3.2. Dasturiy ta’minot xavfsizligi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/62
Sana19.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#264340
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
dasturiy inj

46 
3.2. Dasturiy ta’minot xavfsizligi 
10
Biz yuqorida xavfsizlik bu tizimning tashqi qasddan uyushtirilgan yoki 
tasodifiy hujumlardan o'znin himoyalay olish xususiyati ekanligi haqida so'z 
yuritgan edik. Bu tashqi hujumlar muqarrardir, chunki ko'pchilik kompyuterlar 
hozirda internetga ulanadi va bu bilan tashqi tomondan nishonga aylanishi hech gap 
emas.Bunday hujumlarga viruslar tushishi, tizim xizmatlaridan ruxsatsiz 
foydalanish, tizimga uatorizatsiyasiz ulanib uning ma'lumotlarini o'zgartirish 
kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. Agar siz haqiqatdan xavfsiz tizimda 
ishlashni xohlasangiz, unda yaxshisi internetga ulanamay qo'ya qoling. Shunda agar 
autorizatsiya qilingan foydalanuvchilar ishonchli bo'lsa sizning xavfsizlik bo'yicha 
muammolaringiz o'z yechimini topadi. Amalda esa katta tizimlar online rejimida 
ishlagani uchun yuqori darajada foyda ko'radilar, internetdan uzilish ular uchun 
daromadlarning keskin pasayishiga sabab bo'ladi. 
Ko'pgina tizimlar uchun xavfsizlik bu ishonchlilikning asosiy mezonidir. 
Harbiy tizimlar, elektron savdo uchun yaratilgan tizimlar hamda o'ta maxfiy 
ma'lumotlarga ishlov berish bilan shug'ullanuvchi tizimlar yuqori darajada 
xavfsizlik ta'minlangan holda loyihalashtirilishi zarur. Masalan, agar havo 
tarnsportlariga chiptalarni buyurtma qiluvchi tizimda tayyorlik xususiyati past 
bo'lsa, bu ishonchning yo'qolishi hamda ba'zi chiptalardagi kechikishga sabab 
bo'lishi mumkin. Agar bu tizim xavfsizligi past bo'lsa unda hujum qiluvchilar unga 
kirib barcha buyurtmalarni o'chirib tashlashlari, buning natijasida esa normal havo 
yo'llari harakatlarini davom ettirishga imkoniyat bo'lmay qolishi mumkin. 
Ishonchlilikning boshqa qismlari kabi xavfsizlik ham o'zining maxsu atamalariga 
ega.
Pflegeer tomonidan muhim atamalar quyidagicha ta'riflanadi: 
Mulk ( asset ) - himoyalanadigan va biror qiymatga ega bo'lgan narsa. Mulk bu 
dasturiy ta'minot tizimining o'zi yoki bu tizim tomonidan ishlatiladigan ma'lumot 
bo'lishi mumkin. 
Zararlanish ( exposure ) - Hisoblash tizimi zaralanishi yoki undagi elementlar 
yo'qotilishi bo'lishi mumkin. Bunda zarar yoki yo'qotish ma'lumotlarda, vaqtda yoki 
xavfsizlik buzilganda keyingi tiklash ishlariga ketgan mehnatda ko'rinadi. 
Zaif himoyalanganlik ( vulnerability ) - Hisoblash tizimi zaifligi, bundan 
foydalanib tizimga zarar yetkazilishi mumkin. 
Hujum ( attack ) - Tizimning himoyasi zaifligidan foydalanib qolish. Odatda 
bu tashqi tarafdan bo'ladi va bunda zarar qasddan yetkazilishi nazarda tutiladi. 
10
“Software Engineering”, by Ian Sommerville, pages 302-305 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
47 
Tahdidlar ( threats ) - zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatlar, vaziyat va 
sharoitlar. Bularga tizimga hujum uchun yo'l ochib beruvchi zaif himoyaga 
qaragandek qarash lozim. 
Nazorat ( Control ) - tizim himoyasi zaifligini ketkazuvchi chora. Bunga 
shifrlashni misol qilib keltirish mumkin. 
Ixtiyoriy tarmoqqa ulangan tizimda, uch xil asosiy xavfsizlikka qilinadigan 
tahdidlar uchraydi: 
1.
Tizim va uning ma'lumotlari maxfiyligiga tahdidlar. 
