IV.AMALIY MASHG’ULOT
MATERIALLARI
74
Oq va qora effektlar
Bir rangli tasvir yoki “oq va qora” video tasvir eng sodda va ko‘p
uchraydigan rang effektidir. Bu rang tarixiy ahamiyatni kasb etishi, o‘xshashi yo‘q
elementlarni yaratishi yoki nafis tus bera olishi mumkin. Oldingi
film va videolar
haqiqatdan ham oq va qora rangda bo‘lib, bo‘yoqchilar bir rangli videoni bir
rangga o‘girganlarida, odatda bir rang elementini qoldirib ketadilar
Plenkangizni bir rangga o‘zgartirishning eng
oson usuli tus effektidan
foydalanishdir. Siz haqiqiy oq qora rangni qoldirishingiz yoki, buni boshqa rangga
o‘zgartirishingiz mumkin. Masalan, nozik tusli tasvir uchun to‘q ko‘k yoki
jigarrang bo‘yoqlarini ishlatishingiz mumkin. Siz asl tasvirning qanchalik darajada
tusini o‘zgartirishingizni ham tanlashingiz mumkin. 100% to‘liq bir rangda yoki
unda kam xolatda nozik rang effektlarini chiqarishingiz mumkin.
Film uchun rang sozlash
Agar loyixangiz oqibatda filmga o‘zgartirilsa, kompyuterda ranglarni sozlash
muammo tug‘diradi. Agar siz qachonlardir rangli printerdan rasm chiqargan
bo‘lsangiz, bu rasmni ekrandagi rasm ranglariga
mos emas ekanligini
payqagandirsiz. Xuddi shu narsa tasvirlarni filmga aylantirishda ham kuzatiladi.
Xilma xillik sabablari ko‘p bo‘lib, video va plenka orasidagi rang gammalarining
har
xilligidan tortib, plenkaning qanday qilib vedeoga aylantirilishidagi rang
farqlarini ko‘rishimiz mumkin. Professional tasvir
taxrir va effekt uylari bu
muammoni qimmat, qiyin jarayonlar orqali,
raqamli uskunalar yordamida
monitorlarni kalibrlash bilan hal qilishga harakat qiladilar. Oxirida, bunday
tizimlar rangning qanday bo‘lishi haqida insonga kam ishonch beradi. Agar sizning
yakuniy qaroringiz film bo‘lsa, va siz juda ko‘p
rang sozlamalarini amalga
oshirmoqchi bo‘lsangiz, film o‘tkazish ustalari bilan ishlaganingiz ma’qul. Ularga
rang va uni boshqarishga urg‘u bermoqchilingingizni ayting va ulardan maslaxat
so‘rang. O‘z film laboratoriyangizga
bir qolip tanlab, tasvirga tushirishingiz va
sinab ko‘rishingiz mumkin.