|
Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universitetiBog'liq 16b13ac65a9f69681a799afd2a6f4bf7
Rasmning bir qismini to‘g‘irlash
Andoza trafaret, alfa kanallar yoki qatlamlarning ishlatilishi orqali,rasmning
hammasiga emas, balki bir qismigagina rang ishlovini berish mumkin. Hattoki,
turli ranglar jilosidan foydalanib, old qismiga boshqa, orqa tomoniga esa boshqa
rangni berishingiz mumkin.Biz buni 17 bobda “Nomlar va effektlar” bobida ko‘rib
chiqamiz.
Rangni sozlashda qatlamlar va kliplardan foydalanish
Agar siz Adobe After Effects dasturi yoki boshqa o‘tish rejimini boshqaruvchi
dasturlardan foydalansangiz, u holda turli video kliplarni ustma ust qo‘yib, rang
sozlovini amalga oshirishingiz mumkin.Bu rang muammosini xal qilishda unchalik
yordam bermasada, kliplarni o‘rnatish(yoki qatlamlarni bir faylga joylashtirish)
kontrastni oshirishning onson yo‘llaridan biri bo‘lib, rangni xavo bilan to‘ldirib,
noyob rang effektini yaratish mumkin. Odatda, ikki video klip bir muddat
oralig‘ida bir joyni egallasa, faqatgina ust qatlamda turgan klip ko‘rinadi, pastki
kliplar esa qoplanadi. Lekin, agar siz o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lsangiz dastur
sizga boshqaruv imkonini beradi va siz ustki va pastki kliplarni aralashtirib joyini
o‘zgartirishingiz mumkin. (Agar siz o‘tkazgich rejimini yoki Photoshop qatlamini
o‘zgartirsangiz, siz bu effektlarni xarakatlanishini ko‘rishiniz mumkin). Agar siz
o‘tkazgich rejimini yoki qatlamini o‘zgartirsangiz, bu qatlamdagi piksellar pastki
piksellar bilan matematik nuqtai nazardan birlashib ketadi (pastki qatlam undan
keyingisi bilan va hk.) Bu birlashgan piksellar avvalgi asl xolatdagi piksellardan
farqlanishi mumkin.
Siz “klip” deysiz,men “qatlam”deyman
Biz video klipni qatlamga qo‘yamiz deganimizda,bu video klipni kichik
klipga qo‘yishga o‘xshashdir. Qanday atama yoki effektlar paketidan
foydalanishingizning ahamiyati yo‘q, muximi ma’nosi bir xildir
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|