Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana25.05.2024
Hajmi3,92 Mb.
#253969
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
16b13ac65a9f69681a799afd2a6f4bf7

Qachon rang tuzatamiz? 
Odatda, umumiy rang tuzatish tasvirni taxrirlash jarayoni oxiriga etkanda 
ya’ni film yopilgandan so‘ng amlga oshiriladi. Biroq siz ba’zi muammolarni 
avvalroq tuzatishiingiz mumkin.
 
Rang tuzatish 
Eng asosiy darajada rang tuzatish tasvirning to‘rt elementini sozlashdan 
iboratdir. Bular: yorqinlik, kontrast, ranglar jilvakorligi va tus. Ushbu to‘rt 
komponent bo‘linganda jarayon ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Rang tuzatish 
xaqida umumiy ma’lumot berish uchun ushbu to‘rt komponentdan boshlaymiz. 
 
2.1. rasm.
Rang tuzatishning to‘rt elementi: yorqinlik, kontrast, ranglar 
jilvakorligi va tus. 19 rasmga qarang 
 
Yorqinlik
tasvir qay darajada och yoki to‘qligini anglatadi. (3.2. rasmga 
qarang) Tasvirda yorqinlikni oshirish bu suratga olish jarayonida ekpozitsiyani 
ko‘paytirishga o‘xshashadir:butun tasvir yorqinlashadi. Odatda siz yorqinlikni 
tasvir aniqlashganda ozgina sozlashingiz mumkin. 


IV.AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
59 
Kontrast
tavirda oq rangdan qora rangga o‘tish diapozonini anglatadi (3.3. 
rasmga qarang). Yuqori konrastga ega bo‘lgan tasvir xaqiqtda qora rangda bo‘lib, 
yorqin qora va oq ranglardan iboratdir. Qancha qiziq bo‘lmasin, yorug‘lik va 
kontrast filtrlari tasvirdagi rangni umuman nazorat qilmaydi lekin ular rang 
tuzatishning asosidir. Siz tasvir sifatidagi ko‘p muammolarni faqatgina shu ikki 
komponentni sozlab bartaraf etishingiz mumkin. 
Jilvakorlik
tasvirdagi ranglar miqdorini anglatadi. Jilvakorlikni oshirish yoki 
kamaytirish sizning rang palitrangizning ko‘rinishini yaxshilash usulidir. Tus 
tasviringizning umumiy ko‘rinishidir. Rang tusini o‘zgartirish oq rang balansini 
to‘g‘rilashga yordam beradi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish