• E’tiboringiz uchun Rahmat !
  • OTA-ONA QARAMOG’IDA BO’LMAGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH YURITISH




    Download 4,26 Mb.
    bet2/2
    Sana06.12.2023
    Hajmi4,26 Mb.
    #112081
    1   2
    Bog'liq
    201-10- mavzu

    OTA-ONA QARAMOG’IDA BO’LMAGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH YURITISH
    Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-onasi qaramog’isiz bolalar bo’lgan, bor va bo’ladi ham. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o’z bo’yniga oladi.
    Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining o’rganish bilan shug’ullanayotgan pedagog va psixologlar shuni aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan. Onasidan ayrilish va umuman yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojida katta ta’sir ko’rsatadi.
    Bolalik insonning ruhiy bardoshliligi, hayotga qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta’minlovchi asosiyxislatlarning shakllanish davridir. Bu ma’naviy xislatlar betartib shakllanmaydi, ular ota-ona mehri sharoitida, oila bolaga o’zi va boshqalar uchun mas’ul bo’lish, birovga kerakligini sezish sharoitida shakllanadi.
    Ota-onasini yo’qotgan bola bu haqiqatdan ham fojeali olamdir. Ota-onaga ega bo’lish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biri.
    Ijtimoiy yyetimlik muammosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo hisoblanadi.
    Yetimlikning barcha sabablarini sanab o’tish mushkul, chunki bu turli fan sohalari (tibbiyot, psixologiya, ijtimoiyogiya, pedagogika va boshqalar) olimlari shug’ullanayotgan ko’p aspketli muammodir. Biroq asosiy 3 ta sababni ajratib ko’rsatsak bo’ladi:
    • Ota-onalarning (odatda onalarning) o’z vyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan go’daklik davridagi boladan
    • Uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo’ygandan so’ng bolani oiladan majburan ajratib olish
    • Ota-onalarning vafoti.

    • “Yetim” va “ ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi. yyetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi. ijtimoiy yyetim-biologik ota-onaga ega bo’lgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalar. Bu holatda unga g’amxo’rlik qilishni davlat va jamiyat o’z bo’yniga oladi.
      SHunday qilib ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalarga ota-onalari:
      -vafot etgan;
      -ota-onalik huquqidan mahrum bo’lgan;
      -bedarak yo’qolgan;
      -muomalaga layoqatsiz;
      -axloq tuzatish koloniyalarida jazo o’tayotgan;

    jinoyat sodir etishda ayblanib, xibsda bo’lgan;
    -bola tarbiyasidan bo’yin tovlayotgan;
    -bola vaqtincha joylashtirilgan shifo, ijtimoiy maskanlardan uni olib ketmayotgan bolalar kiradi.
    Ularni boqish, ta’lim berish, himoyalash uchun qonun bilan belgilangan vasiylik shakllari mavjud.
    Vasiy deganda muomalaga layoqatsizlarni shaxsiy va mulkiy huquqlarini qo’riqlovchi shaxs tushuniladi.
    Yetim bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshiriladi-bolalaikka olish yoki davlat qaramog’iga topshirish. Yetimlarga vasiylik qilish
    Davlat qaramog’iga olishi-bolalikka olinmagan yyetim-bolaga uni maxsus muassasalarga joylashtirish orqali tarbiyasi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish. Bola vaqtinchalik qabul qailuvchi oila, bolalar va go’daklar uyi, maktab-internetga joylashtirilishi mumkin.
    Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o'quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta'lim olishlariga bog'liq. Maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo'q, shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. Respublikamizda maktab o'quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So'nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo'lib, ularda maktab nafat ta'lim-tarbiya masalalarini balki o'quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda. [1. 18-b]
    Davlatimizdagi o'zgarishlar mavjud ta'lim tizimiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Umumta'lim maktabi o'zining o'quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko'rib chiqib birinchi o'ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo'yishi kerak edi:
    Ta'lim to'g'risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish lozim edi, biroq ta'lim bolalar va o'smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda.
    Maktabda tarbiya ishini ta'lim bilan teng yuritish.
    2.Maktab faoliyatini qayta yo'naltirish.
    3.Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish, turli bolalar klublari tuzishga
    asoslash.
    Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta'lim-tarbiya olishga bo'lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda:
    Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari uchun o'qituvchi tomonidan talabalarga yo'riqnoma beriladi; . [1. 184-b]
    Maktab ma'muriyati, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam ta'minlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf
    rahbarlarning bolaning oiladagi holatini o'rganishadi, qiyin bolalar bilan alohida shug'ullanishadi.
    Maktabda psixologlar bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o'rganishadi. Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam berishadi.
    Maktabda mavjud bo'lgan sog'liqni saqlash xizmati maktab o'quvchilarini tibbiy ko'rikdan o'tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi.
    Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi. Ota-onalar va o'quvchilarning o'zaro munosabatlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo'pol munosabatda bo'lgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi. Bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, bola o'qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida shug'ullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun huquqshunos, shifokor, militsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi. . [2. 136-b]
    Ko'pgina G'arbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi hisoblanadi. U ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab kursini o'zlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiya ro'yxatida turishadi. Ba'zan bolalar va ularning atrofidagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirish yetarli yordam beradi.
    Ijtimoiy pedagog o'quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o'z tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo'linmalar tashkil qiladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og'ir bolalar bilan ish olib borishini tartibga soladi.
    U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik muhit to'g'risida axborot beradi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.
    Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida e'tibor qaratishi kerak. U ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko'nikishlariga yordam ko'rsatadi. Ijtimoiy pedagog dars soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, ularning o'qish masalasini hal qiladi. U ko'p bolali oilalarning barcha imtiyozlaridan foydalanishlari, bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari va sinf rahbarlari tumandagi oila va o'quvchilarni o'rganib chiqishadi. ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga e'tibor berishadi, tarbiyasi og'ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordam berishadi.
    O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari o'z faoliyatida to'garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o'tituvchining o'quvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o'tkazish, alohida pedagogik e'tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi.
    Alohida fanlardan dars beruvchi o'qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o'rganib chiqib, ularni turli to'garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar o'tkazishadi. Bu tadbirlarni o'tkazishda ota-onalar va sobiq o'quvchilar yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi.
    Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. Ijtimoiy pedagog bu hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o'quvchilarning shaxsiy hislatlari va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o'rinlarini ko'ra olishi lozim.

    E’tiboringiz uchun Rahmat !


    Download 4,26 Mb.
    1   2




    Download 4,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    OTA-ONA QARAMOG’IDA BO’LMAGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH YURITISH

    Download 4,26 Mb.