• Mavzu: Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari va ularni amaliy tadbiq etish Reja : Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
  • Longityud metodi
  • Majmuiy metod
  • Sosiometriya
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 0,5 Mb.
    bet64/103
    Sana22.12.2023
    Hajmi0,5 Mb.
    #126606
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
    Bog'liq
    Telekommunikatsiya-fayllar.org

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi”gi qonuni. T.: “Sharq” 1997


    2. Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003


    3. Bogarova V.G. Sotsialnaya pedagogika. Moskva. 1994


    4. Harchev A.G. Sotsialnoe vospitanie. Moskva, 1990


    5. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6-son


    6. Isaqova M. Shaxs ijtimoiylashuvida mahalla. – Halq ta’limi 2003, 3-son




    Mavzu: Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari va ularni amaliy tadbiq etish
    Reja :


    1. Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari


    2. Psixologiyani ko’rinishi va sohalari 3. Psixologik faoliya turlari


    Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
    Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan
    tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi19.
    Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
    Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi.
    Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-
    birini to’ldiradi.
    Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi aloqalar va bog’liqliklarni o’rnatish imkonini beruvchi o’rganish usuli. Suhbat metodi o’rganilayotgan muammoni qo’shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita yo’l bilan ega bo’lishni ko’zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo’lib xizmat qiladi.
    Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so’rovnoma varag’idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo’llaniladigan metodik vosita.
    Sosiometriya – o’zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.
    Xulosa o’rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo’llash uning validligi (oldindan belgilab qo’yilgani bo’yicha baholash uchun mos kelishi) va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini beruvchi) bog’liqdir.
    Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori samaradorligini aniqlash mumkin bo’lgan mezonlar.

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




    Download 0,5 Mb.