|
Xesh funksiya quyidagi xususiyatlarga ega
|
bet | 5/5 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #268798 |
Bog'liq ilyor.kiber.mXesh funksiya quyidagi xususiyatlarga ega:
– Bir xil kirish har doim bir xil chiqishni (xesh qiymat deb ataladi) taqdim etadi.
– Bir qancha turli kirishlar bir xil chiqishni taqdim etmaydi.
– Chiqish qiymatdan kiruvchi qiymatni hosil qilishning imkoniyati mavjud emas (bir tomonlamalik).
– Kirish qiymatini o‘zgarishi chiqishdagi qiymatni ham o‘zgarishiga olib keladi.
Xesh funksiya asosida ma’lumot butunligini tekshirish
Bunga asosan yuboruvchi xabarning xesh qiymatini hisoblaydi va uni qabul qiluvchiga xabar bilan birgalikda yuboradi. Qabul qiluvchi dastlab xabarning xesh qiymatini hisoblaydi va qabul qilingan xesh qiymat bilan solishtiradi. Agar har ikkala xesh qiymat teng bo‘lsa, u holda ma’lumotning butunligi o‘zgarmagan, aks holda o‘zgargan deb topiladi.
2.4.Rasm. Xesh funksiya sxemasi
Kriptografik akslantirishlar
Odatda kriptografiyada ma’lumotlarni shifrlashda (deshifrlashda) quyidagi ikki turdagi akslantirishshlardan foydalaniladi.
– Ulardan biri o‘rniga qo‘yish (substitution) akslantirish bo‘lsa,
– ikkinchichi o‘rin almashish (permutation) akslantirishidir.
O‘rniga qo‘yish akslantirishi
O‘rniga qo‘yish akslantirishida, ochiq matn belgilari bir alfavitdan olinib, unga mos shifrmatn boshqa bir alfavitdan olinadi
Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish akslantirishi asosida shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda shifrlash usuli Sezar nomi bilan mashhur.
• Masalan, agar ochiq matn “HELLO” ga teng bo‘lsa, unga mos holda shifrmatn “KHOOR” ga teng bo‘ladi.
• Mazkur holda shifrmatn alifbosi ochiq matn alifbosidan 3 ga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash kalitini 3 ga teng deb qarash mumkin.
O‘rniga qo‘yish akslantirishi
• O‘rniga qo‘yish akslantirishida ochiq matndagi belgilar shifrmatnda bo‘lmasligi mumkin.
• Biroq, ochiq matndagi belgilarning takrorlanish chastotasi shifrmatndagi belgilarda ham bir xil bo‘ladi (ko‘p alifboli o‘rniga qo‘yish usullari bundan mustasno).
• Masalan, yuqoridagi misolda ochiq matndagi “L” harfining takrorlanish chastotasi 2 ga teng. Uning o‘rniga qo‘yilgan shifrmatndagi “O” harfining ham takrorlanish chastotasi 2 ga teng. Bu holat ochiqmatndagi qolgan belgilar uchun ham o‘rinli.
O‘rin almashtirish akslantirishi
Ochiq matn belgilarining o‘rni biror qoidaga ko‘ra o‘zaro almashtiriladi. Bunda ochiq matnga ishtirok etgan belgilar shifrmatnga ham ishtirok etib, faqat ularning o‘rni almashgan holda bo‘ladi.
|
| |