• Ajraladigan optik ulagichlarda so‘nishlarni
  • Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi




    Download 339,25 Kb.
    bet2/3
    Sana07.12.2023
    Hajmi339,25 Kb.
    #113464
    1   2   3
    Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi


    Nurlanish quwatini optik tolaga kiritish qurilmasi:
    A — nurlanish manbayi; 1 — sferik linza;
    2 — konussimon tuzilishli bir modali optik tola;
    3 optik tolaning o ‘zagi
    Yuqoridagi rasmda shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishi ko'rsatilgan. Bu ulagich foydalanish chog'ida bir-biri bilan ulanadigan ikki — uya va shtir qismlaridan tarkib topadi. Bu qismlar ulanishdan so‘ng o'zaro gayka bilan mustahkamlanadi (rasmda optik ulagich uyali qismining yuzasidagi rezba va gayka ko'rsatilmagan). Ulagichlarga quyidagi talablar qo'yiladi: tuzilish jihatidan soddalik, kirituvchi yo'qotishlarining imkon qadar kam bo'lishi kerakligi, tashqi mexanik, atrof-muhit omillarining ta’siriga va bosh- qa ta’sirlarga bardoshlilik, yuqori darajadagi ishonchlilik, ko‘p martalab takroriy ulanishlarga nisbatan barqarorlik ana shu talablar sirasiga kiradi.

    Optik ajraladigan ulagichlarning optik paremtrlariga so‘nish xamda teskari akslanish kattaligi kiradi.


    Ajraladigan optik ulagichning so‘nishi bu quvvatning yo‘qotilish deyiladi, va bu optik aloqa liniyasining to‘liq so‘nishiga qo‘shilib ketadi.
    Optik signalning optik ajraladigan ulagich orqali o‘tishidagi so‘nishi quyidagicha aniqlanadi:
    A = - 10 lg (P1/P2),
    Bu yerda P1 – liniyaga optik ulagich qo‘shilgandan keyingi nurlanish quvvati; P2 - bazaviy optik quvvat(ya’ni ajraladigan optik ulagich liniyaga qo‘shilmasdan oldingi optik signal quvvati).
    Nisbatan keng tarqalgan fizik kontaktli optik ulagichlar uchun xos bo‘lgan o‘rtacha so‘nish qiymati 0,2 dB gacha, maksimal xolatda 0,4 dB gacha bo‘lishi mumkin.

    Ajraladigan optik ulagichlarda so‘nishlarni

    yuzaga kelish sabablari

    Ajraladigan optik ulagichchlarda yuzaga keladigan kiritilgan so‘nishning qiymatiga turli faktorlar ta’sir qiladi. Ularni uch asosiy guruxga ajratish mumkin:


    1. ichki—optik tolani tayorlashda yo‘l qo‘yilgan xatolilar sababli;
    2. tashqi – ajraladigan optik ulagichni o‘zini tayorlashda yo‘l qo‘yilgan
    xatoliklar tufayli;
    3. tizimli – OT da modaning tarqalishi bilan bog‘liq xolda.
    OT optik ulagichda o‘zining markaziy o‘qi bo‘yicha aniq joylashishi lozim. Buning uchun OT ni joylashtirish uchun xosil qilingan tuynuk keramik oxirlamchi markazi bo‘yicha aniq qilib yasalishi lozim(rasm 11.2).

    11.2-rasm. So‘nishning OT ning yonboshga siljish qiymatiga bog‘liqlik grafigi



    Ko‘pchilik ajraladigan optik ulagichlar ishlab chiqaruvchilar OT va keramikali oxirlamchining markaziy o‘qlarini konsentrikligidagi siljishni 1 mkm dan oshib ketmasligini kafolatlaydilar.


    Download 339,25 Kb.
    1   2   3




    Download 339,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi

    Download 339,25 Kb.