Telekomunikatsiya Injineringi" kafedrasi "




Download 0,7 Mb.
bet2/10
Sana15.05.2024
Hajmi0,7 Mb.
#235890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
simsiz tarmoqlar

Asosiy Qism

Mobil aloqaning birinchi tijorat tarmoqlari 80- yillarning boshlarida paydo bo’ldi. Nutqni uzatish uchun ularning barchasi analog chastotaviy modulyasiyadan foydalandi. Birinchi avlod sotali aloqa standartlariga quyidagilarni kiritish qabul qilingan - AMPS (inglizchadan Advanced Mobilе Phone Service – “Takomillashtirilgan mobil telefon xizmati” (800 MGs diapazonda ishlaydi, 1983 yilda ishga tushirilgan) – AQSh, Kanada, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliyada keng qo‟llanildi; shuningdek “Shimoliy Amerika standarti” nomi bilan mashhur. O‟z davrida (1995 yil) jahondagi mobil aloqaning barcha abonentlarining 1/3 qismiga xizmat ko‟rsatgan eng ko’p tarqalgan analog standart bo’lgan (D-AMPS raqamli modifikasiya bilan birgalikda, u xaqda endi gapiramiz). Masalan, Rossiyada regional standart sifatida (asosan D-AMPS variantida) ishlatiladi, bu еrda ham ko‟p tarqalgan standart hisoblandi. O‟zbekistonda AMPS/ D-AMPS standartlari “Uzdunrobita” va ”Rubicon Wireless Communication” operatorlari tomonidan ishlatilgan . - TACS (Total Access Communication System – “Umumiy ulanishli aloqa tizimi” (900 MGs diapazonda ishlaydi, 1985 yilda ishga tushirilgan) –Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Irlandiyada foydalanilgan. AMPS Amerika standarti asosida ishlab chiqilgan. ETACS (Yevropa) va JTACS/NTACS (Yaponiya) modifikasiyalariga ega bo‟lgan. Bu standart analog standartlar orasida tarqalish bo‟yicha ikkinchi o‟rinda bo‟lgan. 1995 yilda abonentlar bazasi bo‟yicha jahonda ikkinchi o‟rinni egallagan, lekin 1997 yilda tez rivojlangan raqamli standartlar tomonidan to‟rtinchi o‟ringa tushirib yuborilgan. - NMT - 450 (inglizchadan Nordic Mobile Telephone – shimoliy davlatlar mobil telefoni, (450 MGs diapazonda ishlaydi, 1981 yilda ishga tushirilgan) – mobil aloqaning tarixiy birinchi standarti. Skandinaviya davlatlarida va jahonning 7 boshqa ko‟plab regionlarida foydalanilgan. “Skandinaviya standarti” nomi bilan mashhur bo‟lgan. Jahonning analog standartlari orasida tarqalish bo‟yicha uchinchi o’rinda bo‟lgan. Aholi nisbatan kam zichli hududlarda, katta masofalarda aloqani ta’minlash uchun qulay bo’lgan. 1985 yilda NMT-450 baza asosida 900 MGs chastota diapazonida NMT-900 standarti ishlab chiqilgan. U tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va abonent sig’imini sezilarli oshirish imkoniyatini bergan. O‟zbekistonda sotali aloqa o’rnatilishi boshlanishida NMT-900 standartida
“Uzdunrobita” QK o‟zining tarmog‟ini qurgan.


Download 0,7 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Telekomunikatsiya Injineringi" kafedrasi "

Download 0,7 Mb.