45
Reja:
4.
1.Axoliga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning moxiyati va tamoyillari.
4.2. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari va ularning tasnifi.
4.3. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va ularning vazifalari.
4.4.Axoliga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni takominlashtirish yo‘llari.
.
4.
1.Axoliga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning moxiyati va tamoyillari.
Ijtimoiy xizmatlar deganda fuqarolarning barcha ijtimoiy huquq, manfaat
va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, davlat, xususiy
va nodavlat sektorlari
tomonidan pullik, qisman pullik yoki beg‘araz ko‘rsatiladigan xizmatlar
majmuasiga aytiladi. Ijtimoiy xizmatlar aholi barcha qatlamlarining munosib
turmush tarzini ta’minlash, inson kapitalini rivojlanishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy
xizmat, avvalo, talab va taklifdan kelib chiqadi.
Ijtimoiy xizmatga talabning
ko‘pligi xizmatlar bozorida yangi sub’ektlarning vujudga kelishiga olib keladi. Ular
bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, o‘zi ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlarini
pullik yoki bepullik asosida tashkil etishi mumkin. Masalan, turli chiqindilarni
olib ketish, kimyoviy tozalash ishlari, uylarda turli hashoratlarga qarshi dizenfeksiya
qilish va boshqa yumushlar xususiy sektor vakillari
tomonidan pullik xizmat
asosida amalga oshiriladi. Ijtimoiy xizmatlar bozorida davlat organlariga
raqobatchilarning vujudga kelishi, sifat va miqdor o‘zarishiga olib keladi.
Natijada, ijtimoiy sohadagi davlat organlarining ba’zi vakolatlari nodavlat
sektoriga o‘tishi kuzatiladi. Ammo, muhim ahamiyatiga molik bo‘lgan fan-
ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport,
madaniyat, san’at kabi ijtimoiy sohalarni
davlatning o‘zi boshqaradi. Xususiy va nodavlat sektori ushbu sohalarda davlatga
ko‘makdosh vazifasini bajaradi.
Albatta, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy xizmat va ta’minot masalasi
judayam muhim hisoblanadi. Ijtimoiy xizmatlar tushunchasiga
aniqlik kiritishda
quyidagi omillarni inobatga olish kerak deb o‘ylaymiz:
- ijtimoiy xizmatlarning jamiyat manfaatlariga qaratilganligi;
- ijtimoiy xizmatlar bozorining shakllanganligi;
46
-ijtimoiy xizmatlar turlarini erkin tanlash imkoniyatining mavjudligi;
-ijtimoiy xizmatlarni vujudga kelishi hududlarning xususiyatlariga bog‘liqligi;
- ijtimoiy xizmatlar turlarining ko‘payishi iste’molchilarning talablari
asosida amalga oshishi;
-ijtimoiy
xizmatlar
jamiyatida
inson
kapitalining
rivojlanishiga
ko‘maklashishi;
- ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirishda sub’ektlar orasida ijtimoiy
kapitalning mustahkamlashi va hokazolar.
Ijtimoiy xizmat keng jamoatchilik orasida amalga oshiriladigan faoliyat
bo‘lib,
u ochiqlik, shaffoflik, oshkoralik tamoyillariga tayanadi. Ijtimoiy xizmatni
davlat boshqaruvi organlari,
tadbirkorlar, yuridik, jismoniy shaxslar va nodavlat
sektori amalga oshiradi.
Ijtimoiy xizmatlar atamasi XX asrning 70 yillarida Dj.Zingelmann tomonidan
muomalaga kiritilgan bo‘lib, ushbu atama hanuzgacha turli iboralar yordamida
talqin qilinmoqda. Masalan, ijtimoiy xizmatlar tushunchasi – ijtimoiy servis,
ijtimoiy farovonlik, ommaviy farovonlik,
meritor farovonlik, davlat, munitsipal
va byudjet xizmatlari tushunchalari bilan parallel holda ishlatilmoqda .
Ijtimoiy xizmatlar sohasida Yevropa Ittfoqi mamlakatlarida davlat
organlaridan ba’zi ijtimoiy xizmatlarni nodavlat sektoriga o‘tkazilishiga doir
ko‘plab tajribalar to‘plangan. Masalaning muhim jihatlaridan biri, ijtimoiy xizmat
taklif etayotgan barcha sub’ektlar aholining yordamga muhtoj qatlamiga
yo‘naltirilishi qonun hujjatlarida qat’iy belgilab qo‘yilgan.