|
Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy
|
bet | 3/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 105,08 Kb. | | #157198 |
Bog'liq Telekamunikatsiya texnologiyalariBuddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy
ta'limotlari, oqimlari va manbalari
. Milliy
ma’naviyatni shaklantiradigan asosiy mezonlar sirasiga ma’naviy meros,
madaniy boyliklar bilan bir qatorda xalq va shaxs hayotida о‘ta muhim о‘rin
egallaydigan diniy qadriyatlarni ham qо‘shish joyiz. Har bir din ilohiy
qadriyatlar tizimini yaratadi, Zardushtiylik ham bundan mustasno emas.
Biroq, milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash haqida gap ketganda,
otashparastlikka qaytish emas, о‘lmas meros Avestoda о‘z ifodasini topgan
ezgu g‘oyalarni о‘rganish va qо‘llanish nazarda tutiladi.
Bizning maqsadimiz – milliy ma’naviyatimiz barpo bо‘lishining dastlabki
bosqichi bо‘lgan Zardushtiylik dinidagi qadriyatlarning tadqiq etish va bu
jarayonning tarixiy ahamiyatini asoslab berishdir. Zero, Avesto
qadriyatlarining xalqimizgina emas, jahon sivilizatsiyasida tutgan о‘rni,
uning tom ma’nodagi insoniy ma’naviyatni rivojlantirishdagi о‘rni va
ahamiyati beqiyosdir.
Zardushtiylikda suv va tabiat homiysi bо‘lmish ona ma’buda Anahita bilan
birga Siyovushga kuchli e’tiqod qilishgan. Samarqand yaqinida Panjikentda
Siyovush о‘limiga motam tutish tasvirlangan devoriy rasmlarda sochlarini
yozib motam tutib о‘tirgan ayollar va erkaklar tasvirlangan.
“Shohnoma”da Siyovushni olovda sinash marosimi tasvirlangan. Bu sinov
zardushtiylikdan oldin ham bо‘lgan, degan fikr bor. Temirni qizdirish,
qо‘rg‘oshin eritish shu paytlarda kashf bо‘lgan. Avestoda bu dinning
haqligini isbotlash uchun kо‘ksiga eritilgan qо‘rg‘oshin quygani haqida xabar
beriladi. Ushbu ma’lumotdan Zardushtiylik e’tiqodida olov haqiqatni
yolg‘ondan ayiruvchi vosita bо‘lgani anglashiladi.
Olovga sig‘inish, birinchidan, “uy egasi olovi”, ya’ni doira shaklidagi mehrob
uyining bekasi bо‘lgan ayolning о‘rni bilan bog‘liq. Ikkinchidan, “axavaniya”
– qurbonlik olovi, bunday otashxonalarda xudolarga qurbonlik qilingan. U
kvadrat shakliga ega bо‘lgan, mohiyatiga kо‘ra erkaklar vazifasi bilan
bevosita bog‘liq kohinlik, jamoaviylik ma’nosini anglatgan. Uchinchidan,
“dakshina” – janub olovi, asosan yomon nazardan, xavflardan asrovchi
vazifasini bajargan. Uning mehrobi doira shaklida bо‘lgan. 1
Otashparastlar ibodatxonalaridagi muqaddas mehroblarda doimiy yonib
turgan olov, bu joyning muqaddasligini ifodalovchi turli tasvirlar
devorlardagi rasmlarda ham о‘z aksini topgan. Devoriy rasmlar ichida
Samarqanddagi Afrosiyob tarixiy obidasi eng mashhur bо‘lib, unda Turon
podshosi saroyi tasvirlangan. Devoriy rasmlarda karvondagi malika va kanizaklar, ot ustidagi soqchilar, kо‘kda oq qushlar tasvirlangan; bir kishi
kosada olov ushlab turganitasvirlangan. Zardushtiylik an’analariga kо‘ra,
podshoh saroyiga kirishdan oldin olovda poklanish odat bо‘lgan.
Zardushtiylik ta’limotga kо‘ra, inson faoliyatini boshqarib turuvchi eng
muhim qudrat axloq normalaridir. Odamlar Axura Mazda tomonidan
yuborilgan axloqiy normalarga, tartibotlarga amal qilsalar, yaxshilikning
yomonlik ustidan g‘alabasi ta’minlanadi.
Insonning eng muhim savob ishlaridan biri yerga yaxshi sog‘lom urug‘
sepishdir deb ta’kidlanadi. Avesto bashoratlarida yerga yaxshi niyat bilan
urug‘ qadash, о‘n ming marta ibodat qilish yoki yuzlab jonivorlarni
qurbonlikka sо‘yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish, dehqonchilik qilish
turli yovuzliklarni yо‘qotishning yо‘lidir deyiladi.
Zardushtiylik ta’limotiga kо‘ra, inson barkamol rivojlanishi uchun yaxshi
ovqatlanishi zarur. Zardushtiylik vasiyatlariga kо‘ra, yomon ovqatlangan
halq na yaxshi, na kuchli ishlovchilarga, na sog‘lom, na baquvvat bolalarga
ega bо‘ladi. Yomon ovqatlanishdan odob axloq ham aynib ketadi. Shuning
uchun inson barkamolligining muhim shartlaridan biri bо‘lgan oziq ovqat
mо‘l-kо‘lchiligini ta’minlamoq, buning uchun esa dehqonchilik, chorvachilik
mahsulotlarini kо‘paytirish lozim. Qaysi mamlakatda non mо‘l kо‘l bо‘lsa,
о‘sha yurtda muqaddas sо‘zlar ham, pandu nasihatlar ham tezu soz qabul
qilinadi. 1
Zarushtiylik dini mifologiyaga juda boydir.
Avesto ta’limoticha, eng qadimgi boshlang‘ich davrda odamlar gunoh
nimaligini bilmagan, yer yuzida ezgulik hukm surgan. Bu davr
“insoniyatning oltin davri” deb yuritiladi. Ammo Yima (Jamshid) odamlar
kо‘nglini olish uchun ularga gо‘sht yoyishni о‘rgatadi va shundan sо‘ng
ikkinchi davr boshlanadi. Bu davr ezgulik va yovuzlik kurashi davri bо‘lib,
Zardushtiylikda ana shu g‘oya ifodalangan.
Farg‘ona viloyati Sо‘h qishlog‘ida otashparastlik davriga xos tumor topilgan.
Qora toshdan ishlangan bu tumorda bir-biriga chirmashgan ikkita zaharli
ilon tasvirlangan. Bu, mutaxassislarning taxminiga kо‘ra, Zardushtiylik
ta’limotidagi ezgulik va yovuzlik orasidagi kurashni ifodalovchi timsol bо‘lishi
mumkin. 2
Avestoda, insoniyat tarixining tosh davriga ishora qilib, insonlar toshdan
turli hunarmandchilik buyumlari yasaganlari haqida sо‘zlanadi. Biz, shartli
ravishda, shoh Jamshid davrini tosh davri madaniyati deyishimiz mumkin.
Keyingi bosqich bronza asri deb yuritiladi. Arxeologik qidiruvlar natijasida
Namozgoh, Oltintepa, Sopollitepa va Jarqо‘rg‘on kabi qadimiy shahar
madaniyati topilmalari bronza asriga tо‘g‘ri keladi.
Zardushtiylik davri tasviriy san’atiga kuchli ta’sir etgan, uning fabula, ya’ni
asosiy syujetini tashkil qilgan miflardan biri – dunyoda birinchi insonning
yaratilishi haqidadir. Axuramazda ta’limotini anglab yetgan ilk fikr qilguvchi
odam, Avestoda rivoyat qilinishicha, “Gayo Maretan”, ya’ni afsonaviy Qayumars edi. Uning urug‘idan ikki shoxli giyoh yerdan unib chiqib odamga
aylandi. Quyosh nurlari ta’sirida giyoh mehr oyining mehr kunida yerdan
bosh kо‘tarib о‘sib chiqdi. Giyohning ikki shoxi bir-biriga chirmashib
о‘sardi. Ular odamga aylandi, ularning bir er, ikkinchisi esa, ayol bо‘ldi.
Dunyodagi jami insonlar ulardan tarqaldi.
Markaziy Osiyo va Eron mifologiyasida (Kayumars) xо‘kiz-odam, ya’ni Axura
Mazda yer yuzida birinchi yaratgan odam personaji bor.
Olima Fozila Sulaymonovaning tadqiqotlarida Abu Rayhon Beruniyning
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi Qayumars haqida ikkita
rivoyat keltirilgan. Birinchisi, Tangri Qayumarsni yaratib, Ahrimanga qarshi
yubordi, “u Ahrimanni yengib, ustiga minib oldi va uning (ustida) olamni
aylanishga tushdi. Nihoyat, Ahriman Qayumarsdan eng yomon kо‘radigan
va eng qо‘rqinchli narsasini sо‘radi. Qayumars unga jahannam darvozasiga
yetganda qattiq qо‘rqishini aytdi. Ahriman (Jahannam darvozasiga yetgach,
hiyla qilib о‘ynoqlay boshladi, Qayumars uning ustidan yiqilib tushdi.
Ahriman uning (ustiga) chiqib oldi va Qayumarsdan: “Qaysi tomoningdan
yeyishga boshlay?” – deb sо‘radi. Qayumars о‘zining aytganiga
Ahrimanning muholif bо‘lishini bilib, “Oyoq tomondan yeyishga boshlagin!
Olam husnini bir muddat kо‘rib turay”, - dedi” 1 , Ammo Axraman uni bosh
tomonidan yeyishni boshlaydi. Beliga yetganida Qayumars urug‘donidan
yerga ikki dona urug‘ tushadi. Ulardan о‘simlik unib chiqadi. О‘sha
о‘simliklardan bir qiz va bir о‘g‘il (Meshi va Meshona) paydo bо‘ladi. Ularni
forslar Odamato va Momohavo deb, xorazmliklar Mard va Mardona deb
ataydilar.
Ikkinchi rivoyatga kо‘ra, Qayumars jannatda uch ming yil turgach, Ahriman
tufayli Xudo uni о‘ldirgan va uning pushtidan ikki tomchi tomgan va ulardan
ikkita ravoch kо‘karib, insonga, ya’ni Meshi va Meshonaga aylangan. Ular
farovonlikda yashagan. Ammo Ahriman keksa kishi qiyofasida kelib, man
qilingan daraxt mevasini yeyishni taklif etgan va ular gunohga yо‘l
qо‘yishgan, deyiladi.
Sharqshunos S.P.Tolstov fikriga kо‘ra, Zardushtiylik mifologiyasida
Qayumars “Gavomard” sо‘zidan kelib chiqib, “Buqa odam” ma’nosini
anglatgan. Har xolda, Avesto ta’limoticha, “Insoniyatning ashaddiy
dushmani bо‘lgan Axraman Qayumarsni о‘ldiradi. Qayumars tanasining
hо‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil о‘simlik, sigir va hо‘kiz, ulardan esa 272 xil
foydali hayvonlar paydo bо‘ladi, tanasining odam qismidan esa, erkak va
ayol jinsi hamda metall vujudga kelgan, deb tasvirlanadi”. 2
Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida afsonaviy Qayumarsning
hukmdorlik davri о‘zgacha bayon etilgan. Unda Qayumars kishilarga ilk
madaniyatni in’om etgan shoh sifatida ulug‘lanadi. Dostondagi asosiy
qahramonlardan biri bо‘lmish Qayumars tog‘da yashagan; bu uning Xudoga
yaqinligini bildiradi. U birinchi bо‘lib Yerda turmush kechirishning tartib
qoidalarini yaratgan, odamlarni ovqat tayyorlash, hayvonlar terisidan kiyim tikish, hunarmandchilikka о‘rgatgan. Ularni qorong‘u g‘ordan chiqib,
tog‘larning quyosh tushib turadigan yonbag‘irlarida uy-joy qurib yashashga
о‘rgatgan. Qayumars, hatto hayvonlar va qushlarga ham sahovatpeshalik
qilgan. 1
Boshqa manbada esa, Jamshid о‘z kuchiga mahliyo bо‘lib Xudoni unutdi,
xalq bilan bamaslahat ish qilmay qо‘ydi; ideal hukmdor shaytonning
makriga, yolg‘oniga ishonib aldandi, deb rivoyat qilinadi. U Xudoni unutgani
sababli, yer qa’riga tortib ketdi, oltin davr ham tugadi. Ammo Jamshidning
odamlarni turli kasb-hunarlarga о‘rgatganini, ezgu ishlarini odamlar uzoq
vaqtgacha unutishmadi, deyiladi. 2
Islomgacha bо‘lgan afsonaviy hukmdorlarning turli tabiiy ofatlarga duch
kelishi, olovni kashf etishi, ma’dan qazib olishi, dehqonchilikni yо‘lga qо‘yib
ilk madaniyatni kashf etgani ta’kidlanadi. Yaratuvchanlik, bunyodkorlik
g‘oyalari zardushtiylik diniga xos tushuncha bо‘lib, moddiy yaratuvchanlik
qadri ulug‘lanadi.
Mazkur shoh asar ta’limotdagi rivoyatga kо‘ra, birinchi shoh - Yima davri
oltin davr hisoblangan, chunki unda о‘lim bо‘lmagan, Ahuramazda doimiy
bahor yaratgan. Kishilar bekamu kо‘st, baxtiyor yashagan. Tо‘qqiz yuz yil
о‘tgach, shoh Yima g‘ururga berilib, ma’n etilgan sigir gо‘shtini yeydi va
yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh kо‘taradi. Olamni
muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni
sovuqdan saqlab qolish uchun qо‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan
bir juftdan joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Xayr
bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) о‘rtasidagi kurashning ikkinchi davr
boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik saltanati
barqaror bо‘ladi, о‘lganlar tiriladi.
Axura Mazda butun olamni, yerni, suvni, о‘simliklarni, dastlabki odamni
ham yaratgan emish.
Yer yuzida paydo bо‘lgan birinchi odam Atoning nomi Iyim deb nolangan
ekan. Axura Mazdaning kо‘rsatmasiga kо‘ra, Iyim yer yuziga turli jonli
mavjudotlar, odamlar, xayvonlar, qushlar urug‘ini sochib, osoyishtalik bilan
parvarish qilibdi. Ularning о‘sib ulg‘ayishi uchun shart bо‘lgan qizil shо‘la
taratib turuvchi olovni kо‘paytiribdi. Shu asnoda Iyim 900 yil yashabdi.
Odam bolasining soni kо‘payib yer yuzi torlik qila boshlabdi. Iyim esa
xudodan iltijo qilib, yerni kengaytirishni sо‘rabdi va bunga erishibdi ham.
Kunlardan bir kuni Iyim yer yuzini muzlik bosib kelayotgani haqida Iyimni
abardor qilibdi. Iyim yer yuzida mavjud bо‘lgan tirik mavjudotlar urug‘ini
saqlab qolish uchun shoshilinch choralar kо‘rishga kirishibdi. Maxsus uy
qurib yer yuzida yashab turgan barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi
zoti, a’lo navlaridan bir juftdan saqlab qolibdi. Shunday qilib Iyim, yer
yuzida yashovchi tirik jonzotlarni dahshatli ofatdan saqlab qolgan ekan.
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga kо‘ra, Xudo odamzotni yaratganda uni
umuman о‘lmaydigan, mangu yashaydigan qilib yaratgan ekan. Lekin о‘sha Odam Ato-Iyim о‘zi amalga oshirgan xayrli ishlardan mag‘rurlanib ketib,
Xudo tomonidan ta’qiqlab qо‘yilgan ne’mat qoramol gо‘shtidan tanavul qilib
qо‘yadi. Oqibatda Xudoning qahriga uchraydi. Shunday qilib odamzod
abadiy yashash imkoniyatidan mahrum bо‘lib qolibdi.
Zardushtiylik diniy ta’limoti mifologiyaga juda boy bо‘lib, odam boshli
qanotli xо‘kiz va qanotli echkilar tasviri Amudaryo xazinasidan topilgan. Bu
topilmalarning ma’naviyatga aloqador jihatlari professor T.Mahmudov
kitobida batafsil keltirilgan. 1
Zardushtiylik mifologiyasiga kо‘ra Ajidhak, ya’ni ajdaho (forscha –
“Zahhok”) uch boshli, uch og‘iz va olti kо‘zli qilib yaratilgan; yomonlik ilohi
Axriman uni dunyoni odam zotidan tozalash maqsadida yaratgan,
deyiladi. 2 Abulqosim Firdavsiyning о‘lmas “Shohnoma”
asarida 3 tasvirlanishicha, Zahhok Eronning qadimiy afsonaviy shohlaridan
biri bо‘lgan, uning qilgan gunohlari uchun ikki yelkasidan yeb tо‘ymas ikki
ilon о‘sib chiqqan, bular doim yosh yigitlarning miyasini yegan, deyiladi.
Ikki yelkasida ikki ilon bor shoh timsoli, ikki shohli Iskandar (arabcha–Zul
Qarnayn)ga qaraganda qadimiyroq. Bunday ajdaho timsoli qadimgi davrda
va о‘rta asrlarda turli rasm va haykallar orqali ifodalangan, odamlarda
yovuzlikka qarshi nafrat va qо‘rq Avestoda tasvirlangan birinchi inson –
Govamard (hо‘kiz-odam) obrazi dunyo dinlarining kо‘pida uchraydigan
totemistik timsollarning eng qadimiysidir. Misrda xudo va
ma’budlarni shaqal yo burgut boshli odam, odam boshli sher (sfinks)
shaklida tasavvur qilgan bо‘lsalar, Qadimgi Yunonistonda minotavr – hо‘kiz
tanali odam, kentavr – odam boshli ot rasmlari va haykallari kо‘plab
uchraydi.
Avestoda Quyosh xudosiga atab, Amudaryodan topilgan, tо‘rtta otga
qо‘shilgan aravadagi ikki odam haykali, haykalchalar e.a. V-IV asrlarga
tegishli bо‘lib, oltin haykalchada Mitraning ulug‘vor va jangovar qiyofasi
tasvirlangan.
Mitra aravasini taqdir va baxt ma’budasi hisoblangan Asha boshqaradi.
Asha obrazi e’tiqod sari yо‘l ochadigan, bahodirlarga omad va zafar baxsh
etadigan ma’buda deb e’zozlangan. Mitra yurtini dushmanlardan
qо‘riqlovchi mard qahramon, mohir chavandoz sifatida tasvirlangan, uning
oq uchqur oti, afsonaviy qurollari hamda yordamchilari, xususan ilohiy
Vatragna haqida sо‘z boradi.
Qahramonlik timsoli bо‘lgan Vatragna Zardusht qoshida turli qiyofalarda
paydo bо‘ladi. Masalan, bir qasidada u Zardusht huzurida oltin shoxli
novvosi bilan paydo bо‘ladi, u g‘oyat chiroyli va qudratli deb ta’riflanadi.
Hо‘kiz, yuqorida qayd etilganidek, faqat tо‘kislik, farovonlik ramzi emas,
qahramonlik timsoli ham deb bilingan. Shuning uchun bu davr san’ati
yodgorliklari orasida sigir, buqa haykalchalari kо‘p uchraydi. Oltindan
yasalgan buqa boshi haykali Oltintepadan topilishi ham buni isbotlaydi.
Rivoyat qilinishicha, Vatragna uchinchi bor Zardusht qoshida oppoq uchqur tulporida paydo bо‘ladi. Insonning juda qadimiy va sodiq dо‘sti – ot ham
juda qadrlangan va tasviriy san’atda aks ettirilgan. Qanotli ot haykallari
juda kо‘plab topilgan.
Beshinchi daf’a Vatranga qahrli qiyofada, xanjar tishli yirtqich shaklida
namoyon bо‘lgan; oltinchi safar о‘n besh yoshli gо‘zal о‘smir siymosida,
yettinchi daf’a – qush timsolida, sakkizinchi marotaba – yovvoyi tog‘
qо‘chqoridek egri muguz bilan, g‘oyat gо‘zal qiyofada kо‘rinadi; tо‘qqizinchi
bor – yovvoyi echki qiyofasida namoyon bо‘ladi. О‘ninchi daf’a esa,
Zardusht qoshida tillo tutgan, g‘oyat suluv va did bilan kiyingan ajoyib er
qiyofasida paydo bо‘ldi, deb yozilgan Avestoda. Tog‘ echkisi - arxar,
afsonaviy qush – semurg‘ kabi obrazlar Afrosiyob rasmlarida uchraydi.
