Boshqarish bloki
D
115
4. TV uzatkich modulyatori kirishidagi va chiqishidagi signallar spektrlari
qanday ko‘rinishga ega?
5. Raqamli televizion tizimning tuzilish sxemasini tushuntiring.
6. Raqamli TV aloqa tizimining uzatish qismi qanday qismlardan tashkil
topgan?
8. Signalga analog kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilish
sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring.
9. Signalga raqamli kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilish
sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring.
10. TV signallarni optik uzatish tizimining umumlashtirilgan tuzilish
sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring.
116
8. ANALOG VA RAQAMLI RADIOESHITTIRISH UZATKICHLARI
8.1. Radiouzatishning umumiy tuzilish sxemasi
Radiouzatkich bu uzatish antennasining kirishiga beriladigan signalni
shakllantirish uchun qurilma hisoblanadi (8.1- rasm). Odatda qo‘zg‘atkich (yuqori
stabillikli zarur chastotali tebranishlar generatori), quvvat kuchaytirgichi va
modulyatordan
(tashuvchi
tebranishni
berilgan
qonun
bo‘yicha
modulyasiyalaydigan blok) tashkil topadi. Radiouzatkichlar radioaloqaning barcha
turlarida, radiolokatsiya, radionavigatsiya televideniye va radioeshitttirish, aniq
vaqt xizmatlari va boshqa sohalarda keng qo‘llanadi.
8.1- rasm. Radiouzatishning soddalashtirilgan umumiy tuzilish sxemasi
Radioeshittirish
uchun
quyidagi
chastotalar
polosalari,
tashuvchi
chastotadagi nurlanish quvvati va modulyatsiyalash turi ko‘zda tutilgan:
−
150…285 kGs – kilometrli to‘lqinlar diapazonida (boshqa nomi – uzun
to‘lqinlar), quvvvati - 500 kVt gacha, modulyatsiyalash - amplitudaviy;
−
525…1605 kGs – gektometrli to‘lqinlar diapazonida (o‘rta to‘lqinlar),
quvvvati - 500 kVt gacha, modulyatsiyalash - amplitudaviy;
−
3,95…26,1 MGs (alohida oraliqlar) - dekametrli to‘lqinlar diapazonida
117
(qisqa to‘lqinlar, quvvvati - 500 kVt gacha, modulyatsiyalash - amplitudaviy;
−
66…73 va 87,5…108 MGs - metrli diapazonda (UQT ChM uzatish),
quvvvati - 15 kVt gacha, modulyatsiyalash - chastotaviy.
Radioeshittirish yer sharidagi juda katta hududlarni qamarab oladigan global
radiotexnik tizimlarga kiradi. Turli davlatlarda radiouzatish uzatkichlarining
chastotalarini taqsimlanishi va ishlash vaqti a’zosi O‘zbekiston hisoblanadigan
Xalqaro elektr aloqa ittifoqi doirasidaga xalqaro kelishuvlar orqali belgilanadi.
Bunday kelishuvlar tufayli tinglovchilar radiostansiyalarni qabul qilishida o‘zaro
radiohalaqitlar imkoniyati kamayadi. Dunyoda hech kim xalqaro va davlat
organlari bilan muvofiqlashtirmasdan radioeshittirish bilan shug‘ullanish huquqiga
ega emas.
Eng oddiy past quvvatli uzatkichning prinsipial sxemasi 8.2- rasmda, undagi
elementlarning joylashishi esa 8.3- rasmda keltirilgan bo‘lib, unda uzatkichning
PCh va YuCh qismlari turli ranglar bilan ajratilgan.
8.2- rasm. Past quvvatli uzatkichning prinsipial sxemasi
118
8.3- rasm. Past quvvatli uzatkichda elementlarning joylashishi
|