|
Telekomunikatsiya texnalogiyalari
|
bet | 1/2 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 2,25 Mb. | | #256068 |
Bog'liq sfR9enFJmcRQ9QEcBZJqw-FktaT5x Ub
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“ TELEKOMUNIKATSIYA TEXNALOGIYALARI” FAKULTETI
3- BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASINING
“Testologiya va pedagogik o‘lchovlar nazariyasi
“
FANIDAN TAYYORLAGAN
1-Mustaqil ish
Bajardi: Boysunov. O
Qabul qildi: ILMURODOVA .D
REJA;
- Test turlari.
- Test turlari tahlili
- Test yaratish bosqichlari.
- Yuqori, o‘rta va quyi
Produktiv test Bunday testni echishda talabadan ijodiy yondaShuv talab etiladi. Bunday testni echish uchun talaba 5-6 ta operatsiyani bajarishi lozim. Bu test mantiqiy fikr yuritishni va izchillikni talab etadi. Buning uchun o‘quv jarayonida echilgan mashqlardan bir oz boshqacharoq (netipovoy) vazifalar tanlab olinishi kerak bo‘ladi. Izlanuvchan – ijodiy test Ma’lumki ijod – bu qandaydir yangi echimni topishdir. Buning uchun bu testda standart bo‘lmagan vazifalar beriladi. Bu murakkab test bo‘lib, ijodni rivojlantirishda va iqtidorli talabalarni tanlab olishda ishlatiladi. Testlarning shakliga ko‘ra ham bir qancha guruhlarga ajratish mumkin. Yopiq Bu test shart yoki so‘roq va bir qancha javoblardan tuzilgan bo‘lib, bittasi to‘g`ri javob hisoblanadi. Uning yopiq test deyilishiga sabab, talaba o‘zining to‘g`ri javobini bera olmaydi. U faqat mavjud javoblardan bittasini tanlashi mumkin. Bunday testlarni tuzishda yuzakilikdan ehtiyot bo‘lish kerak va javoblar tuzayotganda mantiqiylik va tahlilga asoslanishi lozim. Ochiq Bu testda shart va so‘roq beriladi. Javob esa mustaqil talaba tomondan topiladi. Bunda eng muhim o‘zaki so‘z tushirib qoldirilishi mumkin, ana shu o‘zakda esa so‘z topilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil, 5-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta`lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. . Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi; ta`lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.Test shakllari va ulardan foydalanish. Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari : Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan.
Test (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda test odamning qanday kasbhunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layoqati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli yoki akli zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib taxlil qilinadi. testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Galton (1822—1911) ishlab chiqqan (1883). "Test" terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 1944) qoʻllagan (1890). U testlar yordamida tanaga taʼsir etuvchi qoʻzgʻatuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga taʼsir oʻtkazishda hosil boʻluvchi ogʻriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniqlash mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning aqliy oʻsishi va isteʼdodi darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin akliy Testlar nazariyasi keng yoyidsi. Miqdoriy maʼlumo
Test yaratish bosqichlariqyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Testning maqsad va ma'lumotlarini aniqlash: Testning maqsadi va ma'lumotlari, testning ishlov berishi kerak bo'lgan mavzu yoki mavzularni aniqlash bilan boshlanadi. Testning maqsadi, o'quvchilarning bilim darajasini baholash, bilimlarini tekshirish yoki boshqa maqsadlarga erishishini qamrab oladi. Testga o'quvchilar uchun maqsadli savollar va javob variantlari tayyorlash uchun qo'llaniladigan ma'lumotlar, maqsad va qo'llanishga muvofiq bo'lishi kerak.Test tuzishning boshqaruv tizimini yaratish: Testning tuzishning boshqaruv tizimini yaratish shu maqsadlarni amalga oshirish uchun kerakli tashkilot va tizimlarni tayyorlashni o'z ichiga oladi. Test savollarini tayyorlash jarayonida o'quvchilarga savollar va javob variantlarini taqdim etish kerak. Savollar testning maqsadiga muvofiq bo'lishi, qulay va tushunarli bo'lishi kerak. Savollar murakkablik darajasi, shuningdek savollar soni va turlari, tuzilishi va tayyorlanishi kabi muhim tushunchalarni o'z ichiga oladi.Test sifatini baholash: Test sifatini baholash jarayonida testning validatsiya, reliyabilitet, obyektivlik, yorug'lik va boshqa sifatlari baholash kerak. Bu jarayon testning qanday darajada ishonchli, qanday obyektiv va yorug'lik bilan natijalarni topishda ishlatilgan tahlil vositalari va statistik usullar yordamida olib boriladi. Tanlanmalar dispersiyasini hisoblash: Test natijalari ma'lumotlari Excel jadvalida bo'lgan avtomatlashtirilgan qayta ishlash paketlarining imkoniyatlarini ko'rib chiqish kerak. Bu qisqa o'zgaruvchilarga misol bo'lgan natijalarning Excel matritsasini qayta ishlashdan foydalanib, ulardan foydalanuvchiga ma'lumotlar yuklash, hisoblash, natijalarni hisoblash va ko'rish uchun imkoniyatlarni taqdim etishda yordam beradi. Qo'llanilishi mumkin bo'lgan avtomatlashtirilgan qayta ishlash paketlari quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
|
| |