• E’tiboringiz uchun rahmat
  • Televideniya ko'ngilochar sanoat sifatida




    Download 5.02 Mb.
    bet4/4
    Sana20.08.2023
    Hajmi5.02 Mb.
    #79037
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Televideniya
    optic mustaqil, Реабилитационное сестринское дело

    Shu maqsadda milliy teleradiokompaniya tizimida keyingi 3-4 yil ichida xalq huquqiy madaniyatining yuksalishiga xizmat qiluvchi “Munosabat”, “Sharh”, “Qarama-qarshi”, “Obʼektiv nigohida”, “Xalq fikri”, “Fikr.uz”, “Munozara maydoni”, “Xalq qabulxonasida bir kun”, “Jurnalist nigohida”, “Xalq minbari” kabi tahliliy yoʻnalishdagi oʻnlab koʻrsatuv va tok-shou tashkil etildi va ular koʻp ming sonli teletomoshabin eʼtiborini qozondi. Jamiyatda ilm-maʼrifat, adabiyot, milliy madaniyat va sanʼatimizni, shuningdek, kitobxonlikni keng targʻib etishga yoʻnaltirilgan “Kitobxon shou”, “Sanʼat tarixi”, “Islom: mohiyat va talqin”, “Radio kitob”, “Alyor” “Imom al-Buxoriy saboqlari”, “Otalar soʼzi – aqlning koʼzi”, “Oʼzbekiston buyuk allomalar yurti”, “Maqom sanʼati” kabi oʻnlab madaniy, maʼrifiy va badiiy koʻrsatuvlar namoyishi ham yoʻlga qoʻyildi. Bugunga kelib milliy teleradiokompaniya koʻplab davlatlarning nufuzli teleradiokompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi.

    Yangilanayotgan Oʻzbekiston islohotlari ohangida bugun har bir koʻrsatuvda aytilayotgan mulohazalar xolis, haqqoniy va chuqur tahlillarga asoslangani holda keng jamoatchilikni fikrlashga undamoqda. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotida milliy teleradiokompaniyaning oʻrni va rolini koʻrsatib bermoqda, desak xato boʻlmaydi. Shuningdek, bunday ijodiy jarayonlar, oʻz navbatida, bugungi davr telejurnalistikasining oʻziga xosligi, taraqqiyoti va yuksalish jarayonlarini belgilashga xizmat qilmoqda.

    Albatta, televidenie jamiyatda inson mafkurasini shakllantirishda, yoshlarning g‘oyaviy kamolotida muhim omillardan sanaladi. Shunday ekan, har qanday bo‘lmag‘ur dasturni tomoshabinga havola qilish ham yaramaydi. Masalan, keyingi paytlarda azaldan avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan urf-odatlarimizning, milliy qadriyatlarimizning hayotimizdagi buzilgan shakllari televizor orqali o‘rnak qilib ko‘rsatilayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa, bu jihatlarni to‘y-ma’raka, quda-anda munosabatlari haqidagi dasturlar yoki maishiy mavzudagi ayrim seriallarda uchratish mumkin. Rivojlanish barobarida hayotimiz ham tubdan o‘zgargani rost. Yangicha yashash va turmush tarzi kirib keldi. Xorij mahsulotlaridan kundalik hayotimizda foydalanyapmiz.

    E’tiboringiz uchun rahmat


    Download 5.02 Mb.
    1   2   3   4




    Download 5.02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Televideniya ko'ngilochar sanoat sifatida

    Download 5.02 Mb.