• 1 MS EXCEL dasturi. Umumiy ma`lumotlar
  • Elektron jadvallar bilan ishlash bo’yicha dasturiy ta’minotlar




    Download 462,3 Kb.
    bet1/4
    Sana04.02.2024
    Hajmi462,3 Kb.
    #151328
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Elektron jadvallar bilan ishlash bo’yicha dasturiy ta’minotlar-fayllar.org


    Elektron jadvallar bilan ishlash bo’yicha dasturiy ta’minotlar

    ELEKTRON JADVALLAR BILAN ISHLASH BO’YICHA DASTURIY TA’MINOTLAR


    Reja:

    1. MS EXCEL dasturi. Umumiy ma`lumotlar


    2. EXCEL menyu bandlari , funksiya va diagrammalar bilan ishlash
    3. Excelda iqtisodiy masalalar (APP- amali programmalar paketi)

    1 MS EXCEL dasturi. Umumiy ma`lumotlar

    Ko`pchilik hallarda qayta ishlanadigan ma`lumotlarni jadvallar ko`rinishida tasvirlaymiz. SHuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang`ich ma`lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan hosilaviy ma`lumotlar yoziladi.


    Masalan, terimchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mehnat haqini hisoblash talab qilinein. U holda terilgan paxta miqdori - A, bir birlik (1 kg) paxta uchun to`lanadigan ish haqi bahosi (sumda) - B boshlang`ich ma`lumot sifatida va har bir terimchining bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma`lumot bo`lib hisoblanadi.
    Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko`rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir.
    Ma`lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash ularni tahlil qi­lishni ancha soddalashtiradi. SHuning uchun ko`pchilik hollarda hisob ­kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashti­rilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
    Jadval ko`rinishida tasvirlanadigan masalalarni echish uchun max­sus amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqilgan bo`lib, ular elekt­ron jadvallar yoki jadval protsessori deb ataladi.
    Elektron jadvallar, avvalo, iqtisodiy masalalarni echish uchun mo`ljallangan, lekin uning yordamida muxandislikka doir masala­larni hal qilishda ham, masalan, formulalar bo`yicha hisob-kitob­larda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. elektron jadvallar qo`llani­layotgan sohalar juda ko`p: moliyaviy buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iktisodiy-texnik hisoblar, kundaliQ xo`jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar.
    Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u Windows operatsion sistemasi boshqaruvida ishlovchi hamda ma`lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan amaliy dasturdir.
    Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma`lumotli jadval) ixtiyo­riy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excelda, odatda, bunday fayl "Ish kitobi" (Workbook) deb yuritiladi.
    Excel ning asosiy ish sohasi - bu "Ish kitobi" bo`lib, u bir yoki bir necha ish varaqlaridan iborat. Ish varag`ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va yctynlapda joylashgan bo`ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma`lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
    Excel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column)dan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , Z, M, AV, .., , IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi yacheyka (sell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma`lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish-ham mumkin.
    . Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil (adres) ko`rsatilishi keraq U qator va ustun kesishmasida, masalan Al, V4, R9, AV3 kabi ko`rsatiladi.
    Excel dasturini yuklash va ishini tugallash.
    Exсel dasturini yuklashdan oldin Windows dasturini yuklash lozim.
    Bu esa sodda, ya`ni xozirgi paytda komp’yuter yuklanishi bilan amalga oshadi.
    Excel dasturini yuklash jarayoni quyidagicha:
    1. Komp’yuter yoqiladi. ekranda muloqot oynasi paydo bo`lib, Foy dalanuvchi nomi va paroli so`ralsa, ular kiritilib Enter klavishi bosiladi.

    2. Sichkoncha ko`rsatkichi ekranning quyi qismida joylashgan Pusk (Start) tugmasiga kelirilib, chap tugmasi bosiladi.

    3. Sichqoncha ko`rsatkichi Programmo` bandiga keltiradi. (1-rasm). 1-rasm
    4. Dasturlar ro`yhatidan Microsoft Excel tanlanadi sichqoncha tugmasi uning ustida bosiladi, natijada Excel zarvarag`i ekranga chiqadi. (2-rasm).


    2-rasm
    3-rasm
    So`ngra Excelning ish jadvali ekranga chiqadi (3-rasm).
    E s l a t m a. Windows 3.1 da Excel 5.0 versiyasini yuklash yuqoridagidan farqli o`laroq, Microsoft Office dasturida Excel piktogrammasi ustida "sichqoncha" tugmasini ikki marta bosish orqali amalga oshiriladi.


    Download 462,3 Kb.
      1   2   3   4




    Download 462,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron jadvallar bilan ishlash bo’yicha dasturiy ta’minotlar

    Download 462,3 Kb.