114
TV-signal oqimi koaksial kabel orqali chiziqli kuchaytirgichga (ChK)
beriladi va yo‘naltirilgan tarmoqlagich (YT) orqali nochiziqli buzilishlar
korrektoriga (NBK) beriladi. Bu erda signalga mikroprotsessor tizim
hisoblanadigan boshqarish blokida (BB) ishlab chiqariladigan shakldagi buzilish
kiritiladi. Korreksiyalangan TV-signal lazerli diod (LD) tokini boshqaradi. LD
chiqishida modulyasiyalangan optik signal olinadi. LD va optik uzatkich chiqishi
orasida optik izolyator (OI) qo‘yiladi, u optik traktda vujudga keladigan qaytarilish
natijasida LDga qaytadigan optik quvvatni yutadi. Bu optik tashuvchini
generatsiyalanishi jarayoniga qaytgan quvvatning ta’siri natijasi hisoblanadigan
shovqinlarni sezilarli ortishini oldini olishga imkon beradi.
7.9- rasm. TV signallarni optik uzatish tizimining umumlashtirilgan tuzilish
sxemasi
Nazorat savollari
1. Televideniye uzatish tizimiga talablar nimalardan iborat?
2. To‘liq televizion signal qanday ko‘rinishga ega?
3. Televizion uzatish radiotraktining umumlashtirilgan tuzilish sxemasini
tushuntiring?
Kirish
Е
ChK
Chiqish
NBK
LD
ОИ