Telefon stansiyadi Zamonaviy telefon stantsiyasi




Download 218.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.09.2023
Hajmi218.12 Kb.
#82841
Bog'liq
Avtomat telefon stansiya - Vikipediya
3-Топшириқ (2)


Avtomat telefon
stansiya
Telefon stansiyadi
Zamonaviy telefon stantsiyasi
Qadimgi telefon stansiyasi
Reja


Telefon linyasi. Tarixni.
Telefon simlari
Avtomat stansi Avtomat telefon stansiya
(ATS) – telefon abonentlari oʻrtasida
(odamning ishtirokisiz) telefon aloqasi
oʻrnatishga imkon beradigan mexanizm
va asboblar majmui.
Elektromexaniq elektron va mexanik-
elektron xillarga boʻlinadi. Shahar telefon
tarmoqlari, asosan, elektro-mexanik ATS
lar yordamida quriladi. ATSning hajmi
(unga ulangan telefon liniyalari soni)
oʻndan bir necha ming-gacha raqamli
boʻlishi mumkin. 1000000 rakamli ATSga
ulangan abonentlar 100 ta kichik va 10 ta


katta guruhga boʻlinadi. Har bir abonent
liniyasiga 1000 dan 999 gacha rakam
beriladi. Chaqirayotgan abonent oʻz
telefon apparatining raqam tergichi
yordamida chakirilayotgan abo-nent
telefon raqamini terib, ATS as-boblarining
ishini boshqaradi. Raqam tergichdan
chiqayotgan tok impulslari ATSga
uzatiladi va ularning taʼsirida stansiya
asboblari murakkab ish jarayoniga oʻtadi,
chaqirilayotgan raqamli apparatga
ulangan aloqa liniyasini topib, bu appa-rat
boʻsh yoki band ekanligini aniqlaydi; agar
kerakli apparat boʻsh boʻlsa, stansiya
asboblari unga chaqirish signallarini
yuboradi, agar band bulsa, bu hakda cha-
kirayotgan abonentga tegishli signallar


orqali xabar beradi, suzlashuv tugagach,
stansiya asboblari abonentlar liniyalarini
yana uzadi.Chaqirilayotgan abonent
liniyasini topish uchun qidirgichlar deb
ataladigan asboblardan foydalaniladi
(rasmga k,.). Kontakt maydonida 10 ta
qator bulib, ularning har qaysisida 10 ta
kontakt bor (shuning uchun qidirgich
"dekadali" deb ataladi; yun. dekas – 10 ta
soʻzidan olingan). Harakatlantiruvchi
mexanizm choʻtkalar mahkamlangan oʻq,
koʻndalang va boʻylama tishlari boʻlgan
baraban hamda ikkita – kutaruvchi va
aylantiruvchi elektr magnitdan iborat.
Raqam tergichda terilgan birinchi rakam
impulslari taʼsirida koʻtaruvchi elektr
magnit oʻz magnitini tegishli marta


tortadi va uning tirakchasi barabanning
koʻndalang tishlaridan biriga taqalib,
oʻqni va, demak, choʻtkani shuncha
qadamga koʻtaradi (qidirgich nomidagi
"qadamli" soʻzi shundan kelib chiqqan).
Ikkinchi raqam impulslari taʼsirida
aylantiruvchi elektr magnit xuddi shu
tariqa chutkani buradi, mas, agar 73
raqami terilsa, ku-taruvchi elektr magnit
choʻtkani 7 qatori qarshisiga,
aylantiruvchi elektr magnit esa kontaktni
3 katori qarshisiga toʻgʻri keltiradi.Bitta
dekada-qadamli qidirgich 100 abonentli
(100 dan 99 gacha) ATSga xizmat
koʻrsatishi mumkin.Katta sigʻimli (koʻp
raqamli) ATSda ulash jarayoni
murakkabroq, unda bit-ta emas, ketma-


ket ulangan bir nechta qidirgich
qatnashadi. Agar ATSga 100 dan 1000
gacha abonentlar ulangan bulsa, ular uch
qiymatli raqamga ega boʻladi. Birinchi
raqam terilganda birinchi qidirgich
koʻtarila boshlaydi (uning kon-taktlariga
abonentlar liniyalari oʻrniga boshqa
qidirgichlar ulangan boʻladi, bu
qidirgichlarning kontaktlariga esa te-
gishli yuzliklardagi abonentlarning
liniyalari ulanadi). Birinchi raqam te-rilib,
raqam tergich diski dastlabki vaziyatiga
qaytgach, birinchi qidirgich
125choʻtkalarining ikkinchi harakati
boshla-nadi. Chutka to bush yuzliklar
qidirgichi liniyasida toʻxtagunga qadar
avtomatik tarzda harakatlanaveradi.


Ikkinchi va uchinchi raqamlar terilganda
ikkinchi qidirgich choʻtkalari
chaqirilayotgan abo-nent liniyasini
topadi.Maʼlum abonentlar guruhi
qidirgichini topish uchun xizmat
qiladigan qidirgich guruh qidirgichi deb
ataladi. Masalan, 10000 abonentli AT-Sga
ikkita guruh qidirgichi ketma-ket ulanishi
kerak. Ulardan biri birinchi raqamni
terganda, ikkinchisi esa ikkinchi raqamni
terganda ishlaydi. Guruh qidirgichlari
sonini oshirgan sari is-tagancha koʻp
abonentlar orasida aloqa oʻrnatishga
imkon tugʻilaveradi.Hozirgi vaqtda ancha
takomillashgan – koordinatali ATS keng
tarqalgan. Ularda qidirgich vazifasini
koordinatali ulagich bajaradi. Bunday


qidirgichning asosi koordinatalar toʻri
boʻlib, u bir necha ayqashuvchi tik
(vertikal) va yotiq (gorizontal) yoʻllar
(koordinatalar)dan iborat. Bu yoʻllar elektr
magnit taʼsirida oʻz oʻqi atrofida maʼlum
bur-chakka burila oladi. Yoʻllar tutashgan
nuqtalarda kontakt guruhlari joylash-gan:
ayqashuvchi yoʻllar burilgan paytda
kontaktlar tutashib, abonentlar liniyalarini
ulaydi.Mikroelektronika rivojlanishi
munosabati bilan kvazielektron ATSlar
ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda
(kvazielektron soʻzidagi lot. "kvazi" –
"goʻe" soʻzi elektron stansiyalar haqida
gap ketayotganligini bildiradi). Bun-day
ATS larda abonentlar liniyalarini ulash
ishlarini maxsus elektron hisoblash


mashinalari boshqaradi. Bun-day
stansiyalarda mikroelektronika ele-
mentlaridan keng foydalaniladi. Bu esa
stansiyani yigʻishni osonlashtiradi va
tezlashtiradi, stansiya egallaydigan joyni
ancha tejaydi va uning puxta ishlashini
ta’minlaydi. Ammo bunday stansiyalarda
chaqiradigan va chaqiriladigan
abonentlar liniyalari kontakt plastinalar
yor-damida ulanadi. Shu bois ATS
tamomila elektron ATS emas, balki
kvazielektron ATS deb yuritiladi. Bu
kontakt plasti-nalar inert gaz toʻldirib
kavsharlangan mitti shisha kolbaga
joylashtiril-gan; plastinalar kolbaga
mahkamlangan elektr magnit chulgʻami
hosil qiladigan magnit maydon ta’sirida


tutashadi. Bun-day qurilmalar gerkon
(germetiklangan kontaktlar, rasmga q.)
deb ataladi. Ular mikroelektronika
elementlari kabi tez ishga tushadi. Hozir
tuliq elektron ATS ham ishlab
chiqilmoqda va amalda joriy qilinmoqda.
Ularda ulashlarni boshqarish ham,
ulashlarning oʻzi ham elektron tarzda yuz
beradi.Shahar ATS va shaharlararo
avtoma-tik telefon stansiyalari (SHATS)
mavjud. SHATSning qidirgichlaridagi
kontakt maydoniga abonentlar liniyalari
emas, turli shaharlarni bir-biriga ulovchi
koʻp kanalli tizimlarning kanallari ulanadi.
Boshqa shahardagi abo-nentni
chaqirayotgan abonent ma’lum raqamni
(mas, 8 raqamini) teradi. Shunda u oʻz


apparatidan SHATS qidirgichi
choʻtkalariga boradigan liniyani ulaydi.
Navbatdagi 3 ta raqam (mas, 095), ya’ni
biror shahar kodi terilsa, chaqirayotgan
abonent chaqirilayotgan shahar SHATS
ga bogʻlanadi. Navbatdagi 7 ta raqamni
te-rib, shahar ATS qidirgichlariga ta’sir
qilinadi, shunda chaqirayotgan abonent
telefon apparati chaqirilayotgan abonent
telefon appa-ratiga ulanadi (yana qarang
Uyali telefon stansiya)
.Gʻofirjon
Shoyokubov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Avtomat_telefon_stansiya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?


Bu sahifa oxirgi marta 30-Dekabr 2022, 21:35 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Avtomat_telefon_stansiya&o
ldid=3526992
" dan olindi

Download 218.12 Kb.




Download 218.12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telefon stansiyadi Zamonaviy telefon stantsiyasi

Download 218.12 Kb.
Pdf ko'rish