III. NAZARIY MATERIALLAR
72
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bajarilganligi to‘g‘risida o‘zining chiqish
holati orqali xabar beradi va keyin yo‘qoladi. Ona jarayon uyg‘onadi(ishga
tushadi) va boshqa buyruqlarni berib turadi.
Siz jarayonni orqa fonda komandaning oxiriga ampersand (&) belgisini
qo‘yish orqali ishga tushirganingizda, shell bola jarayonni sleep rejimiga tushirmay
va bola jarayon tugallanishini kutmay uni jarayonlarga bo‘ladi. Shell komandasini
bajarayotgan ona jarayon bola jarayon ish raqami va PID raqami haqida hisobot
berib, boshqa buyruqlarni berib turadi. Bola jarayon ona jarayondan mustaqil
ravishda orqa fonda ishlaydi.
Shunday bo‘lsa ham shell siz bergan komandalarni ko‘pini ishga tushirish
uchun jarayonni bo‘linadi, ba‘zi komandalar esa shellning ichiga o‘rnatiladi. Shell
o‘rnatilgan komandalar (builtin)ni ishga tushirish uchun jarayonni bo‘lishi shart
emas.
Login shelli yoki shellostisi kabi berilgan jarayon ichida siz o‘zgaruvchilarni
ko‘rsatishingiz, initsalizatsiya qilishingiz, o‘qishingiz va almashtirishingiz
mumkin. Lekin (по умолчанию) boshlang‘ich holatda o‘zgaruvchi jarayon uchun
lokal hisoblanadi. Jarayon bola jarayonga bo‘linganda, ona jarayon bolaga
o‘zgaruvchining qiymatini bermaydi. Siz bola jarayonlar uchun o‘zgaruvchi
qiymatiga ruxsatni (global) export builtin lar orqali berasiz.
Tarix
Tarix mexanizmi, C Shelldan moslashtirilgan xususiyatlar, yaqinda
chaqirilgan komandalar qatori ro‘yxati(shuningdek
events
deb nomlanadi)ni
saqlaydi va ro‘yxatdagi ixtiyoriy event(hodisa)ni qayta bajarilishini qo‘llab-
quvvatlaydi. Bu mexanizm sizga oldin foydalanilgan komandalar variantlarini
ishlatish va ulardagi argumentlarni qayta ishlatish imkonini beradi. Siz ilgari
foydalangan seansda yoki bundan oldingisida foydalanilgan qiyin komandalar va
argumentlaringizdan nusxa olishingiz va bir-biridan farqlanuvchi komandalar
seriyasini yordamchi usullar bilan kiritishingiz mumkin. Shuningdek, tarix
ro‘yxati siz qilgan ishlarni yozib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Bu siz xato qilib
qo‘yganingizda va nima qilganingizga yoki qachon komandalar seriyasini o‘z
ichiga olgan jarayonni qayd etib bormoqchi bo‘lganingizga ishonchingiz komil
bo‘lmaganida yordam berishi mumkin.
Builtin tarixi tarix ro‘yxatini ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatmasa, ba‘zi o‘zgaruvchilarni
o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi.