• 6. Telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini ekspluatatsiya qilish muammolari
  • Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари




    Download 1 Mb.
    bet8/12
    Sana24.10.2022
    Hajmi1 Mb.
    #27986
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Tellekomunikatsiya tarmoqlarning tuzilish asoslari
    10-sinf-biologiya-fanidan-testlar, 1698071162, rangli rasm, 1
    Hkqt = r(dB.Q dt) (1.3)
    Oqimli ko’p qutbli tarmoqning ishonchliligi unda saqlanib qolgan o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’rtacha (ko’rilayotgan davrda) ulushi yoki bu ulush talab qilingandan kam emaslik ehtimolligi bo’yicha baxolanishi mumkin. SHu bilan birga tarmoqni ishonchliligini yuqorida keltirilgan ko’rsatgichlar yordamida qutblar orasida bog’lanishlarni differensiatsiya qilmasdan baxolash noaniqlik keltirib chiqaradi. Masalan, agar ikkita ko’p qutbli tarmoqlarda saqlanib qolgan aloqalar soni bir xil bo’lsa, lekin bittasida o’ta muhim aloqalar, ikkinchisida esa uncha muhim bo’lmagan aloqalar barqaror ishlab tursa, u xolda ularni ishonchlilik bo’yicha aniq taqqoslash mumkin bo’lmaydi.
    Bunday noaniqlikni bartaraf etish uchun qutblar bilan aloqani muhimlik darajasi bo’yicha (xizmat ko’rsatilayotgan boshqarish punktlarining muhimligiga mos xolda) ikkita-uchta guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xar bir guruhning solishtirma og’irligi (muhimligi) ekspertlash usulida o’rnatiladi va tarmoq buyurtmachisi bilan kelishiladi. Normalovchi shart quyidagicha ifodalanadi:

    bunda m – aloqalar guruxining soni. Bu xolda saqlanib qolgan aloqalar (qutblar) ulushi xar bir gurux bo’yicha di xisoblanadi, ularni ko’p qutbli tarmoq bo’yicha o’rta o’lchangan ulushi:

    Masalan, ko’p qutbli tarmoq bitta variantida xamma aloqalar ikkita guruxga ajratilgan, ularning muhimlik darajasi: g1 = 0,7; g2 = 0,3. Birinchi guruxda buzilishsiz ishlab turgan aloqalar ulushi d11 = 0,4, ikkinchi guruxda esa – d12 = 0,8 bo’lsin. Ko’p qutbli tarmoq ikkinchi variantida saqlanib qolgan aloqalar ulushi mos xolda: d21 = 0,8, d22 = 0,4. Guruxlarning muhimlik darajalari birinchi variantdagiday bo’lsin. Bu xolda birinchi ko’p qutbli tarmoqda mavjud aloqalarning o’rta o’lchangan ulushi D1 = (0,4 · 0,7 + 0,8 · 0,3 = 0,52, ikkinchisida esa - D2 = 0,8 · 0,7 + 0,4 · 0,3 = 0,68, bundan ko’p qutbli tarmoqning ikkinchi variantiga ustunlik berish kerak degan xulosa chiqadi.
    Bundan tashqari, ko’p qutbli tarmoqning ishonchliligi, ishonchlilik matritsasi orqali tavsiflanishi mumkin, matritsa elementlari tarmoq xamma axborot yo’nalishlarida bog’lanish ishonchliligining ko’rsatgichlaridir. Agar quyidagi matritsa berilsa,

    bu, ko’p qutbli tarmoq birinchi va ikkinchi qutblari orasida aloqaning ishonchliligi tayyorlik koeffitsienti bo’yicha 0,99ga, birinchi va uchinchi qutblari orasida - 0,9ga teng ekanligini ko’rsatadi va xakozo. Ko’p qutbli tarmoq ishonchliligini matritsa shaklida baholashning asosiy kamchiligi, matritsa bo’yicha ikkita ko’p qutbli tarmoqlarning ishonchliligini taqqoslash qiyinligidir.
    Ko’p qutbli tarmoqni, odatda, o’zaro bog’lanmagan qismlarga ajratish mumkin emasligi xisobga olinadi, xar bir ishonchlilik matritsasidagi elementlar qiymatlari o’zaro ko’p va kamroq darajada korrelyasiyali bo’ladi [4,6]. Shu bilan birga, korrelyasiya darajasi - ko’p qutbli tarmoq ishonchlililigining muhim ko’rsatgichidir. Misol sifatida, bitta ko’p qutbli tarmoqning hamma beshta ikki qutbli tarmoqlari o’zaro bog’liq emas va ularning tayyorlik koeffitsienti bir xil va 0,9 ga teng. Ikkinchi besh qutbli tarmoqning hamma ikki qutbli tarmoqlari umumiy elementga ega (Kg)=0,95. Ikkala tizimning ishonchlilik matritsasi elementlari bir xil (0,9). Lekin, ikkinchi tarmoqda umumiy elementning mavjudligi uning ishonchliligini pasaytiradi. Bu element tarmoqning bo’sh bo’g’ini bo’lib, uning raddiyasi hamma aloqalarning buzilishiga olib keladi. Matritsa shaklning belgilangan xususiyatlarini ko’p qutbli tarmoq ishonchlililigini baxolash uchun undan foydalanishda eslab turish lozim. Telekommunikatsiya tarmoqlari ishonchligining yuqorida ko’rilgan sonli ko’rsatgichlari bilan birga bir qator sifat ko’rsatgichlari bilan xam tavsiflanishi mumkin, masalan uning asosiy elementlarini rezervlash darajasi, qutblar orasida o’zaro bog’lanmagan aloqa yo’llari soni va boshqalar.
    Shunday qilib, ko’p qutbli tarmoq ishonchliligi tushunchasi va uning ko’rsatgichlari, shuningdek, ularni xisoblash usullari, ikki qutbli tarmoqnikiga va apparaturanikiga qaraganda ancha murakkabdir. Lekin, bundan, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyixalash va ekspluatatsiyalashda ularni inkor etish va hisobga olmaslik kerak, degan xulosa chiqmaydi. Bu asoslanmagan va nooptimal qarorlarni qabul qilishga olib keladi.

    6. Telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini ekspluatatsiya qilish muammolari


    Turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma’lumot almashishga bo’lgan talab kundan-kunga ortib borayotgan hozirgi davrda, mavjud bo’lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi hukumatining keyingi yillarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini ommaviy joriy qilish va ulardan foydalanishni ta’minlovchi strategiyalarini ishlab chiqishga katta kuch sarflayotgani bejiz emas. Shu sayyi harakatlar tufayli telekkommunikatsiya sohasi hozirgi kunda eng rivojlangan sohaga aylandi. Mavjud tarmoqlarni optik tolali kabellar va zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangani hech kimga sir emas. Bunday tarmoqlarning asosini, namunaviy kanallar va traktlarni shakllantirish uchun mo’ljallangan, elektrik, tolali optik va radio liniyalari bo’yicha ishlovchi ko’p kanalli uzatish tizimlari tashkil etadi. Tarmoq asosini tashkil etuvchi optik kabellar yuqorida aytib o’tganimizdek juda yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega.
    Zamonaviy TOAT (tolali optik aloqa tizimi) jihozlarining ko’p funksionalligi ko’plab o’zaro bog’liq element va qurilmalarning mavjudligi, ularning ish sifati darajasining turliligi va murakkabligi bilan farq qiladi. TOAT jihozlarning murakkablashuvi, ularning o’tkazish qobiliyatining o’sishi, kanal va traktlar sonining ko’payishi, ularning ish mexanizmiga axborot texnologiyalarining kiritilishi, ularning ekspluatatsiyasini tashkil etishga bo’lgan talablarni aniqlaydi. Ekspluatatsiya - TOAT ish davrining xayotiy bosqichi bo’lib, o’zida TOAT qurilmalarini sozlash va montaj qilishni, uni vazifasi bo’yicha ishlatishni, profilaktik texnik xizmat ko’rsatishni, rad etishlardan keyin qayta tiklash va ta’mirlashni mujassamlaydi. TOAT va uzatish liniyalari qurilmalari ishining maksimal samaradorligiga erishishga yo’naltirilgan tashkiliy-texnik tadbirlar va axborot–dasturiy vositalar majmuasi texnik ekspluatatsiya (TE) tizimini tashkil etadi [6,9].
    Telekommunikatsiya tarmoqlarini va tizimlarini ekspluatatsiya qilish jarayonida tarmoqdagi liniyaviy buzilishlar, stansion buzilishlar, uzatish tizimlarining bir yoki bir nechta obektlarining parametrlarini normalar talablariga javob bermasligi tufayli muammolar yuzaga keladi. Liniyaviy buzilishlarga quyidagilar kiradi:

