Dasturiy ta’minotni modellashtirish




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/62
Sana19.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#264340
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
dasturiy inj

1.4. Dasturiy ta’minotni modellashtirish 
4
Modellar talablar injiniringi jarayonida tizim uchun talablarni hosil qilishda 
foydalaniladi. Siz mavjud tizimlarning modelini va ishlab chiqarilayotgan tizimning 
modelini tuishingiz mumkin. 
1.
Mavjud tizim modellari talablar injiringi mobaynida foydalaniladi. Ular 
mavjud tizimning nima ish bajarishini aniqlashtiradi va tizimning kuchli va 
kuchsiz tomonlarini muhokama qilishga asos bo’ladi. Bu yangi tizim uchun 
talablar ishlab chiqishga olib keladi. 
2.
Yangi tizim modellari talablar injiniringi davomida yordam berish uchun 
ishlatiladi. Injinerlar dizayn bo’yicha takliflarni muhokama qilishda 
modellardan foydalanadi. 
Tizim modelining eng muhim tomoni shundaki unda tizim haqidagi batafsil 
ma’lumotlar tashlab ketiladi. Model o’rganilayotgan tizimning mavhum 
ko’rinishidir.
Siz tizimni turli xil ko’rinishlarini ko’rsatish uchun turli xil modellarni ishlab 
chiqishingiz mumkin. Masalan: 
1.
Tashqi ko’rinish, tizimning konteksti yoki muhitini modellashtirish. 
2.
O’zaro munosabatlar ko’rinishi, tizim bilan muhit yoki tizim komponentalari 
o’rtasidagi o’zaro munosabatni modellashtirish. 
4
“Software Engineering”, by Ian Sommerville, pages 119-121 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
31 
3.
Strukturaviy ko’rinish, tizim tomonidan ishlov berilayotgan ma’lumotlar 
strukturasi yoki tizim tashkilotini modellashtirish. 
4.
Xatti harakatlar ko’rinishi, tizimning dinamik xatti harakatlari va hodisalarga 
qanday javob berishini modellashtirish. 
Tizimning turli xil modellarini yaratish uchun UML bir nechta 
diagrammalarga ega. 
1.
Faoliyat diagrammalari, jarayondagi faoliyatlarni ko’rsatadi 
2.
Foydalanish holati diagrammari, tizim va uning muhiti o’rtasidagi 
munosabatni ko’rsatadi. 
3.
Ketma-ketlik diagrammalari, shaxs va tizim va tizim komponentalari 
orasidagi munosabatlarni ko’rsatadi. 
4.
Sinf diagrammalari, tizimdagi obyektlar sinflari va ularning o’zaro 
munosabatini ko’rsatadi 
5.
Holat diagrammari, tizimning ichki va tashqi hodisalarga ta’sirini ko’rsatadi. 
UML(Unified Modeling Language) - birlashgan modellashtirish tili dasturiy 
ta’minot tizimlarini modellashda 13 ta turli xil diagramma turlaridan foydalanadi. 
UML dasturiy ta’minot tizimlarini modelini yaratishda standart yondashuv deb 
qabul qilingan. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish