|
Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universitetiBog'liq 16b13ac65a9f69681a799afd2a6f4bf718
1.3.1
Raqamli videoing sifati
Obyekt kamera xotira montaj dasturi ekran
Tasvir sifati ta’minlovchi zanjir (yorug’lik, o‘rni, mahsulot dizayni),
kamera(optic linzasi, raqamlashtirish, formatni tanlash), montaj dasturi(vositachi
formatlar, yetkazuvchi formatlar) va ekran.
Bizda oddiy savol tug’ilishi mumkin HDV kamerada olingan 1080/24p tasvir
bilan Sony XDCAM olingan 1080/24p ning nima farqi bor. Kamera linzasinig
sifati va tasvir sensoriga bog’liq yana muhim sabablaridan biri siqish.
Raqamli video fayllarning to‘liq o‘lchamlari juda katta. HD video 1080p
kadrda tahminan 2 million piksel mavjud. Endi tasavvur qilamiz 24 ta kadr
sekundiga bo‘lsa bizga juda ko‘p joy kerak bo‘ladi ma’lumotni saqlash uchun.
Kodek video ma’lumotlarni umumiy qismini kamaytirish uchun keraksiz visual
ma’lumotlarni kamaytirish yoki tashlab yuborish va sizing video faylingizni
haqiqiy vaqtda ko‘rish va ushlab olishda yordam beradi.
Rang chuqurligi (rang o‘lchami)–
video tasvirlarni shakllantirishda ishtirok
etishi mumkin bo‘lgan ranglar sonini ko‘rsatuvchi xususiyat. Raqamli videoda
ranglar soni bitlarda o‘lchanadi. Bir bit mos ravishda ikki xil qiymatni (0 yoki 1)
qabul qilish mumkin va faqat ikkita rangni mos ravishda kodlash (odatda qora va
oq) imkonini beradi. Ikkita bit yordamida 4 rangni (22 = 4), uchta bit yordamida 8
rangni (23), to‘rtta bit yordamida 16 (24) kodlash mumkin va hokazo.
Odatda, rang o‘lchamlari maxsus rang modellari yordamida tavsiflanadi.
Kompyuter texnologiyasida RGB modeli qo‘llaniladi, rang chuqurligining
quyidagi ancha keng tarqalgan rejimlarda ko‘rsatilishi mumkin: 8bit (256 ranglar),
16bit (65536 ranglar) va 24bit (16777216 ranglar). Turli fikrlarga ko‘ra, inson
ko‘zi 5 dan 10 milliongacha rang tuslarini qabul qilish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|