41
Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha
majburiy va ixtiyoriy
to‘lovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan so‘ng uning qo‘liga
tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qo‘liga tegadigan daromad
miqdoriga soliqlar kuchli ta’sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi
daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda
xususiy mulk ustivor,
renta, aholi pul jamg‘armasi ko‘p bo‘lsa, bank to‘laydigan foiz puli salmoqli bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan,
tadbirkorliqdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga byudjetdan
beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar
nobozor
daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tish sharoitida O‘zbekistondagi aholi daromadlarida
bozor tizimiga xos yangi
daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning ko‘payib borishi
kuzatiladi.