Optik aloqa tizimlarida liniyalarni zichlashtirish usullari




Download 198,1 Kb.
bet3/4
Sana19.11.2023
Hajmi198,1 Kb.
#101214
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy ish
Rustamov F. 4, 7-laboratoriya
Optik aloqa tizimlarida liniyalarni zichlashtirish usullari.
Kamchiligi esa optik tolaning o’tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsiyenti juda kichik. Kabel qurilmalariga ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada qimmatliligini hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi inform atsiyalarni uzatish hisobiga uning o'tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi. Bunga masalan, bitta optik tola bo'ylab qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.2-rasmda bir tolali, bir polosali, bir kabelli tolali optik aloqa tizimining tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. OT ni bir to ‘lqin uzunligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qoMlanilishi, bu sxemaning xususiyati hisoblanadi.
OAQ - optik ajratuvchi qurilma, yorug'lik toMqinlarining qutblanishini yoki optik nurlanishning yo'naltirilgan toMqinlari turini ajratishni amalga oshiradi. Qarama-qarshi ikki tomonlama signallarni uzatganda oqimlar orasida o'zaro o‘tish shovqinlari hosil bo’ladi.
O‘tish shovqinlari OT va tarmoqlagichlardagi teskari sochilish, yorugMikni ulangan joylar va liniya oxiridagi ajraladigan ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligi, impuls formasi va liniya trakti parametrlari (optik tolaning so'nishi, toMqin uzunligi, sonli apertura, sindirish ko‘rsatkichlari)ga bog’liq.
To'lqin uzunligi 1,55 mkm va uzatish tezligi 35 Mbit/s dan yuqori bo‘lsa, bir OTdan qarama-qarshi yo£nalishli signallarni uzatuvchi TOATda o ‘tish shovqinlari kam bo‘lib, optimal ish rejimiga ega bo‘ladi.
To'lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (bir tolali, ko‘p polasali, bir kabelli) TOATda bir optik tola bo‘ylab bir vaqtda to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan bir necha optik tashuvchilar uzatiladi. Bunday tizimlarni tuzish, qo‘llaniladigan spektr oralig‘ida optik kabelning so‘nish koeffitsiyentini optik tashuvchi chastotasi (yoki to ‘lqin uzunligi)ga nisbatan kam bogiiqligiga asoslanadi. Shuning uchun bir optik tola bo‘ylab, axborotlarni uzatishning natijaviy tezligini oshirib, bir necha keng oraliqli optik kanallarni tashkil etish mumkin.
TOAT liniyalarining quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va to‘lqin uzunligi bo‘yicha.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin.
Elektr signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOATning liniya trakti.
Chastota bo‘yicha zichlashtirish. Chastota bo‘yicha zichlashtiriladigan TOAT liniyalarida turli axborot manbalarining boshlang‘ich signallariga aniq chastota oraliqlari ajratiladi. Bu holda guruhli liniya signallarini hosil qilish uchun yaqin joylashgan stabil optik tashuvchilar talab qilinadi. Biroq, ayniqsa yuqori tezlikli modulyatsiyalashda yarimo‘tkazgich lazerlarning nurlanish liniyalarining nostabilligi qo'shni kanallaming ishchi to'lqin uzunliklari orasida spektr bo'yicha oraliqlarini informatsion signal oraliqlaridan bir necha marta oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun TOATda spektral yaqin joylashgan kanallarni hosil qilish uchun turli manbalarning turli tashuvchilaridan emas, balki optik tashuvchilarni surish yordamida bitta manbaning turli tashuvchilaridan foydalaniladi.
5-rasmda gurhli signallarning shakllanish sxemasi tasvirlangan. Qator f1, f 2, ...fn tashuvchilardan iborat optik nurlanishlar lazer nurlanish manbayi (NM) chiqishidan analizator A1 ga tushadi. So‘ng chorak to'lqinli /4 prizmadan o‘tib, birinchi kanalning F1 filtriga uzatiladi. Bu tiltr birinchi kanalning f1 optik tashuvchisini ( OM1) optik m odulyatoriga o ‘tkazadi va bunda u axborot manbayidan berilgan signal bilan modulyatsiyalanadi.

Download 198,1 Kb.
1   2   3   4




Download 198,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Optik aloqa tizimlarida liniyalarni zichlashtirish usullari

Download 198,1 Kb.