    • liniya kabelining uzilishi,

    • ongli ravishda fuqorolar tomonidan kabelni o’g’irlash,

    • tabiiy ofatlar tufayli yuzaga kelgan uzilishlar.

    Telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish jarayonida yuqorida keltirilgan muammolardan tashqari shu muammolarni bartaraf qilishning o’zida ham yana quyidagi muammolar yuzaga keladi: kabelning uzilgan joyini aniqlab, zudlik bilan ta’mirlash va payvandlash brigadasini jo’natish, uzoqda joylashgan obektlarga tez etib borish uchun trasportni ta’minlash, ta’mirlash va payvandlash brigadasini zamonaviy asbob uskunalar bilan ta’minlash, kabelning uzilgan joyini ochish uchun kerakli texnika bilan ta’minlash, elektr energiyasining muvozanatini buzilishi bularga misol bo’la oladi. SHuning bilan birgalikda stansion qurilmalar, uzatish tizimi elementlarining parametrlarini talab darajasida emasligi, elektr energiyaning muvozanatsizligi ham uzatiladigan axborotlarni sifatini buzilishiga ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunda bunday muammolarni hal qilish masadida tarmoq holati nazoratini amalga oshiruvchi “Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqaruv tizimi”, qurilish montaj ishlarida, TOUT larini ishga tushurish jarayonida, kabelning uzilgan joylarini aniqlashda, ishlash usuli teskari sochilishga asoslangan optik refloktometrlar keng tarqalgan.

    1.5-rasm. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqaruv tizimi

    1.5-rasmda yuqorida keltirilgan muammolarni nazoratini amalga oshiruvchi “Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqaruv tizimi” va 1.6-rasmda MTS-6000 (MTS-6000A)/8000-universal optik reflektometr keltirilgan [4].





    1.6-rasm. MTS-6000 (MTS-6000A)/8000-universal optik reflektometr

    Telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiyasini takomillashtirish uchun tarmoqni (bitta liniya bilan ta’minlangan joylarini) zaxiralash talab qilinadi ya’ni bitta liniya ishdan chiqqanda ikkinchi zaxira liniyalari orqali aloqani uzluksizligini ta’minlash mumkin.


    Zaxiralash bu, talab qilingan funksiyani bajarish uchun minimal zarur bo’lgan nisbat bo’yicha qo’shimcha vositalardan va imkoniyatlardan foydalangan holda ishonchlilikni ta’minlash usulidir. Ta’mirlash qayta tiklash ishlarini amalga oshirishda yuqori malakaga ega bo’lagan xodimlar talab qilinadi. Elektr energiya muvozanati buzilganda, uni elektr energiyasini ta’minlash uchun zaxira elektr energiya manbalari (akkumulyatorlar, batareyalar) talab etiladi.

    Download 1 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Телекоммуникация тармоқлари ва тизимларини эксплуатация қилиш муаммолари

    Download 1 Mb.