NAZARIY
MATERIALLAR
20
foydalanuvchilarga ma’lum. Nomlanishidan ko‘rinib turibdiki,
VCD oddiy
kompakt disklarda ovoz bilan siqilgan videoni saqlash uchun format hisoblanadi.
Kodlashtirish uchun MPEG-1 algoritmlaridan foydalanish, PAL uchun kadr
o‘lchami 352x288 nuqtali yoki NTSC uchun 352x240 nuqtali bo‘lgan
sekundiga
1,5 Mbitgacha kenglikdagi video oqimni olish imkonini beradi. Shunda odatdagi
CD diskda VHS sifatidagi ovoz bilan 74 minutli videoni sig‘dirish mumkin
(odatdagi videomagnitafon singari).
1995 yilda eng ommabop MPEG-2 standarti yuzaga keldiki, natijada raqamli
video disk DVD, shuningdek kabel va sun’iy yo‘ldosh televideniyalari signallarini
uzatish keng tarqaldi. Bunda tasvir sifati, o‘tmishdoshlariga nisbatan ancha yuqori
bo‘ladi: sekundiga 25
kadrlarda, PAL tizimi uchun o‘lcham 720x576 nuqtani, 30
kadr/sekunda NTSC tizimi uchun – 720x480 nuqtani tashkil etadi. Shunday ekan,
oqimning o‘rtacha maksimal kengligi 9,8 Mbit/s.ga teng, bu esa Video CD ga
nisbatan deyarli 7 baravar ko‘pdir. MPEG-2 standartining yana bir afzalligi besh-
kanalli audio yo‘lakni (Dolby Digital 5.1 va DTS) saqlash imkoniyati hisoblanadi.
Ikki qatlamli DVD diskning (DVD-9) maksimal sig‘imi 8,5 Gbaytni tashkil
etadi, unda uch soatgacha bo‘lgan mukammal sifatli videoni yozish mumkin. Agar
bir necha filmlar
bilan DVD taklif etilsa, unda bilingki, sizni juda past o‘lchamli va
bitreytli Video CD darajasida quyi tezlikdagi surat kutmoqda.
MPEG-2 bilan bir qatorda, taxminan bir vaqtning o‘zida, televidenieda audio
va video oqimlarni 20 dan 40 Mbit/s.gacha ma’lumotlar uzatish tezligi bilan yuqori
aniqlikda kodlash uchun mo‘ljallangan, yangi MPEG-3 standarti rivojlana
boshladi. Biroq tez orada bu vazifalar uchun MPEG-2
standartining
takomillashtirishgan versiyalaridan foydalanish mumkinligi aniqlandi, shundan
so‘ng MPEG-3 standartini yanada rivojlantirish to‘htatildi va bugungi kunda ushbu
standartdan foydalanilmaydi.
Aksariyat foydalanuvchilar «MPEG-3» atamasini ko‘p
hollarda mashhur
MR3 ovozni siqish texnologiyasi bilan bog‘lashishini qayd etish lozim. Lekin bu
tub jihatdan noto‘g‘ri, chunki uning to‘g‘ri nomlanishi – MPEG-1 Audio Layer 3.
Nihoyat, 1998 yilda video siqish formatlarining yangi oilasi–MPEG-
4yaratildi. Bu past tezlikdagi oqimda, tasvir sifatini yaxshilash maqsadida ishlab
chiqildi. Oldingi MPEG-2 standartida yuqori bitreyt hisobga olingan bo‘lsada,
ushbu
vazifalarni bajara olmas edi, shuning uchun siqish algoritmlarini jiddiy
tahrirlashga to‘g‘ri keldi. Tobora takomillashib borayotgan 1920x1080 (720r) dan
1280x720 (1080i yoki 1080r) gacha o‘lchamli yuqori aniqlikdagi videoni (HD)
saqlash uchun mos kelmay qoldi.
Bugungi kunga qadar MPEG-4multimedia kontentlarni siqishning asosiy
NAZARIY MATERIALLAR
21
standarti hisoblanadi, vaholangki DVD dan nusxa ko‘chirish allaqachon
boshlangan bo‘lsa ham, deyarli barcha zamonaviy
video va foto kameralar HD-
sifatida suratga oladi. Shunday qilib, bunday qurilmalar bilan videoni kompyuterga
saqlash uchun har qanday holatda ham MPEG-4oilasidagi kodeklarni yaxshi bilish
kerak bo‘ladi.