|
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
|
bet | 3/5 | Sana | 27.07.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #268798 |
Bog'liq ilyor.kiber.mKriptografiyaning asosiy tushunchalari
Kriptologiya - “maxfiy kodlar”ni yaratish va buzish fani va sanati;
Kriptografiya – “maxfiy kodlar”ni yaratish bilan shug‘ullanadi;
Kriptotahlil – “maxfiy kodlar”ni buzish bilan shug‘ullanadi;
Kripto – yuqoridagi tushunchalarga (hattoki bundanda ortig‘iga) sinonim bo‘lib, kontekst ma’nosiga ko‘ra farqlanadi.
Shifrlash – jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o‘zgartiriladi, biroq uni faqat maxsus shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo‘lgan) qayta o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash bo‘lib, uni qayta o‘zgartirish ba’zi shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo‘lmagan) uchun cheklangan bo‘ladi.
Shifr yoki kriptotizim ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi.
Haqiqiy shifrlanmagan ma’lumot ochiq matn deb atalib, shifrlashning natijasi shifrmatn deb ataladi.
Haqiqiy ma’lumotni qayta tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur bo‘ladi.
Kalit kriptotizimni shifrlash va deshifrlash uchun sozlashda foydalaniladi.
2.1.rasm Shifrlash sxemasi
Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo‘lgan, ma’lum bir alfavitda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi.
Alfavit - axborotni ifodalash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to‘plami.
Misollar sifatida:
• o‘ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o‘zbek tili alfaviti;
• o‘ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti;
• yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;
• ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfaviti;
• binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat bo‘lgan alfavit;
• sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat bo‘lgan alfavitlarni keltirish mumkin.
Kodlash – ma’lumotni osongina qaytarish uchun hammaga (hattoki hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga o‘zgartirishdir.
Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalaniladi.
Masalan, ASCII, UNICODE, URL Encoding, base64.
Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash tushunchalarini bir xil deb tushuniladi.
– Aslida esa ular ikki turlicha tushunchalardir.
2.2.rasm. ASCII kodlash standarti
|
| |