Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti pochta aloqa texnologiyalari yo’nalishi 2 -bosqich pat 11 22 guruh talabasining web dasturlash fanidan tayyorlagan




Download 29,73 Kb.
bet3/4
Sana18.05.2024
Hajmi29,73 Kb.
#241452
1   2   3   4
Bog'liq
YfA2t5QoQQfKmzMhRePcXFKVmiFVHj6H

PHP Nuke. Eng birinchi CMS lardan biri bo’lib, afsuski, ancha vaqtlardan buyon yangilanmay kelmoqda. Biroq, uning kodi ko’plab adashlari uchun asos bo’lib xizmat qilmoqda (masalan, DotNetNuke, PostNuke). Bu bir-biriga nom jihatdan yaqin bo’lgan tizimlar foydalanuvchi diqqatiga navbatma-navbat chiqib turadi. Funksionallik jihatidan tizim ancha mukammal bo’lib, uning uchun ko’plab qo’shimcha modullar yaratilgan. Masalan, xabarlar lentasi, forum, maqolalar, so’rovlar tashkil qilish, statistika olib borish va boshqalar. Ammo, saytlarning tuzilishi jihatidan bir xillik kuzatiladi. Shu bilan birga, bu tizim yuklanishi qiyin bo’ladi, ya’ni qo’shimcha modullar sahifa yuklanishini sekinlashtiradi. Bu esa ko’plab foydalanuvchilarga yoqmasligi tayin. Yuklanish nafaqat sahifaga, shuningdek, serverga ham tushadi, bu esa xosting xizmatini taqdim etuvchilarga yoqmaydi. Agar sizni shunday vaziyat qoniqtirsa, aynan shu CMS ni tanlashingiz mumkin. Murojaat qilish uchun rasmiy sayti: www.nukefiles.ru
Kimdir HTML tilida, kimdir PHP da, yana kimlardir CMS deb ataluvchi tizimlar yordamida saytlarni yaratmoqda. Xo’sh, CMS degani o’zi nima? Bu tizimni nima ekanini tushunish uchun, keling, avvalo, veb-sahifalar qanday yaratilishi haqida bilib olamiz.
1989-yilda Tim Berners-Li tomonidan World Wide Web, ya’ni Bununjahon o’rgimchak to’ri ixtiro qilinganidan boshlab uning har bir foydalanuvchisi oddiy bo’lsa-da, o’z veb-sahifasini yarata olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Lekin, buning uchun HTML (Hyper Text Markup Language) tilini bilish shart edi. Turli xil IT-kompaniyalari tomonidan bu ishni osonlashtiruvchi bir qancha dasturiy paketlar, jumladan Adobe Dreamweaver va Microsoft FrontPage kabilar yaratildi. Bunday dasturlardan ba’zilari sayt yaratishning barcha bosqichlarini (HTML-kodni yozishdan bu kodni serverga yuklashgacha) boshqarishni o’z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, ko’pgina hollarda (aynan oddiy sahifalarni yaratishda) foydalanuvchi bu kodni bilishi shart bo’lmagan. Sababi bu dasturlarda veb-sahifalarni yaratishning vizual usullaridan foydalanilgan.
Biroq, HTML-redaktorlarining barcha afzalliklariga qaramay, saytni boshqarish vaqt o’tgani sayin va yangi ma’lumotlar qo’shilishi bilan qiyinlashib boraverdi. Chunki axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan veb-saytlar ham rivojlanib bordi. Sayt xaritasini yaratishdek oddiy funksiyani qo’shish uchun ham veb-yaratuvchilar tomonidan ancha-muncha mehnat talab etilar edi. Axir buning uchun barcha ilovalarni ko’rib chiqish, sahifalar orasidagi bog’liqliklarni tekshirish, menyuni yaratish, forumni qo’shish kabi ishlarni bajarish lozim edi. Bu esa doimiy diqqatni va juda ko’p vaqtni talab etardi.
Sayt yangilanishi muammosini, ya’ni yangilanishning avtomatlashtirishini hal qilish maqsadida yirik axborot kompaniyalari, jumladan, Newsweek va Time yangi dasturiy ta’minot yaratish ishlarini boshlashga majbur bo’ladi. Bu dasturiy ta’minotlar kontentni (ma’lumotlarni) boshqarish tizimlari (CMS – Content Management System) deb ataldi.

Download 29,73 Kb.
1   2   3   4




Download 29,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti pochta aloqa texnologiyalari yo’nalishi 2 -bosqich pat 11 22 guruh talabasining web dasturlash fanidan tayyorlagan

Download 29,73 Kb.