2. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari va ularning tasnifi




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/69
Sana18.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#241003
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
12878 2 0E8D6923AD104C83229DFD8FB5A80FA9DAB74831

4. 2. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari va ularning tasnifi. 
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadigan sub’ektlar haqida to‘liq tassavvur qilish 
hamda ularning faoliyati, ma’suliyati chegarasiga ilmiy jihatdan aniqlik kiritish
maqsadga muvofiq. Buning uchun ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar
faoliyatini tahlil qilish darkor. Birinchi navbatda, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda
davlat va uning 
vakolatli organlarining xizmati eng asosiy tamoyil hisoblanadi. 


47 
Davlat xizmati bu - davlat organlarining vakolatlari bajarilishini ta’minlash 
bo‘yicha kasbiy faoliyat. Davlat xizmati tushunchasining mazmun- mohiyati va 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu bilan birga fuqarolar faolligi, ularning 
ijtimoiy foydali mehnat faoliyati turlari to‘g‘risidagi fikrlarini tizimlashtirish 
talab etiladi. Ijtimoiy, siyosiy, yuridik adabiyotlarda, davlat ijtimoiy xizmatlari 
aholining yordamga muhtoj qatlami, ijtimoiy guruhlarga qaratilgan xatti-
harakatlar majmui sifatida ta’rif berilgan va ular shartli ravishda bir necha
guruhlarga ajiratilgan. Insonlarning, shuningdek, davlat va jamiyatning maqsadga 
muvofiq faoliyat yo‘nalishlaridan biri – bu xizmatdir. Bu tushuncha turli 
ma’nolarda: insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy institut, davlat organlarining
maxsus tizimi ma’nosida ishlatilishi mumkin. Xizmat – boshqaruvdan, davlat
faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta’minlashdan, aholiga ijtimoiy-
madaniy xizmat ko‘rsatishdan iborat. Shunday qilib, “davlat xizmatchilari”
tushunchasi hokimiyatning markaziy va mahalliy organlarida xizmat qiluvchi
barcha kishilarni birlashtiradi. Huddi boshqa mamlakatlarda (va binobarin
boshqa tillarda) bo‘lganidek, 
davlat xizmati rasman “ijtimoiy xizmat” deb ataladi.1 
Iqtisodiyot sohasidagi ijtimoiy xizmatlar iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari va 
iste’molchilar o‘rtasida amalga oshiriladi. Tadbirkorlar tomonidan bozor 
kon’yunkturasi, iste’molchilar talabi o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Ijtimoiy
xizmatlarni taklif etmoqchi bo‘lgan sub’ekt uchun xizmatlar bozorda talabning va 
yangi ishni yo‘lga qo‘yish uchun moliyaviy imkoniyatlarining mavjudligi
mutanosib bo‘lganda amalga oshirishi mumkin. Ular taklif etayotgan ijtimoiy
xizmatlarlardan foydalanganliklari uchun pul to‘lashga qodir bo‘lgan aholining
barcha qatlamlari foydalanishi mumkin. Asosiy maqsad daromad topish bo‘lgani
uchun muayyan qatlam asosiy xizmat ko‘rsatish toyifasi sifatida qat’iy 
belgilanmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat bitta me’zon, ya’ni ijtimoiy 
xizmatlarga talabgorning pul to‘lash imkoniyatining mavjudligi muhimdir. 
1
Davlat xizmati : O‘quv qo‘llanma / E. T. Xojiev, G. S. Ismailova, M. A. Raximova. – 
Toshkent: Baktria press, 2015. –B. 103.


48 
Asrimizning boshlarida ko‘pgina rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida
xizmatlar turlari, ijtimoiy hayotdagi roli va ahamiyati tubdan o‘zgardi.
Nazaryotchilar ijtimoiy xizmatlar rivojlanishini 3 davrga bo‘ladi: 
1. Postindustrial jamiyat; 
2. Industrial jamiyat; 
3. Industrial jamiyatga o‘tish davri. 
Ushbu jamiyatlarda moddiy ne’matlarni ishlab chiqishning 3 sektorli
modeli asosiga tayaniladi. Birinchi sektor – moddiy ne’matlarni yaratishning
barcha zaruriy chora-tadbirlarini ko‘radi. Ikkinchi sektor – moddiy ne’matlarni 
yaratadi. Uchinchi sektor – faqat xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘illanadi. 
Odatda ijtimoiy xizmatlar bozorini shakllantirishda davlat, xususiy va
nodavlat sektori vakillari tomonidan potensial iste’molchilar guruhini aniqlaydi. 
Sub’ektlarning barcha sarmoyalari va faoliyati iste’molchilarning ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarga sarflanadi. Natijada, ijtimoiy 
siyosatning amalga oshirilishida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, 
ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy muhofaza, ijtimoiy yordam va o‘ziga-o‘zi yordam 
ko‘rsatish shakllari rivojlanadi. 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda
nodavlat tashkilotlar davlatga ko‘makdoshdir. Rivojlangan davlatlar tajribasi
shuni ko‘rsatmoqdaki, nodavlat tashkilotlar faoliyatining asosi ijtimoiy xizmatlar 
ko‘rsatishga qurilgan. Ular jamiyatda yuz beradigan turli krizis vaziyalarda
(tabiiy ofatlar, suv toshqinlari, yer qimirlashi, epedemiya tarqalishi)
birinchilardan bo‘lib aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mana shunday
vaziyatlarda qanday qilib omon qolish, tabiiy ofatlardan saqlanish yo‘l-
yo‘riqlari, sirlari va texnologiyalarini aholiga o‘rgatadi. Masalan, Yaponiyada
ko‘plab NNTlar zilzila paytida qanday qilib omon qolish kerakligini oliy o‘quv
yurtlarida, maktablarda aholiga, talabalar, yosh bolalarga o‘rgatadi. Singapur va
Malayziyaning chekka qishloqlarida mahalliy va xorijiy NNTlar hamkorlikda 
aholiga qanday qilib tozalikka rioya qilish, sog‘lik va salomatlikni saqlash, tibbiy, 


49 
shaxsiy gigienaga rioya qilish, atrof-muhitni, uyini toza tutish zarurligini 
tushuntirish ishlari bilan shug‘illanadi. 
Rivojlangan davlatlarda ular fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqalsh, kasb-
hunarga o‘rgatish, dam olish, hordiq chiqarish sohalarida servis xizmatlarini 
yaxshilash maqsadida aholining turli qatlamilarini o‘qitadi. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, NNTlar tomonidan aholining keng qatlamiga ko‘rsatiladigan
ijtimoiy xizmatlar bepul va beg‘arazliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli
NNTlar aholi orasida ommalashib bormoqda. 

Download 2,13 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 2. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari va ularning tasnifi

Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish