1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi
SOYIB RAUPOV
IJTIMOIY SIYOSAT
O‘quv qo‘llanma
BILIM SOHASI: 500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot.
TA’LIM SOHASI: 520000 – Ijtimoiy ta’minot.
TA’LIM YO‘NALIShI: 5520102 – Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash).
BUXORO – 2021
2
Muallif: Raupov Soyib – tarix fanlari nomzodi, BuxDU Milliy g‘oya,
ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti.
Mas’ul muharrir: Inoyatov S.I., Tarix fanlari doktori, BuxDU Milliy
g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi professori
Taqrizchilar:
To‘raev H.H.- Tarix fanlari doktori, BuxDU “Buxoro tarixi” kafedrasi
professori.
Bafoev F.M. – Siyosiy fanlar nomzodi, Buxoro
muxandislik-
texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti.
Jumaev R.G‘.- Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, BuxDU Milliy
g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi dotsenti.
3
KIRISh
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan beshta ustuvor
yo‘nalishdan to‘rtinchisida aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U
quyidagicha bayon etilgan:“Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi
bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini
saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya
va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha
maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va
sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”.1 Bu
borada belgilangan vazifalarni o‘qigan har bir kitobxon ko‘z oldida birinchi galda
ana shu yo‘nalishlar bo‘yicha mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan ishlar
gavdalanadi, albatta.
O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta
tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik
tarkibini hisobga
olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto,
mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan
aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu
bejiz emas edi.
Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan
tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi.
Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan
ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi,
mavjud
iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan
shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka
egalik qilishning shakli
1.
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strotegiyasi. //https://www.lex.uz/acts/3107036
4
o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham
bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak,
ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham
tabiiy holdir.
Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga
muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu
og‘ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-
boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi.
O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon
tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish maqsadi ham yotadi.
Chindan ham, istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi.
Muhtoj qatlam va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni miliy
mexanizmi ishlab chiqildi. Buni adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla
fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har
yili bir necha marotabadan davlat byudjetidan
ajratiladigan maoshlar, pensiya va
stipendiyalar oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat
tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli-turli shakllari paydo
bo‘ldi va bu jarayon tobora takomillashib boryapti.
Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi.
Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud
an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
Agar Harakatlar strategiyasi qabul qilingandan buyon o‘tgan
davrga nazar
tashlasak, bu borada ana shu qisqa fursat ichida mamlakatimizda qanchalar katta
ishlar hayotga tatbiq etilganining guvohi bo‘lamiz. Buning uchun ana shu to‘rtinchi
ustuvor yo‘nalish hisoblanmish ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan
yetti vazifaning ijrosi yuzasidan qilingan ishlarga yana bir karra nazar tashlashga
to‘g‘ri keladi.
Bularning bari - ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining
turmush darajasini
ko‘tarishni ko‘zlab amalga oshirilyapti.