Bular 
axborotlarning autorizatsiyadan o'tmagan shaxslar yoki dasturlarga ochilishiga 
sabab bo'lishi mumkin. 
2.
Tizim va uning ma'lumotlari sofligiga tahdid. 
Bu tahdidlar dasturiy 
ta'minot yoki ma'lumotlarga zarar yekazishi, ularni buzishi mumkin. 
3.
Tizim va uning ma'lumotlari tayyorligiga tahdidlar. 
Bu tahdidlar 
autorizatsiyadan o'tgan foydalanuvchilarga ruxsatlarni chegaralab qo'yishi 
mumkin. 
Albatta bu tahdidlar o'zaro ichki bog'lanishga ega Agar hujum tizim 
tayyorligiga zarar yetkazsa, unda siz vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan 
axborotlarni yangilay olmaysiz. Bu o'z navbatida tizim sofligini yo'qqa chiqaradi. 
Shunday qilib zararlar bir - biriga ulanib ketadi. 
Amalda, sotsialtexnik tizimlardagi ko'pchilik himoya zaifligi texnik 
muammolardan ko'ra ko'proq insonlarning xatolari natijasida paydo bo'ladi. 
Odamlar oson parollar tanlaydilar, yoki parollarini topib olish oson bo'lgan joylarga 
yozib qo'yadilar, tizim administratorlari ruxsatlarni belgilashda yoki fayllarni 
joylashtirishda xato qiladilar bundan tashqari foydalanuvchilar himoyalovchi 
dasturiy ta'minotlarni qo'llamaydilar. 
Siz tizim xavfsizligini kuchaytirish uchun qo'yishingiz mumkin bo'lgan 
nazoratlar quyidagilardir: 
1.
Himoya zaifligidan chetlanish. 
Qilinayotgan hujumlar muvaffaqiyatsiz 
bo'lishiga ishonch hosil qilish uchun qo'yiladigan nazoratlar. Bu yerda strategiya 
tizimni xavfsizlikka oid muammolardan chetda loyihalashdan iborat. Masalan, 
harbiy tizimlar mahalliy tarmoqlarga ulanmagan bo'ladi, shuning uchun ularga 
tashqi kirish yo'llari berkdir. Ma'lumotlarni shifrlashni ham bu turdagi 
nazoratlarga 
kiritish 
mumkin. 
Shifrlangan 
ma'lumotga 
har 
qanday 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
48 
autorizatsiyasiz kirishda, bu ma'lumot hujumchilar tomonidan o'qib 
bo'lmaydigan ko'rinishda bo'ladi. Amalda, kuchli shifrlangan ma'lumotlarni 
deshifrlash ko'p vaqt talab qiladi va qimmatga tushadi. 
2.
Hujumni aniqlash va uni bartaraf etish. Bu turdagi nazoratlar hujumlarni 
aniqlab ularni yo'q qilishga mo'ljallangan. Bu nazoratlar tizimda bajarilayotgan 
amallarni kuzatib turadi va g'ayrioddiy holatni aniqlaganda chora ko'radi: 
tizimning ushbu qismini o'chirib qo'yishi yoki aniqlangan foydalanuvchiga kirish 
yo'lini yopib qo'yishi mumkin. 
3.
Chegaralar qo'yish va tiklash. Bu nazoratlar muammolardan keyin qayta 
tiklanishni qo'llab-quvvatlaydi.
Talabga javob beradigan xavfsizliksiz, biz tizimning tayyorligi, mustahkamligi 
hamda himoyalanganligiga ishonolmaymiz. 
Tizimni ishlab chiqarishdagi xatoliklar keyinchalik xavfsizlikni aylanib 
o'tilishiga olib kelishi mumkin. Agar tizim ko'zda tutilmagan kiruvchi parametrlarga 
javob bermasa yoki kiritilayotgan massiv ko'riniishidagi ma'lumotlarning chegarasi 
aniqlanmasa, hujumchilar bu zaifliklardan tizimga ruxsatsiz kirish uchun 
foydalanishlari mumkin. Asosiy xavfsizlik buzilish hodisalari ushbu zaifliklar orqali 
kelib chiqadi. C# tilida tuzilgan dasturlar massiv chegarasini tekshirishni o'z ichiga 
olmaydi, bu esa tizimga ruxsatsiz kirish orqali xotiraning biror qismini qayta 
yozishga imkon yaratadi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish