• ALGORITM – so‘nggi natijani hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan, biror harakatni amalga oshiruvchi qatiy o‘rnatilgan tartib.
  • Algoritm – bu masala yechimini hosil qilish uchun boshlang‘ich informatsiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan aniq belgilangan amallar ketma-ketligi.
  • Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish)




    Download 265,67 Kb.
    bet7/16
    Sana20.01.2024
    Hajmi265,67 Kb.
    #141753
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
    Bog'liq
    tuzilma11
    5-MUSTAQIL ISHI, Falsafa 2, Anketa ariza, 9-mayoxiri, Ma\'ruza matni TR, Falsafa mustaqil ish 2, 5438, Teylor va makloren qatorlari. Asosiy elementar funksiyalarni qat, How to Write a Postcard, IV-1-Laboraoriya Elektronika va robototexnika elementlari 2022, etm, Elementar funksiyalar Reja, Texnologik tizimni avtomatik boshqarish tizimini ishlab chiqish., Karimov Hasan, Mustaqil ta\'lim
    Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish)

    Ma’lumotlar tuzilmalarini bilish, ularni saqlash va qayta ishlash xotirani tejash va protsessor vaqti sarfini kamaytirish nuqtai nazaridan eng samarali usullarni qo’llash imkonni beradi. Yana bir afzalligi, ma’lumotlarga tuzilmaviy yondoshuv murakkab dasturiy mahsulotlarni yaratish imkoniyati hisoblanadi. Zamonaviy dasturiy paketlar juda murakkab mahsulotlar hisoblanib, bunda minglab, millionlab satrli kodlarni hisoblashga to’g’ri keladi. Tabiiyki, bunday dasturiy mahsulotlarni “birdaniga (bir vaqtning o’zida)” ishlab chiqish imkoniyati yo’q, bular ba’zi bir tuzilmalar, ya’ni ularning tashkil etuvchi qismlari va ular orasidagi bog’liqliklar ko’rinishida ishlab chiqilishi mumkin. To’g’ri tuzilmaga keltirilgan mahsulotni ishlab chiqishning har bir bosqichida ishlab chiquvchining diqqatini mahsulotning alohida qismlariga qaratilishini talab etadi.
    Katta dasturiy mahsulotlarni tuzilmalashtirishda mumkin bo’lgan yondoshuvlar mavjud. Bulardan biri algoritmlarni tuzilmalashtirishda “yuqoridan quyiga” loyihalash yoki “yuqoridan quyiga dasturlash” yondoshuvi bo’lsa, ikkinchisi, ma’lumotlarni tuzilmalashtirishda esa, “quyidan yuqoriga” loyihalash yoki “quyidan yuoriga dasturlash” yondoshuvlari hisoblanadi.
    Birinchi holatda (yondoshuvda) dastur bajarishi kerak bo’lgan harakatlar tuzilmalashtiriladi. Ishlab chiqilishi ko’zda tutilgan katta va murakkab dasturni loyihalash kichik hajmdagi bir nechta qism masalalarning yechimlari ko’rinishida hal qilinadi. Shunday qilib, qo’yilgan masalaning to’liq yechimini taqdim etuvchi eng yuqorida turuvchi dasturiy modul, qismmasalalarni yechimini beruvchi modullarga murojaatni amalga oshiradigan yetarli darajada juda oddiy bo’lib chiqadi. Loyihalashning birinchi bosqichida qismmasalalarning dasturiy modullari “qopqoq” ko’rinishda amalga oshiriladi. Shundan so’ng har bir qismmasala o’z navbatida yuqoridagi qoida bo’yicha dekompozitsiya (qismlarga ajratish) qilinadi. Qism masalalarga ajratish jarayoni dekompoziyaning keyingi bosqichida aniq bir masalaning yechimini beradigan holatga kelgunga qadar davom ettiriladi. Dekompozitsiyaning eng quyi holati eng kichik instrumental vosita darajasigacha keltirilishi (masalan, tanlab olingan dasturlash tilidagi bitta operatorgacha dekompozitsiyalash) mumkin.
    Ikkinchi yondoshuvda tuzilmalashtirish ma’lumotlarga asoslanadi. Har bir dasturiy mahsulot uchun hamma vaqt Buyurtmachi mavjud. Buyurtmachida esa kiruvchi ma’lumotlar bo’lib, ishlab chiqiladigan dasturiy mahsulot ushbu kiruvchi ma’lumotlarni chiquvchi ma’lumotlarga akslantirish xususiyatlarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Dasturlashning instrumental vositalari esa faqat tayanch (oddiy, sodda) ma’lumotlar turi va ular ustida bajariladigan amallarni taqdim etadi. Tayanch ma’lumotlar turini qayta ishlash uchun yoki buyurtmachining kiruvchi ma’lumotlariga moslashtirish uchun dasturchilar juda murakkab ma’lumotlar turlari va ular ustida bajariladigan yangi amallarni yaratishi kerak bo’ladi. Ma’lumotlar turini kompozitsiya (birlashtirish) qilishning oxirgi bosqichida masalaning to’liq yechimini beruvchi mos ravishda kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallarni tadbiq etishladi.


    Ixtiyoriy loyihani amalga oshirishda qarama-qarshi amallar, ya’ni ma’lumotlar tuzilmalarini ishlab chiqish natijalari bo’yicha algoritmning tuzilishini doimiy ravishda tuzatib borish va aksincha, algoritmlarga mos ravishda ma’lumotlar tuzilmasida tuzatishlar kiritish ishlari bajarib boriladi.
    Kompyuter o‘z hisoblash kuchliligi bilan birga tezkor, ozoda, aniq va shu bilan birga “butunlay befahm bajaruvchi” hisoblanadi. Turli masalalarni yechishda undan foydalanganimizda kompyuter biror nimani o‘zi o‘ylab topadi degan fikrimiz xato, kompyuter ishlashi uchun aniq va to‘liq instruksiya kerak bo‘ladi. Bu yerda biz algoritmni aniqlash to‘plamidan biriga kelyapmiz. ALGORITM – so‘nggi natijani hosil qilish uchun kerakli bo‘lgan, biror harakatni amalga oshiruvchi qatiy o‘rnatilgan tartib. Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin biz real hayotda algoritmga har doim duch kelamiz. Omadli telefon qo‘ng‘irog‘i uchun kerakli bo‘lgan amallar tartibini o‘z ichiga oluvchi telefon-avtomatdan foydalanish instruksiyasi. Maishiy texnikadan foydalanish qoidalari va boshqalar qisqa, tushunarli shaklda bizga u yoki bu holda nima qilishimiz kerakligini xabar qilib, harakatlarimiz algoritmini belgilab beradi. Tarixchi matematiklarning ta’kidlashicha, «algoritm» so‘zi buyuk ajdodimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ismidan kelib chiqqan, uning mashhur “Kitob al-jabr va al-muqobola” traktasi esa yana bir mashhur “algebra” atamasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Kompyuter ishi jarayonida boshqariladigan instruksiyalarni ishlab chiqarishning asosi algoritm hisoblanadi. Biroq, biz algoritmdan o‘z yozuvlarimizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga o‘tkaza olmaymiz, chunki ular kompyuter tushunmaydigan, faqatgina insonlar tushunadigan tilda yozilgan. Kompyuter algoritmni tushunishi uchun u mashina tiliga o‘giriladi, aynan shunday mashina tilida yozilgan algoritmlar dastur yoki kompyuter dasturi deb ataladi. Quyida biz bu tushunchani joriy mavzu asosida yotuvchi algoritm tushunchasi yordamida aniqlashtirishga harakat qilamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, adabiyotda umume’tirof etilgan algoritmni aniqlash tushunchasi yo‘q. Kompyuter texnologiyalari tushunchasiga adekvat bo‘lgan algoritm ifodasini beramiz:

    • Algoritm – bu masala yechimini hosil qilish uchun boshlang‘ich informatsiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan aniq belgilangan amallar ketma-ketligi.

    Algoritm tushunchasi aniq shaklda XX-asr boshlarida D. Gilbert, K. Gyodel, S. Klin, A. Chyorch, E. Post, A. Tyuring, N. Viner, A. A. Markov singari olimlarning asarlari tufayli shakllandi. Algoritmning jahon olimlari tomonidan turli ta’riflar berilgan. Ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz:
    – Algoritm - bu belgilaydigan cheklangan qoidalar toʻplami, muayyan vazifalar toʻplamini hal qilish boʻyicha amallar ketma-ketligi va beshta muhim xossaga ega: aniqlik, tushunarlilik, kiritish, chiqarish, samaradorlik‖. (D. E. Knut).
    – Algoritm - bu qat‘iy belgilangan qoidalar asosida bajariladigan har qanday hisoblash tizimidir, bu ma‘lum bir qator bosqichlardan soʻng, aniq qoʻyilgan masalani hal qilishga olib keladi" (A. Kolmogorov).
    – Algoritm - bu har xil boshlangʻich ma‘lumotlardan kerakli natijaga oʻtadigan hisoblash jarayonini belgilaydigan aniq ketma-ketlik" (A. Markov).
    Ushbu ta’riflardan xulosa qilib, quyidagi ta’rifni keltirib o’tish mumkin.
    – Algoritm – kiruvchi ma’lumotlar asosida chiquvchi ma’lumotlarni hosil qilish jarayonidir.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 265,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish)

    Download 265,67 Kb.