Avestoda “barsam” sо‘zi bir necha bor uchraydi. Barsam “barsman”
sо‘zidan olingan bо‘lib, unmoq, о‘smoq, yashnamoq ma’nolarida,
daraxtning yangi kesilgan novdalariga nisbat berib aytilgan. Zardushtiylar
hamdu-sano lahzalarida qо‘llarida yangi kesilgan novda shoxlarini tutgan.
Ba’zi manbalarda ta’kidlanishicha, anor daraxtining kesib olingan yosh
navdasi shu sо‘z bilan ifodalangan. Tabiatning yasharishi, kо‘karishi bilan
bog‘liq diniy tasavvurlar Anahita ma’budasini nabotot, suv homiysi sifati
ulug‘lanishi, Navrо‘zning bayram qilinishida о‘z ifodasini topgan. Qurbonlik
marosimida qо‘lida novda ushlab turgan odamlar rasmi, haykalchalari kabi
osori atiqalar ham buni tasdiqlaydi. Anahitaga bag‘ishlangan she’rda ham
novdaga ishora qilinadi, ya’ni:
“Qо‘llarida barsman uning bir meyorda,
Baldoqlari yaraqlagan, Tо‘rt qirrali,
Oltin suvi yurg‘izilgan,
Shavqatpesha Ardvisura Anahita
Gardaniga chirmashgandir
Gо‘zal shoda” 1 -deyiladi Avesto she’riy mantlarida.
Yuqorida bayon etilganlardan xulosa qiladigan bо‘lsak, Zardushtiylik dini
dunyo dinlari ichida eng qadimiylardan bо‘lib, ming yillar davomida sharq
xalqlari, xususan Markaziy Osiyo xalqlari hayotida, ma’naviyatida muhim
о‘rin egallab keldi. Islom kirib kelgandan keyin ham bu dinga e’tiqod
qiluvchilar, ushbu dinning ta’siri keyinchalik ham ayrim urf-odatlarda,
xususan, mozorlarga sham yoqish, kelin-kuyovlarni olov atrofida aylantirish
kabilarda saqlanib koldi. Zardusht diniy ta’limoti san’atning turli janrlarida,
ayniqsa, me’morchilik, amaliy san’at, rangtasvir, haykaltaryoshlik va boshqa
tasviriy san’at yо‘llarida ifoda etildi.
О‘zbek xalqi ma’naviyatiga Avesto ta’limoti juda katta ijobiy ta’sir о‘tkazdi.
Moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaxlit tizimga solgan bu asar insonning
yaratuvchilik salohiyatini ulug‘lanadi, ijodkor bо‘lishga, don ekib, hosil
yig‘ishga, dunyoni obod qilishga da’vat etdi. Ayni paytda mag‘rurlanib
ketmaslik, yovuzlikka yon bosmaslikka undadi, mardlik, qahramonlik,
vatanparvarlik fazilatlarini yuksak qadriyat darajasiga kо‘tardi.Qadriyatlar о‘sha davr jamiyatining ijtimoiy tuzilishi, turmush tarzi,
barqarorligini ta’minlaydigan ne’matlar bо‘lib, turli ramzlar va timsollar
orqali namoyon bо‘ladi. Zardushtiylikdagi afsonaviy jangchi odamlarda
jangovarlik, vatan uchun kurashish g‘oyalarini uyg‘otuvchi, ularga kuch
bag‘ishlovchi timsol bо‘lsa, ezgulik xudosi Axuramazda, farovonlik
ma’budasi Anahita gо‘zallik ramzi bо‘lgan; yovuzlik xudosi Ahriman esa, о‘z
timsollari bо‘lmish ajdar, dev, jin, ilon kabi jirkanch qiyofalarda
tasvirlangan.
Mifologik dunyoqarash kishilarning badiiy tafakkurini о‘stirib, badiiy
tasvirlash qobiliyatini shakllantirdi. Rivoyat va afsonalarda xayoliy tarzdagi
xudolar, ilohiy kuchlar, qahramonlar hamda yovuzlik timsollari tasviriy
|
| |