50
Ijtimoiy xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, lavozim maoshlariga
qo‘shimchalar
va ustamalar, shuningdek, mukofotlar va boshqa barcha turdagi
to‘lovlar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilgan lokal hujjatlarga muvofiq amalga
oshiriladi.
Ijtimoiy xodimning quyidagi lavozimlari mavjud:
-barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis;
-barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim;
-o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz
yashovchi
keksalarga, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni
ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim assistenti.
Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis
quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
-davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy
xizmatlar jarayonini boshqarish hamda ijtimoiy vaziyatlar bo‘yicha ishlarni yuritish;
-turmush
sharoitini kompleks baholash, ijtimoiy xizmatlar rejasini ishlab
chiqish, ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtirish, monitoringini
amalga oshirish va natijasini baholash;
-aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish hamda ularga
ijtimoiy yordam berishning optimal shakllarini aniqlash va qo‘llash;
-aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini
kompleks ijtimoiy himoya
qilinishini tashkillashtirish;
-o‘z ish faoliyatida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatishning ilmiy asosli yondashuvlarini qo‘llash;
-nogironligi bo‘lgan shaxslarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxsiy, ijtimoiy, va
ma’naviy xarakterga ega bo‘lgan qiyinchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf
etishda ko‘maklashish;
-huquqiy, profilaktik, reabilitatsion va terapevtik xususiyatga ega psixoijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish orqali aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga og‘ir turmush
sharoitidan chiqishga ko‘maklashish;
51
-aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga o‘zlarining hayotiy vaziyatini
yaxshilashi uchun shaxsiy imkoniyatlaridan keng foydalanishiga yordam berish;
-aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy
himoya qilishda barcha
mavjud vositalardan samarali foydalanish.
Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim ish beruvchi
tashkilotda tashkil etilgan shtat birligiga asosan quyidagi vazifalarni amalga
oshiradi:
-ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tomonidan
ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish;
-ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda aholining ijtimoiy
ehtiyojmand toifalarini kompleks ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
-yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onasining
qaramog‘idan mahrum bo‘lish xavfida bo‘lgan bolalar, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan,
psixojismoniy rivojlanishida nuqsoni va (yoki) nogironligi bo‘lgan
va boshqa
himoyaga muhtoj bolalarni himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
-yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning shaxsiy,
mulkiy va nomulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-davlat
ta’lim-tarbiya,
davolash-sog‘lomlashtirish,
ijtimoiy
himoya
muassasalarini bitirayotgan bolalar, shuningdek uyushmagan yoshlarning mustaqil
hayotga ijtimoiy moslashuvlari davomida yuzaga keluvchi muammolarini hal etish
choralarini ko‘rish.
Asosiysi, ijtimoiy xizmatlar xodimlari o‘z mexnatlari bilan ijtimoiy
imkoniyatlari cheklangan shaxsning turmushi sifatini oshirishga, unga jamiyat
hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng bo‘lgan imkoniyatlarini
yaratishga va (yoki) o‘zining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda
ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga shart-sharoitlar yaratib beradilar