Temperament




Download 85,5 Kb.
bet6/7
Sana12.12.2023
Hajmi85,5 Kb.
#116438
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ASQARALIYEVA RAHIMAXON psixologiya

DIDAKTIK QOBILIYATLAR-bu bolalarga o`quv materialini aniq va ravshan tushuntirib oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, ularda mustaqil faol fikirlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlaridir.
Didaktik qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi zarurat tutilganda qiyin o`quv materialini-osonroq, murakkabrog`ini soddaroq, tushunish qiyin bo`lganini tushunarliroq qilib o`quvchilarga moslashtirib bora oladi. O`qituvchining mana shu hislatlarini bilib olgan o`quvchilar odatda: “O`qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishida-da. Bunday o`qituvchining qo`lida mazza qilib o`qiging keladi”; “Unisi esa hech narsaga yaramaydigan o`qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi”; “O`quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq-mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o`qituvchilarni yoqtirmaymiz” -deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli qilib o`quvchilar ongiga etkazib berish qobiliyatininigina emas balki, shu bilan birga o`quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faoliyatini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo`naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o`z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o`quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo`naltirish). bo`lishi shart. Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyoti darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.
Ko`pchilik o`qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o`qituvchilarga, o`quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o`qituvchilarni emas, balki birinchi galda o`zlarini nazarda tutib ish olib barodilar. Shuning uchun ham o`quv materialini o`ziga qarab tanlaydilar. qobiliyatli, tajribali o`qituvchilar esa o`zlarini o`quvchi o`rniga qo`yib, kattalar uchun aniq-ravshan va tushunarli bo`lgan material o`quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo`lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo`ladilar. Shuning uchun ham bundayo`qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o`ylab ko`rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o`qituvchi turli o`quvchilarning qanday tushunayotganliglari va zarur dars bayonoiga alohida e`tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilarga qarab to`g`ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatini aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko`ra bilish xarakteridagi matnda o`qituvchining fikri bo`yicha ayrim sinf o`quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko`rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so`ng esa matnni o`quvchilarga engil va ularning o`zlashtirishlari uchun qulay qilib qaytatuzish tavsiya etiladi. Qobiliyatli o`qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o`zlashtirish, o`quvchilarga bir oz nafas olib o`zlariga kelib olishlari va o`z diqqat-e`tiborlarini bir joyga qo`yib, ayrim qo`zg`alishlarni “so`ndirib”, boshqalarini esa jadallashtirib, ularning bo`shashganligini, sustligini va loqaydligini engishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutudi. Bunday o`qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o`quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o`qituvchining so`zlari etarlicha idrok qilinmaydi.

Download 85,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 85,5 Kb.