NAZARIY
MATERIALLAR
19
Siqish standartlari
Sof siqilmagan raqamli tovushning bir minuti kompyuterning qattiq diskda
taxminan 10 Mbayt joyni egallaydi. Shu sababli asosan ko‘pgina
musiqali fayllar
joyni tejash maqsadida siqilgan ko‘rinishda saqlanadi. Siqilmagan videoning bir
minuti qancha joy egallashi mumkin? Masalan, 720x576 pikselli o‘lchamdagi va
16-bitli rang chuqurligiga ega bo‘lgan, sekundiga 30 kadrli chastotadagi 60
sekundli rolikni joylashtirish uchun taxminan bir yarim gigabayt bo‘sh disk
maydoni talab etiladi. Va bu ovoz yo‘laklarini hisobga olmaganda.
Ushbu
raqamlardan keyin, nima uchun raqamli video bizning kompyuterlarimizda faqat
siqilgan ko‘rinishda saqlanishini tushuntirishning hojati bo‘lmasa kerak.
Video tasvirni siqishning bir necha o‘nlab mashhur formatlari mavjud bo‘lib,
tegishli ravishda turli natijalarni beruvchi har
xil siqish algoritmlaridan
foydalanadi.
DV (Digital Video)
– video oqimlar uchun eng dastlabki siqish
algoritmlaridan biri hisoblanadi. Uni ishlab chiqilishi
va rivojlanishi video
uskunalar sohasidagi yirik ishlab chiqaruvchilar (Sony, JVC, Panasonic, Philips va
Hitachi) hisoblangan, bir necha kompaniyalar bilan hamkorlikda 1993
yildan
boshlangan. DV formati ma’lumotlarni siqishning yuqori bo‘lmagan darajasini
beradi (5:1) va chiquvchi videofayl yetarlicha katta o‘lchamga ega bo‘lishi
hisobiga yuqori bitreytlar bilan xarakterlanadi. Demak, bir daqiqa DV-video 200
Mb (1 soat – 12 Gb) atrofidagi joyni axborotlarni raqamli tashuvchilarda egallaydi.
Bu format ko‘pincha maishiy raqamli kameralar
va professional kameralar
yordamida video olganda siqish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga siqishning katta
bo‘lmagan koeffitsienti sababli suratga olib bo‘lingan materiallar juda yuqori
sifatga ega bo‘ladi, real vaqtda bo‘lib o‘tadigan siqish jarayonining o‘zi esa kuchli
texnik qismlarni talab qilmaydi.
Haqiqatan ham, videoni uydagi kompyuterda va ayniqsa optik disklarda DV-
formati
saqlash shunchaki noqulay, juda ham ko‘p joy egallaydi. Shu sababli,
mutaxassislar raqamli filmlar hajmini yana bir necha barobar qisqartirish mumkin
bo‘lgan siqishning qo‘shimcha algoritmlari haqida o‘ylashlariga to‘g‘ri keldi.