|
Telekamunikatsiya texnologiyalari
|
bet | 1/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 105,08 Kb. | | #157198 |
Bog'liq Telekamunikatsiya texnologiyalari
0`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“TELEKAMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
1 – BOSQICH “TT 11-23”- GURUH TALABASI
“DINSHUNOSLIK
Axmedova Nafisaning”
FANIDAN TAYYORLAGAN
2-MUSTAQIL ISHI
MAVZU:
M2 Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi. Zardushtiylikning diniy
iyerarxiyasi. Buddaviylik dinining paydo bo‘lish tarixi, asosiy
ta'limotlari, oqimlari va manbalari. O‘zbekistonda buddaviylik
dinining tarixiy ildizlari (Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa) va
hozirgi zamon. Xristianlikning paydo bo‘lishi, aqidalari, asosiy
yo‘nalishlari, taʼlimotlari va manbalari. Islom dinining paydo
bo‘lishidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitlar.
ZARDUSHTIYLIKDA TABIATNING ULUG’LANISHI.
Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy
davrda mavjud bо‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga
(Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteistik
ta’limotdir. U behuda qon tо‘kuvchi qurbonliklar, harbiy tо‘qnashuvlar,
bosqinchilik urushlarini qoralab, о‘troq, osoyishta hayot kechirishga,
mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da’vat etadi.
Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb
hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qо‘riq yer ochib, uni bog‘u rog‘ga
aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog‘lar,
ekinzorlarni, sug‘orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar.
Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni
о‘rgatmoqchi bо‘ladi.
Zardushtiylik diniy e’tiqodida dualizm (ikki hudolik)ni emas, yakka hudolik
(monoteizm)ni targ‘ib qilgan. Zardusht dunyo yorug‘lik va zulmat, yaxshilik
va yomonlik, hayot va о‘lim, ezgulik va yovuzlik, issiqlik va sovuqlik va h.zo
kabi kuchlar о‘rtasida kechadigan kurash maydoni sifatida tasavvur qilinadi.
Olamdagi barcha yahshilik, ezgulik, yorug‘lik kuchlarini Ahura Mazda
yaratadi va boshqaradi. U о‘zining 6ta yordamchilari muqaddas ruhlar orqali
insonlar, chorva, olov, yer, osmon, suv, о‘simliklar dunyosiga homiylik
qiladi. Anhra Manyu barcha yovuzlik va zulmat kuchlarining timsoli sifatida
Jin, Shayton, Iblis, Alvasti, Jodugar, dev, ajdaho, ilon kabilarni yaratib ular
yordamida odamlar qalbiga qо‘rquv, dahshat solib, ularni о‘ziga tobe
qilishga urinadi.
Zardushtiylikning harakterli hususiyatlaridan biri kо‘pgina ahloqiy
tushunchalar insoniy tus berilgan mavhum shaklda bayon etiladi. Kishilar
tasavvuridagi yovuzlik va ezgulik kuchlari badiiy obrazli ifodalanadi, insoniy
tus beriladi. Odamlar ikki qudrat о‘rtasida hayot kechiradilar. Yahshilik va
yomonlik kuchlari doimo bir-birlariga qarshi kurashadilar. Kishilar о‘z amaliyishlari bilan, ahloqiy sifatlari bilan yovuz kuchlarga qarshi ezgu ruhlarga
kо‘maklashuvi lozim.
Avestoda uchta sо‘z muqaddas hisoblanadi. Yahshi fikr, yahshi sо‘z, yahshi
amal.
Mifologik dunyoqarashga asoslangan Zardо‘shtiylik ta’limotining markaziy
muammosi odam Bilan olam о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik jarayonini
tahliliga qaratilgan. Bu ta’limotga kо‘ra, odam borlig‘i olam borlig‘i Bilan
bevosita aloqador. Ushbu ta’limotga muvofiq butun olam borlig‘i tuproq,
suv, xavo, olovdan iborat. Odam borlig‘i xam shu tо‘rt unsurdan iborat.
Shuning uchun ushbu tо‘rt unsur muqaddas hisoblanadi.
Odamzod tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim degan nuqtai
nazar zardо‘shtiylik ta’limotining eng muhim g‘oyalaridan biridir. Odam
о‘lgandan keyin uni muqaddas tuproqqa qaytarmoq uchun, avvalo, tanani
gо‘shtdan ajratmoq lozim deb hisoblagan. Chunki, odam gо‘shti xarom
bо‘lganligi bois muqaddas tuproqni bulg‘ashi mumkin. Shuning chun ham
murdaning gо‘shti suyagidan ajralib qolgandan sо‘ng suyagi maxsus
moslamaga solib kо‘milgan. Tabiatdan olingan odamzod tanasi Yana о‘ziga
qaytarilgan.
Zardо‘shtiylik ta’limotda insonning barkamolligini belgilashda nafaqat tashqi
qiyofasi, balki ma’naviy dunyosi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Avestoda bayon etilgan g‘oyalar, ya’ni olam ikki asos, ikki ibtidoning –
yorug‘lik bilan zulmat, yaxshilik bilan yomonlikning tо‘xtovsiz kurashidan
iborat degan g‘oya tasviriy san’atda keng in’ikos ettirildi. Yaxshilik
va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, о‘simlik va b. hamma tabiiy boyliklarni
yaratgan. Uning timsoli ikki oltin qanotini keng yoygan qush ustida
ketayotgandek tasvirlanadi.
Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi tо‘xtovsiz
kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom
etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi
kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa, kurash maydonidir. Hayotdagi
turfa о‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana
va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning о‘zaro kurashidan iborat.
Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik,
Ahuramazda hukmron bо‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik, Anhramaynu
hukmron bо‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.
Dunyoni boshqarishda Axuramazda о‘ziga hamda 6 ta buyuk fazilatga
tayanadi: Bularning birinchisi – ezgu fikr, ikkinchisi – eng oliy haqiqat,
uchinchisi – muqaddas e’tiqod, tо‘rtinchisi – hukmronlik xohishi, beshinchisi
– yaxlitlik hamda oltinchisi – mangulikdir. Bunday yuksak, oliy tushunchalar
inson tafakkurining yuqori darajasida shakllangan.
Biroq, zulmat kuchlarining timsoli sifatida Anhramaynu odamlarni о‘ziga
tobe qilishda jin, shayton, iblis, alvasti, jodugar, dev, ajdaho, ilon kabilar
yordamidan foydalanadi. Qadimgi dunyo va о‘rta asr tasviriy san’atida bu yovuz kuchlar juda yaqqol va imkoni qadar qо‘rqinchli qilib tasvirlangan.
Ilohiylik hamma dinlarda ham ezgulik, yuksaklik, ulug‘vorlik, yorug‘lik
tushunchalari bilan bog‘liq. Zardusht ta’limotida ham yaxshilik ilohiga
olijanob fazilat va hislatlar qiyos berilgan. Avestodan olingan quyidagi
parcha bunga dalildir: “Axuramazda dedi: mening nomim
– Sо‘rovchidir, ikkinchisi – Matlub, uchinchisi – Qudrat, tо‘rtinchisi
– Haqiqat, beshinchisi – Barcha Eyegulik, sakkizinchisi – Ta’limot,
tо‘qqizinchisi – Men muallimman, о‘ninchisi – Avliyodirman, о‘n
birinchisi – Muqaddasman men, о‘n ikkinchisi – men Axuraman, о‘z
uchinchisi – Qudratlidirman, о‘n tо‘rtinchisi – yovuz emasman, о‘n
beshinchisi – men Tolibdirman, о‘n oltinchisi – barcha narsaning
|
| |