishlab 
    chiqish va testlash bo’yicha standartlar muammolari bayon etilgan.

    Download 3,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan o`quv reja va

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish