3.3- rasm. Katalog va oddiy fayllar




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/80
Sana16.05.2024
Hajmi2,85 Mb.
#237333
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
Bog'liq
Linux OT

50 
3.3- rasm. Katalog va oddiy fayllar 
 
 
Fayl nomi 
Har bir fayl o‘z nomiga ega. Fayl nomi uzunligi fayl tizimi taiga bog‘liq 
bo‘ladi. Linux bir nechta fayl tizimlarni qo‘llab-quvvatlashdi. Zamonaviy fayl 
tizimlar 255 gacha simvolli nomga ega fayllarni yaratishga imkoniyat bersa, bir 
qancha fayl tizimlar esa qisqa fayl nomini tanlash bilan chegaralaydi. Xozirda Fayl 
nomida deyarli xoxlagan simvolni ishlatishingiz mumkin, lekin chalkashishdan 
qochish maqsadida quyidagi ro‘yhatni ko‘rib chiqamiz: 
-
Bosh harflar (A-Z); 
-
Kichkina harflar (a-z); 
-
Raqamlar (0-9) 
-
Tag chiziq (_) 
-
Nuqta (.) 
-
Vergul (,) 
/ yoki ildiz 
Ildiz direktoriya har doim / (slesh) nomlanadi va shu bitta simvol bilan 
ifodalanadi. Boshqa fayllar bu simvolni nom sifatida ishlata olmaydi. Shu bilan 
birga, fayl manzili fayl nomidagi satr hisoblanib kataloglar slesh bilan ajratilgan 
bo‘ladi. 
Bitta ota-onada bir xil ismdagi farzandlari bo‘lmaganidek, bitta katalogda 
bir xil nomdagi fayllar bo‘lmaydi. Xar xil ota-onada bir xil nomli farzandlari 


III. NAZARIY MATERIALLAR 
51 
bo‘lganidek, boshqa boshqa katalogda bir xil nomli fayllar bo‘lishi mumkin. 
Siz tanlayotgan fayl nomi biron nimani anglatishi kerak. Ko‘p hollarda 
katalogdagi muhim fayllar foydasiz nomlar bilan saqlanadi. Bunday nomlar yomon 
tanlov bo‘lib, sababi ular fayl qanday ma‘lumot saqlayotganini esga solmasligi 
mumkin. Quyidagi ro‘yhatda nomlar faylda saqlanayotgan ma‘lumot haqida 
axborot bera oladi: 
-
Yozishmalar 
-
Yanvar 
-
Davis 
-
Hisobot 
-
2001 
-
Qarzdorlik_hisoboti 
Fayl nomlari uzunligi DOS yoki Windowsning eski versiyalarida fayl nomi 
uchun 8 ta simvol va kengaytmasi 3 simvolgacha bo‘lishi mumkin edi. Ba‘zi 
UNIX tizimlarida 14 simvolli chegara mavjud bo‘lsa, Macintoshning eski 
variantlarida 31 simvolli chegara mavjud. Agarda fayl nomi qisqa bo‘lsa, uni chop 
qilish oson bo‘ladi; keyinchalik kengaytmasiga ba‘zi fayl tizimlarda mavjud 
bo‘lgan kichik chegaralanishdan oshirish mumkin bo‘ladi. Qisqa faylnomlarining 
salbiy tomoni shundaki, ular uzunroq faylnomidagidek to‘la ma‘lumotni 
ifodalamasligi mumkin.
Uzun faylnomlilarda faylning to‘laroq ma‘lumotini yoritish mumkin. Fayl 
nomini to‘la yozib o‘tirmasligingiz uchun shellda nomni o‘zi tugatish imkoniyatiga 
ega. Fayl nomlarida katta yoki/va kichik harflardan foydalanish imkoniyati 
mavjud. Linux registrni bog‘liqligi tufayli, YANVAR, Yanvar va yanvar fayllari 
bir biridan farq qiladi. Fayl nomlarida probellardan foydalanish mumkin, lekin bu 
yomon fikr hisoblanadi. Sababi, probel maxsus simvol hisoblanib, buyruqlar 
satrida ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Probel o‘rniga nuqta yoki tag chiziqcha 
foydalananing: joe.05.04.26, new_stuff 
Agarda probel mavjud bo‘lgan fayl nomi bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, 
masalan, boshqa operatsion tizim fayl bo‘lsa, bunday holda siz buyruqlar satrida 
joy ko‘rsatib, fayl nomini teskari slesh yoki qo‘shtirnoq yozish lozim bo‘ladi. 
Keyingi ikki buyruq my file nomli faylni printerga chop qilishga jo‘natadi: 

Download 2,85 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  3.3- rasm. Katalog va oddiy fayllar

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish