6
Shu tarzda iqtisodiy siyosat,
ijtimoiy siyosat, milliy siyosat, demografik siyosat,
agrar
siyosat, texnikaviy siyosat, ekologik siyosat, madaniy siyosat,
kadrlar
siyosat,
harbiy siyosat va boshqa yo‘nalishlarda
namoyon
bo‘ladi .
Siyosatdagi bu yo‘nalishlar orasida ijtimoiy siyosatning ham o‘z o‘rni va
mavqei bor.
Ijtimoiy siyosat jamiyatga siyosiy rahbarlik qilishning shunday
yo‘nalishidirki, u o‘z ichiga qator ijtimoiy tadbirlar orqali moddiy farovonlikni
oshirish, ijtimoiy adolat, demokratiya, sinflar, millat va elatlar, ijtimoiy qatlamlar,
jamoa va shaxsning turmush madaniyatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Jamiyatni yangilash
vazifasi uzoq muddatli, chuqur o‘ylab ko‘rilgan yaxlit
ijtimoiy siyosatga muvofiq kelishi, ya’ni ijtimoiy sohaning hamma tamonlarini bir
butun holda o‘z ichiga olgan va xalq ommasining ehtiyojini to‘la qondirish, ularning
faoliyatini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Davlatning ijtimoiy siyosati amalda asosan ikki kurinishda namoyon buladi:
ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot. Ijtimoiy himoya mustakillikning moddiy va
ma’naviy asoslarini mustahkamlash va bozor islohatlarini amalga oshirish davrida
aholini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilish va milliy xo‘jalikda amal qiladigan
iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va hatto, siyosiy chora-tadbirlar majmui bo‘lib, xususan,
aholining yoshi, salomatligi, ijtimoiy holati hamda
hayot kechirishning zarur
vositalarga ega bo‘lmaganligi sababli yordamga muhtoj qatlamiga davlat va jamoat
tashkilotlari va jamg‘armalarning yordami hisoblanadi.
Davlatning ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagidardan iborat:
- aholini hayot darajasini oshirish;
- samarali ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish;
- aholini ish bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
- migratsion jarayonlarni nazorat qilish;
- nafaqa tizimini takomillashtirish;
- tibbiy xizmat va ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga davlat ijtimoiy siyosatini
7
amalga oshirish mexanizmlarini takominlashtirish, aholining turmush
darajasini izchil oshirish va sifatini yaxshilash, ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan chora -tadbirlar tizimini moxiyatini o‘rganishdan iborat.
Fanning predmeti – ijtimoiy siyosat fani ob’ekti, asosiy tushuncha va
kategoriyalarning
mohiyatini tushuntirish, ijtimoiy siyosatning nazariy asoslarini
tanishtirish, axoli daromadlarini oshirishda oylik ish haqqining o‘rnini ko‘rsatib
berish, ijtimoiy xizmatlarni
tushuntirish, aholini ijtimoiy muxofaza qilish davlat
ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tushuntirish,
ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishning jaxon tajribasini o‘rganish, ijtimoiy sheriklik tizimi: xokimiyat
tizilmalari bilan aloqalarini o‘rnatishni o‘rganish, O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining
strotegiyasi va ustivor yo‘nalishlarini tushuntirish, ijtimoiy sug‘urta: huquq, moliya
va iqtisodiyot haqida o‘rgatish, demografik siyosatni tushuntirish, pensiya
tizimining moxiyati va uni islox qilishni tushuntirish, axoli bandligi, ishsizlikning
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, asosiy ko‘rinishlari, qisqartirish yo‘llarini tushuntirish,
kambag‘allik muammolari va ularni hal qilish yo‘llarini tushuntirish, davlatning
oilaga qaratilgan siyosatini tushuntirish, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy xavfsizlikning
moxiyati va mazmunini ochib berish orqali talabalarga jamiyatda bo‘layotgan
ijtimoiy jarayon, hodisalarni ilmiy taxlil etish zaruriyatini singdirishdir.